Menejment va statistika


Turizm xizmatini ko‘rsatuvchi sub’ektlar statistik ko‘rsatkichlari


Download 0.83 Mb.
bet169/172
Sana08.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#244312
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   172
Bog'liq
Statistika ma'ruza matni

5.1. Turizm xizmatini ko‘rsatuvchi sub’ektlar statistik ko‘rsatkichlari
2010 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2011 yilga mo‘ljallangan muhim ustuvor yo‘nalishlarga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ro‘y berayotgan jarayonlar tahlil qilinib, kelgusida yechimini kutayotgan dolzarb masalalar va iqtisodiy taraqqiyot yo‘nalishlari belgilab berildi.

Mamlakatimizda iqtisodiyot barqaror sur’atlar bilan o‘smoqda. Yalpi ichki mahsulot 2008 yilda 9,0 foiz, 2009 yilda 8,1 foiz 2010 yilda 8,5 foizga o‘sdi.

So‘nggi yillarda xizmat ko‘rsatish, servis va turizm sohasi tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Ayniqsa O‘zbekistonning tarixiy yodgorliklari, tabiiy sharoiti hamda Sharqning buyuk mutafakkirlari turizmni yanada rivojlantirish imkoniyatlari katta ekanligini bildiradi.

Ma’lumki, Prezident I.A. Karimov 2006 yil 17 aprelda “O‘zbekiston Respublikasida 2006-2010 yillarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Ushbu qaror asosida Vazirlar Mahkamasi “Xizmat va servis sohasini rivojlantirish” Dasturini ishlab chiqdi. Dasturda 2009 yilda xizmatlar sohasini rivojlantirib, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 49,0 % ga yetkazish ko‘rsatilgan.

Turizm sohasida quyidagi ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi.

Sayyohlarga xizmat ko‘rsatish kishi-kunlarda ifodalanib



Qabul qilinganlar, shu jumladan chet elliklar va O‘zbekiston fuqarolari;

Jo‘natilganlar, shu jumladan MDH mamlakatlariga

Uzoq xorijiy mamlakatlarga


Sayyohlarni joylashtirish vositalari quyidagicha guruhlanadi:

- maxsus joylashtirish vositalari;

- dam olish tashkilotlari;

- dam olish pansionatlari;

- dam olish uylari;

- dam olish bazalari;

- sayyohlar bazalari;

- boshqa dam olish tashkilotlari.

Loyihalarni joylashtirishning Ushbu vositalari soni (nechta ekanligi) va ulardagi o‘rinlar soni, sayyohlarga xizmat ko‘rsatganlik kishi-kunlarda kabi ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi.


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling