Menejment va statistika


Download 0.83 Mb.
bet52/172
Sana08.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#244312
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   172
Bog'liq
Statistika ma'ruza matni

2.3. Tipik tanlash

Bu usulda bosh to‘plam birliklarini bir nechta tipik guruhlarga bo‘lish (ajratish) imkoniyati mavjud bo‘lgan hollarda foydalinadi. Aholi kuzatilayotgan bunday guruhlarga misol bo‘lib, nohiyalar, ijtimoiy, yosh yoki ma’lumot guruhlari bo‘lishi mumkin, korxonalarni kuzatishda esa, tarmoq, mulk shakli va shu singarilar bo‘lishi mumkin.

Tipik tanlashda har qaysi tipik guruhlardan tasodifiy tanlash yoki mehanik tanlash usuliga muvofiq tanlab kuzatish amalga oshiriladi. Bu usulda tanlab kuzatish o‘tkazilganda hamma guruhlardan ma’lum miqdorda birliklar tanlab olingan to‘plamga albatda tushishi o‘rtacha xatoga guruhlar aro dispersiyaning ta’siri bo‘lmaydi, shu sababli faqatgina guruh ichidagi tebranishlar hisobga olinadi.

Birliklarni tipik tanlashga ajratish tipik guruhlar hajmiga nisbatan proporsional holda yoki guruhlar ichidagi belgilar differensiyasiga proporsional holda amalga oshiriladi.

Har qaysi guruhdan tanlab olinadigan birliklarni tipik guruhlar hajmiga nisbatan proporsional holda tanlab olishda quyidagi formuladan foydalinadi:

bu erda N-i ga guruhhajmi

Ni= i-chi guruhdan tanlab olingan to‘plam:

Ni-i-chiguruhhajmi.


Bundaytanlamato‘plamo‘rtachaxatosiniquyidagiformulalaryordamidaaniqlaniladi:

(Qaytarilgantanlashusuli)

(Qaytarilmagantanlashusuli)

Bu erda- guruhlar ichidagi dirpersiyalar o‘rtachasi.

Belgilar proporsional differensiatsiyasi mavjud bo‘lgan tanlashda har qaysi guruh bo‘yicha kuzatishlar soni quyidagi formula bilan aniqlaniladi:

σi - i-chi guruhdagi o‘rtacha kvadratik chetlanish.


Bunday tanlashning o‘rtacha xatosi quyidagi formulalar yordamida aniqlaniladi:
(Qaytarilgan tanlash usuli)

(Qaytarilmagan tanlash usulda)

Belgilar proporsional differensiyasi usulida tanlab kuzatish yaxshi natijalar beradi, lekin tanlab kuzatish o‘tkazguncha o‘zgaruvchanlik to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishning qiyinligi bu usulning amaliyotda qo‘llanishiga qiyinchilik tug‘diradi.

Tipik tanlashning har ikkala variantining qo‘llanilishini quyidagi shartli misollarda qarab chiqamiz. Faraz qilaylik, korxona ishchilarini sexlar miqdoriga proporsional holda 10 % li qaytarilmagan tenglik tanlash usuli asosida vaqtincha ishga layoqatsizlik evaziga yo‘qolishlarni baholash maqsadida o‘tkazilgan tanlab kuzatish natijalari quyidagi jadvalda tasvirlangan.



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling