Menejmentning tadqiqot usullari
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик (1)
3.3. Ilmiy tadqiqot turlari
Ilmiy tadqiqot - bu ilmning mavjudligi va rivojlanishi shakli. U o‘zida ob'ekt, jarayon yoki hodisani, ularning tuzilishi va aloqadorligini har tomonlama o'rganishga yo‘naltirilgan faoliyatni ifodalaydi. Menejmentda ilmiy tadqiqot turlari quyidagilardan iborat: 1. Fundamental ilmiy tadqiqotlar. 2. Amaliy ilmiy tadqiqotlar. Fundamental ilmiy tadqiqotlar atrofni qurshab olgan dunyo hodisalarini bilishga, haqiqiy voqelikning ob’ektlari va hodisalari orasidagi yangi aloqalar va munosabatlarni aniqlashga, yangi fundamental qonun va prinsiplarni ochishga, metodologiya va texnologiyalarni yaratishga yo‘naltirilgan. Boshqacha qilqib aytganda, fundamental ilmiy tadqiqotlar tabiat, inson va jamiyatning yangi hodisalarii va qonunlarini o'rganishga va kashf etishga yo‘naltirilgan. Ular, albatta, chuqur ishlab chiqilgan nazariy qismni o'z ichiga oladi va ko'pincha ularni nazariy tadqiqotlar deb ataladi. Ushbu tadqiqotlar turkumi jiddiy tavakkalchilik bilan bog‘langan va uni olish ehtimoli 10 %dan oshmaydigan aniq ijobiy natijani olish nuqtai nazardan noaniqdir. Shunga qaramay, aynan fundamental tadqiqotlar ham ilm-fanni o‘zining, ham ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanish asosini tashkil etadi. Amaliy tadqiqotlar jamiyatning yangi amaliy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan yangi bilimlarni olishga yo‘naltirilgan. Boshqacha qilqib aytganda, amaliy tadqiqotlar asosan amaliy maqsadlarga erishishga va aniq joriy vazifalarni hal qilishga mo‘ljallangan. Amaliy tadqiqotlar natijalari mavjud texnologiyalarni, materiallarni, mashinalarni takomillashtirishda yoki yangi qonuniyatlar va 81 prinsiplarni aniqlashda, yangi usullar va vositalarni, metodologiya va modellarni ishlab chiqishda qo‘llanadi. Tadqiqot istiqbolliligini aniqlashga va ilmiy vazifalarni echish yo‘llarini topishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar qidiruv tadqiqotlari deb nomalanadi. Ilmiy ishlanmalar – fundamental yoki amaliy tadqiqotlarning yakuniy qismi, u odatda, tajriba namunalari yoki dastlabki loyihalarni yaratishni o‘z ichiga oladiki, ular asosida tadqiq etilayotgan ob’ekt yoki jarayonning keyingi rivojlanishi to‘g‘risidagi qaror shakllanadi. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling