Menejmentning rivojlanish tarixi va zamonaviy menejment xususiyatlarini ayting
Tashkilot tuzilmalarining turlari to‘g‘risida tushuncha bering
Download 19.46 Kb.
|
1 2
Bog'liqМенежмент жавоблар
Tashkilot tuzilmalarining turlari to‘g‘risida tushuncha bering.
Tashkilotda tuzilmalarning bir necha turlarini ajratish mumkin: texnologik, ishlab chiqarish, moliyaviy, ijtimoiy, axborot, tashkiliy va h.k.. Bunda oxirgisi alohida o‘ringa ega: u sinergetik samara olish va qo£yilgan maqsadlarga erishish uchun elementlarning o£zaro hamkorligini tartibga soladi, shaxsan tashkiliy yaxlitlikni yaratadi. Korxonaning tashkiliy tuzilmasi ishlab chiqarish tuzilmasi va boshqaruv tuzilmasining tashkiliy yaxlitligi sifatida bo£ladi. Ishlab chiqarish tuzilmasi bazis sifatida boshqaruvning tuzilmasini belgilab beradi. Tashkilotning tashkiliy tuzilmasini shakllantirishda uning oldiga quyidagi talablarni qo'yish kerak: - mahsulotni ishlab chiqarish va sotish jarayoni, boshqaruv tuzilmasi faoliyat yuritishining natijasi sifatida mutanosiblik, uzluksizlik, parallellik, bir maromdalik talablariga mos kelishi kerak; - tashkiliy tuzilma tashkilotni rejali ravishda rivojlanishiga yordam berishi kerak; - tuzilma elementlari (bo‘linmalar)ning soni kichik, ammo tashkilot normal faoliyat yuritishi uchun yetarlicha boiishi kerak, bitta darajadagi tarkibiy qismlar o'rtasidagi gorizontal aloqalar soni ham xuddi shunday bo'ladi. Gorizontal aloqalar norasmiy munosabatlarni amalga oshirishga imkon beradi va ko'nikmalarni uzatishga ko‘maklashadi, bitta darajadagi tarkibiy qismlarning tizim maqsadlarini bajarish bo‘yicha harakatlarini muvofiqlashihini ta’minlaydi. Aloqalar sonining kamayishi, tizimni faoliyat yuritishining barqarorligi va operativligini oshishiga olib keladi; — tashkiliy tuzilma egiluvchan, qat’iy aloqalarning eng kam miqdoriga ega, sodir bo'layotgan o'zgarishlar, ya’ni vazifalar va yangi xizmatlarni bajarish zaruriyatiga muvofiq tez yo‘lga qo'yishga qodir bo‘lishi kerak. Tizimning ixchamligi uni bozor talablariga tez moslashishining talablaridan biri bo‘ladi; — tashkiliy tuzilma iloji boricha sodda bo‘lishi kerak, buning uchun boshqaruv darajalari miqdorini, tashkilot tarkibiy qismlari o‘rtasidagi aloqalar sonini qisqartirish, ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish zarur; — tashkiliy tuzilma tashkilotga fan yutuqlari va ilg'or tajribani tatbiq etishga ko‘maklashishi kerak; — tizim elementlari o‘rtasidagi hamda tizim va atrof-muhit o‘rtasidagi kommunikatsiyalar aniq bo‘lishi kerak; — tashkiliy tuzilma ishlab chiqilgan va sotilgan tovarlar va xizmatlarning yuqori sifatini ta’minlashi kerak; — tashkiliy tuzilma tashkilotni faoliyat yuritishining yuqori samaradorligini ta’minlashi kerak. Download 19.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling