Menejmentning rivojlanish tarixi va zamonaviy menejment xususiyatlarini ayting
Download 19.46 Kb.
|
1 2
Bog'liqМенежмент жавоблар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Har qanday tashkilotning asosiy tashkil qiluvchilari qanday
Menejmentning rivojlanish tarixi va zamonaviy menejment xususiyatlarini ayting. Ilmiy boshqaruv maktabi menejmentni ilmiy maktabi ekan. XIX asrning 80—90-yillarida AQSHda vujudga kelgan. Menej- mentni ilm tariqasida ilk bor amerikalik mutaxassis F. Teylor (1856—1915) ko‘rib chiqdi, u ilmiy boshqaruvning harakatiga rahbarlik qildi. U inson samadorligi bilan emas, tashkilot faoli- yatining samaradorligi bilan qiziqdi. Ilmiy boshqaruv konsep- siyasini yaratish bilan menejment mustaqil ilmiy tadqiqot sohasi deb tan olindi. Yevropa ilmiy menejment maktabi yo‘nalishida XIX asr oxiri — XX asrning 20-yillarida eng mashhur shaxs A.Fayol (1841—1925) bo‘lgan. A.Fayol ilmiy menejment konsepsiyalari- ni rivojlantirdi va chuqur o‘rganib chiqdi. Menejmentga ilmiy yondoshuvda yo‘l qo‘yilgan kamchilik- lar bo‘lgani bois insoniy munosabatlar maktabi vujudga keldi. (30—50-yy. XX asr). Bu maktabning asoschisi amerikalik psixolog E.Mayo (1880—1949-y.) bo‘lgan. Uni konsepsiyasining mazmuni shundan iborat: ish, ishlab chiqarish jarayoni ishchi uchun ishlab chiqarishda ijtimoiy va psixologik o‘rniga nisbatan kamroq ahamiyatga ega. 40—60-yillarda «Inson munosabatlari maktabi»ga bixeyvio- ristlar o‘z hissalarini qo‘shdilar. Ular bir qator dalillar nazariyasini ishlab chiqdilar. Ulardan biri A. Maslouning iye- rarxik iste’mol nazariyasi hisoblanadi. U quyidagi shaxsiy iste’mol tasnifini tavsiya qildi: Fiziologik. Mavjudlik xavfsizligi. Ijtimoiy (kollektivga tegishli, muloqot, o‘ziga e’tibor, boshqalar to‘g‘risida qayg‘urish va boshqalar). Prestij (obro‘, xizmat statusi, izzat-hurmat). O‘z fikrini bildirish, maqsadlarga erishish va shaxsiy o‘sishda o‘z imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish. Har qanday tashkilotning asosiy tashkil qiluvchilari qanday? Jamiyat har xil tashkilotlarning juda katta miqdoridan tashkil topadi. Ko‘pchilik kishilar o‘zlarining butun ongli hayotlari davomida o‘zlari a’zosi bo‘lgan yoki ular bilan aloqaga kirishgan u yoki bu tashkilotlar bilan bog‘langandirlar. Ammo tashkilotning o‘zi nima va ushbu tashkilot uchun qaysi umumiy alomatlar xosdir? Tashkilotni vazifalarni hal qilish va ma’lum maqsadlarga erishish uchun birlishgan shaxslar guruhi sifatida belgilash mumkin. Tashkilot deb atalishi uchun qandaydir guruh quyidagi majburiy talablarga javob berishi kerak: juda bo‘lmaganda, o‘zini ushbu guruhning a’zosi deb hisoblaydigan ikkita shaxsni mavjud bo‘lishi; juda bo‘lmaganda guruhning barcha a’zolari o‘zlari uchun umumiy deb qabul qilingan bitta maqsadni mavjud bo‘lishi; maqsad (maqsadlar)ga erishish uchun birgalikda ishlaydigan guruh a’zolarini mavjud bo‘lishi. Alohidagi, hususiy jihatlardan abstraktlashtirilgan holda aytish mumkinki, har qanday tashkilotning asosiy tashkil qiluvchilari unga kiruvchi odamlar, u amalga oshirishi uchun tashkil qilingan va mavjud bo‘lgan maqsadlar va tashkilot salohiyatini shakllantiruvchi va harakatga keltiruvchi boshqaruvdan iboratdir. Zamonaviy tashkilotni tashqi muhit bilan resurslarni almashtirishga qodir ochiq tizim sifatida tasavvur etish mumkin. Kirishda u tashqi muhitdan resurslarni oladi, chiqishga yaratilgan mahsulotni beradi. SHuning uchun har qanday tashkilot uchta jarayonni amalga oshiradi: -tashqi muhitdan resurslarni olish; -mahsulotni ishlab chiqarish; -uni tashqi muhitga topshirish. Bu jarayonlar tashkilot uchun hayotiy muhimdirlar. Buning ustiga, tashkilotning muvaffaqiyatli faoliyati uchun ular o‘rtasidagi ma’lum muvozanatni ushlab turish zarur. Bunda asosiy rol boshqaruvga tegishlidir. Tashkilotni boshqarish asosan u amalga oshirishga qaratilgan belgilanish bilan belgilanadi. Ichki tashkiliy hayotda boshqaruv tashkilot resurslarini u o‘z maqsadlariga erishishi uchun shakllantiruvchi va hara- katga keltiruvchi muvofiqlashtiruvchi boshlanish rolini o‘ynaydi. Boshqaruv tashkilotning ichki muhitini va hammadan avval uning tuzilishini shakllantiradi va, kerak bo‘lganda, uni o‘zgartiradi. Boshqaruv tashkilotda o‘tayotgan vazifaviy jarayonlarga rahbarlikni amalga oshiradi. Gap shundaki, har qanday tashkilotning faoliyati ko‘p sonli har xil jarayonlar va jarayonchalardan tashkil topadi. Bunda jarayonlar va jarayonchalarning har bir guruhiga rahbarlikni umuman tashkilotni boshqarish bo‘yicha ishning alohida turi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Bu ishning nisbatan mustaqil uchastkalari bo‘lib, ular boshqaruvdagi mehnat taqsimotida ob’ektiv xarakterga ega bo‘lgan jarayon sifatida ajralib turadilar. Download 19.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling