Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi holati 1 O’zbekistonda menejment nazariyasi qachon shakillana boshlagan? 2


Download 24.67 Kb.
bet3/5
Sana10.12.2021
Hajmi24.67 Kb.
#179824
1   2   3   4   5
Bog'liq
Менежментнинг ривожланиш тарихи ва ҳозирги ҳолати.

Amir Temur (1336-1405) sulolasi hukmronlik qilgan davrlarda ilm-fanning ko’pgina tarmoqlari, shu jumladan, zamonaviy iqtisodiy fanlar g’oyat muhim ta’limotlar bilan rivojlantirilgandir.Amir Temur hukmdor sifatida zamonaviy siyosiy boshqaruvchilik sohasining tarkib topishi hamda rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko’rsatgan. Ushbu hukmdor o’zining benihoya katta saltanatini boshqarish uchun maxsus ishlab chiqilgan siyosiy tizimni yaratishga muvaffaq bo’ldi. Siyosiy boshqaruvchilik sohasini shakllantirish va rivojlantirish barobarida menejment g’oyalari bilan hamnafas qarashlar tizimi ham rivojlantirilganki, buni inkor etish mumkin emas. Hukmdorning siyosiy boshqaruvchilik sohasidagi qarashlari asosan “Temur tuzuklari” deb nom olgan asarda yaqqol ifodalangan. Tarixiy manbalarga ko‘ra markazlashgan buyuk, iqtisodiy barkamol, siyosiy barqaror davlatning shakllanishi bilan unda boshqaruvning ilmiy asoslari paydo bo‘ldi, shuningdek uning asosiy qoidalari nafaqat shu davlatda, balki boshqa o‘lkalarda ham davlatni ilmiy boshqarish nazariyasi sifatida qo‘llanila boshladi. Hozirgi menejment fanida ta’kidlangan boshqarishning, insoniy, iqtisodiy, ratsional va samarali shaklini yaratish bo‘yicha harakatlar Amir Temurning «Temur tuzuklari» da o‘z aksini topib, hozirgacha ham o‘zining aktualligini yo‘qotmagan, vaholanki bugungi mustaqil O‘zbekistonni iqtisodiy va siyosiy mustaqilligi gurkirab rivojlanayotgan paytda ham boshqarishni tashkil qilishda muhim qurol sifatida qo‘llanilmoqda, chunki u kimningdir xohishi tufayli yuzaga kelgan o‘tkinchi nazariya bo‘lmay, balki tarix sinovlarida o‘zining ilmiyligini chuqur isbotlagan yo‘nalish sifatida foydalanilmoqda. Uning qonuniyatlari va qoidalari o‘z davridagi boshqarish ilmi yuqori darajada bo‘lganligi uchun ham O‘rta Osiyodagi shunday katta davlat samarali boshqarilgan. U o‘zining iqtisodiy richaglariga va ixcham tezkor boshqarish apparatiga ega bo‘lgan bo‘lib, unda demokratiya, yakkahokimlik, ilmiylik, iyerarxiya, bilimdonlik tamoyillari o‘z aksini topgan. Lekin A. Temurdan keyin Buyuk davlatning xonliklarga parchalanib ketishi hamda A. Temur tomonidan yaratilgan boshqarish ilmiga amal qilmaslik, boshqarishda amaldorlarning nihoyatda ko‘payib ketishi, ma’lum sinfiy tamoyillarning inkor qilinishi, asossiz to‘lovlar mayda va iqtisodiy jihatdan kuchsiz davlatlarni vujudga kelishi va natijada o‘zaro kelishmovchilik tufayli Turkiston hududida mustaqil davlatlarning umuman barbod bo‘lishi fikrimizning dalilidir. XIV asr oxiri va XV asr boshlarida Shayboniyxon tomonidan temuriylar davlatini tiklash yo‘lidagi urinishning barbod bo‘lishi bilan birga davlatni boshqarish bo‘yicha o‘sha davrgacha amal qilgan ma’lum nazariyalar, g‘oyalar ham unutilib ketdi. Keyinroq temuriylar sulolasidan bo‘lmish Zahiriddin Muhammad Bobur bobosi Amir Temur g‘oyalaridan amaliy foydalandi va nazariy rivojlantirib, «Boburnoma» asarida uni ilmiy asoslab berdi. Lekin mayda xonliklar va ruslar mustamlakasi davrida mamlakatimizda boshqarish ilmi inqirozga yuz tutdi. Bu davrga kelib, boshqarishning yurtimizga tiqishtirilgan uslubi yuqoridan boshqariladigan ma’muriy buyruqbozlik uslublari vujudga keldi. Buning oqibatidaO‘zbekistonda ilm-fan, taraqqiyot, iqtisodiy rivojlanish juda ham susaydi, mamlakat bosqinchilarning ashyo manbayiga aylanib qoldi.

🔷
Download 24.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling