Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi holati 1 O’zbekistonda menejment nazariyasi qachon shakillana boshlagan? 2


Download 24.67 Kb.
bet4/5
Sana10.12.2021
Hajmi24.67 Kb.
#179824
1   2   3   4   5
Bog'liq
Менежментнинг ривожланиш тарихи ва ҳозирги ҳолати.

1.3 O‘zbekiston 1925—30-yillarga kelib SSR tuzilishi bilan birga SSSR tarkibiga qabul qilindi. Sanoat va qishloq xo‘jaligini boshqaruvchi respublika tuzilmalari ittifoq idoralarini takrorlar, Xalq komissiariatlari va idoralar tuzilishi bilan amaldorlar qatlami ko‘payib borar, yordam berish uchun markazdan vakillar kelar, biroq ular o‘zbek tilini, milliy an’analarni bilmaganligi uchun boshqaruvda mahalliy sharoit bilan hisoblashmas edi. Boshqaruv to‘la ma’muriy buyruqbozlik uslubiga o‘tib, nihoyatda markazlashgan edi. Bu jamiyatning negizi bo‘lib qolgan ma’muriy buyruqbozlik tizimi NEP iqtisodiyotining ziddiyatlarini o‘ziga singdirib «Harbiy kommunizm» an’analarini davom ettirib bordi. Asosiy qismi past malakali va qashshoq kishilardan iborat bo‘lgan ishchilar bozor stixiyasini, yakka tartibda zo‘r berib qilinadigan ijodiyotni emas, balki tayinli ma’lum ijtimoiy kafolatlarni afzal ko‘rar edilar. Shu narsa ma’muriy buyruqbozlik tizimiga to‘g‘ri kelar, chunki ommani g‘oyaviy jihatdan shakllantirish imkoniyatini berar edi. Partiya, davlat nomenklaturasining qattiq iskanjasi iqtisodiyot, siyosat, madaniyatni ezib tashladi. Muhim qarorlarni partiya tor doirada qabul qilar va butun mamlakat uchun majburiy bo‘lib qolar edi. Ijodiy bahs munozaralar, kelishuv yo‘llarini qidirish o‘tmishda qolib ketdi. Sovetlar, kasaba uyushmalari, boshqa jamoat tashkilotlari yuqoridan beriladigan ko‘rsatmalarni passiv ijrochilari bo‘lib qoldilar. Partiya idoralari bilan kelishmasdan turib, muhim qarorlarning birortasini qabul qilib bo‘lmas edi. Demokratiyani bo‘g‘ish Konstitutsiyada e’lon qilingan haq-huquqlarni ham ommaviy ravishda buzishga olib keldiki, bu narsa O‘zbekiston xalqlari boshiga og‘ir kulfatlar soldi. Shuningdek, shu yillarda keng qamrovli industrlashtirish dasturiga o‘tish iqtisodiy resurslarga haddan tashqari zo‘r kelishiga sabab bo‘ldi, qo‘shimcha qiyinchiliklarni keltirib chiqardi va qanchadan qancha xarajatlar qilishga bog‘liq bo‘lib qoldi. Xususiy kapital yirik sanoatga ataylab yaqinlashtirilmas, sanoat jamg‘armalari asosidagina industrial sakrashni amalga oshirish aslo mumkin emas edi.Respublika sanoatini rivojlantirishning asosiy yo‘lini ham shu narsa belgilab berdi: bu yo‘l qishloq xo‘jaligi va tabiiy boyliklarni ekspluatatsiya qilishga mo‘ljallangan edi. Industrlashtirish rejalarini amalga oshirish haddan tashqari zo‘r berib mehnat qilish, ijodiy tashabbus ko‘rsatish, iste’molni cheklash va o‘z qo‘lidagi mablag‘larni sarflashni talab qilardi. Xo‘jalik hisobini, ishlab chiqaruvchilar tashabbusi va uddaburonligini kuchaytirishga mo‘ljallangan moddiy rag‘batlarni rasm qiluvchi yangi iqtisodiy siyosat rejalashtirishni mumkin qadar markazlashtiradigan va barcha boshqarish ishlarini qattiq tartib ostiga oladigan ma’muriy buyruqbozlik tizimi bilan almashtirildi. Ammo 30-yillar boshidan boshlab sovet davlati kooperatsiyani har tomonlama kamsitdi, mahalliy sharoitlar hisobga olinmadi. Kolxoz qurilishini jadallashtirish to‘g‘risidagi partiya yo‘l-yo‘riqlarini mahalliy rahbarlar so‘zsiz bajarishi kerak bo‘lgan ko‘rsatmalar deb bilib, raqamlar ketidan quvish avj oldi. O‘ziga to‘qroq xo‘jaliklar tugatildi. Ma’muriy buyruqbozlik tizimi dehqonlarni majbur etishning noiqtisodiy usullaridan foydalandi, ish haqi to‘lashda qoldiq tamoyiliga amal qilindi, mehnat kunlarining majburiy bo‘lgan eng kam miqdori joriy qilindi, kolxozchilarga pasport berish to‘xtatib qo‘yildi, ko‘pgina an’analar qoralandi. Ikkinchi Jahon urushining boshlanishi xalq xo‘jaligini boshqarishni harbiy izga tushirish, mamlakatni yagona harbiy lagerga aylantirishga doir umumiy dasturning asosiy qismi bo‘lib qoldi. O‘zbekiston Qizil armiyaning front orqasidagi mustahkam manbayiga aylandi. Ma’muriy buyruqbozlik tizimining urush yillaridagi xunuk ko‘rinishlaridan biri «talafotlar bilan hisoblashib o‘tirmay har qanday qilib bo‘lsa ham harbiy maqsadlarga erishish zarur» degan tamoyil bo‘ldi. Urush tugash vaqtiga kelib O‘zbekistonda jamiyat taraqqiyoti jarayonlarini o‘zgartirib yuborgan tizimga amal qilinar, farmonga asoslangan iqtisodiyotni boshqarish usullarini inkor qilgan to‘g‘anoq mexanizm kuchayib borardi. O‘zbekistonning besh yillik rejalarini tuzishda sanoatni boshqarishning iqtisodiy tamoyillari inkor etildi, ular ishga solinmadi. Xo‘jalik hisobi va o‘z-o‘zini mablag‘ bilan ta’minlash, ijara tamoyillari, xo‘jalik faoliyatida tashabbus ko‘rsatishni, ijodkorlikni ta’minlaydigan hamda ijobiy natijalarga olib keladigan boshqa shakllari rivojlanmay qoldi.

🔷
Download 24.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling