Menejment va statistika


Transport turlari bo‘yicha yuk tashish hajmi dinamikasi


Download 0.83 Mb.
bet159/172
Sana08.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#244312
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   172
Bog'liq
Statistika ma'ruza matni

Transport turlari bo‘yicha yuk tashish hajmi dinamikasi




y i l l a r

Jamiga nisbati,

%


2013 yil 2003 yilga nisbatan,

%

2003

2004

2010

2013


YUk tashish hajmi, mln. tonna

703,2

714,9

1173,2

1387,1

100,0

197,3

SHu jumladan




Temir yo‘l transporti

45,1


45,4


56,9


63,7


4,7


141,2


Avtomobil transporti


592,8


601,8


1062,6


1258,3


90,7


212,3


Quvur yo‘llari orqali


65,3


67,7


53,7


65,0


4,6


100,0


Havo transportida

ming tonna



5,9


5,6

29,4

22,0

0,0

372,9



3.4-jadval

Transport turlari bo‘yicha yuk aylanmasi dinamikasi




y i l l a r

Jamiga nisbati,

%


2013 yil 2003 yilga nisbatan, %

2003

2004

2010

2013


YUk aylanmasi, mlrd.t/km

63,3

64,5

75,8

83,7

100,0

132,2

SHu jumladan:
Temir yo‘l transporti

19,1


18,0


22,2


22,9


27,8


119,9


Avtomobil transporti

9,6

11,0

24,5

29,2

32,3

304,2

Quvur transporti

34,6

35,4

28,9

31,5

39,7

91,0

Havo transporti,

mln t/km.


95,3

117,3

168,0

116,3

x

122,0

Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, yuklarni tashish xizmati bo‘yicha avtomobil transporti asosiy o‘rinni egallaydi. Mamlakat miqyosida xalqaro, Respublika ahamiyatidagi yo‘llarning kengaytirilishi va zamon talablariga javob beradigan tarzda qayta ta’mirlanish, mahalliy yo‘llarning qattiq qoplamalar bilan qoplanish, yangi yo‘llarning qurilishi yuk tashishni avtomobil transortida tashishni yaxshiladi. Avtomobil transportining yuk tashishdagi hissasi 2013 yil 90,7 % ni tashkil etgan. Mamlakat transportida yuk tashish hajmi yildan – yilga o‘sib bormoqda. Agarda Respublika bo‘yicha 2003 yilda 703,2 mln tonna yuk tashilgan bo‘lsa 2013 yilda bu ko‘rsatkich 1387,1 mln. tonnaga etgan, ya’ni 197,3 % ga oshgan. Jadval ma’lumotlari Respublikada barcha transport turlari bo‘yicha yuk tashish xizmati rivojlanganligini ko‘rsatadi. Lekin avtomobil va havo yo‘llari bo‘yicha yuk tashish xizmatlari yuqori sur’atlar bilan rivojlangan (tegishli ravishda 212,3% va 372,9 % ga). Bunday sur’atlarga yangi havo yo‘llarining ochilishi va avtomobil yo‘llarining qurilishi ham ta’sir qilgan, albatta.

Transport xizmatida yukni tashish bilan bir vaqtda, bu yuklarni qancha masofaga tashilgani ham muhimdir (transport vositalaridan foydalanish maqsadi ham yuklarni kerakli masofagacha tashib, manzilga etkazishdan iborat). SHuning uchun ham yukni tashilgan masofa bilan bog‘lab, ya’ni yuk aylanmasi ko‘rsatkichini (t/km) ko‘rib chiqamiz.

Transport xizmatlari yuk aylanmasi mutloq miqdorlarda muttasil ravishda oshib bormoqda. Agarda barcha transport turlari bo‘yicha yuk aylanmasi hajmi 2003 yilda 63,3 mlrd. t/km bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2013 yilga kelib 83,7 mlrd. t/km ga etgan, ya’ni 132,2 % ga o‘sgan. Transport turlari bo‘yicha yuqori sur’atlar bilan avtomobil transporti xizmatining o‘sayotganligini jadval ma’lumotlari ko‘rsatib turibdi. Bu transport xizmatlari ushbu davrda 271,8 % ga o‘sgan, ya’ni 2003 yilda 9,6 mlrd. t/km yuk aylanmasi bo‘lsa, 2013 yilga kelib 32,3 mlrd. t/km ga etgan. Bu albatta Mamlakatimizning hududlaridagi xalqaro, Respublika va mahalliy ahamiyatidagi yo‘llarning sozlanishi bilan bir vaqtda, Respublikamizda zamonaviy transport vositalarining ko‘payganligidan dalolat beradi. Transport turlari yuk aylanmasi tarkibiga nazar tashlasak, eng katta hissani (2013 yilda 39,7 % ni) quvur transporti tashkil etishini ko‘ramiz. Tashilgan yuklarda quvur transporti 4,7 % ni tashkil qilishga qaramasdan, yuk aylanmasida 39,7 % ni tashkil etishi, bu quvurlar bilan yuklar uzoq masofalarga etkazishligi bilan bog‘liq. Hozirgi paytda quvur transporti bilan tabiiy gaz va neft mahsulotlari tashish xizmatlari ko‘rsatiladi. Gazga boy bo‘lgan Buxoro viloyati va janubiy hududlardan tabiiy gaz O‘zbekistonning barcha viloyat hududlariga, hamda Qozog‘istonning janubiy viloyatlariga, Qirg‘iziston, Tojikiston va Afg‘onistonga etkazib beriladi.

Transport turlarining bir qismi yo‘lovchilarni tashishga mo‘ljallangandir. Ularga avtobuslar, engil mashinalar kabi transport vositalari kirib, xodimlarni ish joyiga, turli yo‘lovchilarni (mehmonga, xizmat safariga va boshqa yumush bilan safarga chiqqanlarni) manzillariga etkazib qo‘yishda yo‘lovchi tashuvchi transportlar muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, bu borada yirik shaharlarda (Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Navoiy, Buxoro kabi shaharlarda) xizmat ko‘rsatuvchi avtomobil, tramvay – trolleybus, Toshkent shahridagi metroning ahamiyati kattadir.

Yo‘lovchi tashuvchi transport xizmatlarining asosiy ko‘rsatkichlari qancha yo‘lovchiga (kishi) xizmat qilgani va ularni qancha masofaga olib borgani, ya’ni yo‘lovchi aylanmasi (yo‘lovchi kishi/km) bilan o‘lchanadi (ifodalanadi).

Transport vositalarining sonini va ularning turlarining ko‘payib borishi, hamda avtomobil, temir yo‘llarining ko‘payishi, ularning ta’mirlanib sifatining yaxshilanishi Respublikada yo‘lovchilar tashish hajmining yildan – yilga ko‘payib borishi bilan xarakterlanadi.

3.5-jadval


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling