Menejmentning tadqiqot usullari
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик (1)
Internet saytlari
1. www.studmed.ru. 2. www.rc-analitik.ru . 3. www.studwood.ru. 4. www. sovman.ru. 5. www. it.rfei.ru. 70 III BOB. BOSHQARUV VAZIYATLARINI O‘RGANISH METODOLOGIYASI 3.1. Tadqiqot metodologiyasi Metodologiya – bu inson faoliyatini mantiqiy tashkil qilish bo‘lib, u tadqiqot maqsadi va predmetini, uni o‘tkazishda yondashuvlar va mo‘ljallarni aniqlashdan, eng maqbul natijani olishni belgilovchi vositalar va usullarni tanlashdan iboratdir. Insonning istalgan faoliyati metodologiya bilan tavsiflanadi va tadqiqotchilik faoliyatining muvaffaqiyati hal qiluvchi darajada metodologiyaga bog‘liq. Tadqiqot maqsadi – boshqaruv tizimini qurishning hamda uning faoliyat yuritishini va rivojlanishini tashkil qilishning eng samarali variantlarini qidirish. Lekin bu maqsad to‘g‘risidagi umumiy tasavvurdir. Haqiqatda tadqiqot ko‘plab maqsadlarga: masalan, boshqaruv sifatini monitoring qilish; boshqaruv tizimida ijodkorlik va innovatsion muhitni shakllantirish; kelgusida ishlashni qiyinlashtirishi mumkin bo‘lgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash; boshqaruv xodimlari malakasini oshirish; strategiyalarni baholash va hokazolarga ega. Tadqiqot maqsadlari joriy va istiqbolli, umumiy va mahalliy, doimiy va epizodli bo‘lishi mumkin. Istalgan tadqiqotning metodologiyasi uning maqsadini tanlash, qo‘yish va ifodalashdan boshlanadi. Tadqiqot ob’ekti bo‘lib, aniq tashkilot, tashkilotlar guruhi, turli birlashmalarning boshqaruv vaziyati ko‘rinishida ifodalangan boshqaruv tizimi hisoblanadi. Lekin, uning ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar sinfiga mansubligini tushunish va hisobga olish metodologik jihatdan juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa, inson uning eng muhim elementi ekanligini anglatib, uning faoliyati tizimning barcha faoliyat yuritish va rivojlanish jarayonlarining xususiyatlarini belgilaydi. Ushbu tizimning mavjud bo‘lishini belgilaydigan aloqalar, kishilar 71 orasidagi, ularning manfaatlari, qadriyatlari, motivlari va maqsadlariga asoslangan murakkab va qarama-qarshi munosabatlarni tavsiflaydi. Zamonaviy texnik vositalar qanchalik mukammal bo‘lishiga qaramay, ularning roli inson manfaatlariga, foydalanish va o‘zlashtirish motivlariga qaramdir. Boshqaruv vaziyati inson faoliyatini ifodalaydi. Boshqaruv tizimidagi vaziyat o‘rganilar ekan, uni insondan hamda uning faoliyatida foydalanishning barcha omillaridan ajratilgan holda tadqiq qilish mumkin emas. Tadqiqot predmeti bo‘lib boshqaruv vaziyati hisoblanadi, uni tahlil qilish natijasida muammo – o‘z echimini talab qilayotgan haqiqiy ziddiyat aniqlab olinadi. Boshqaruv tizimining faoliyat yuritishi ko‘plab har xil muammolar: boshqaruv strategiyasi va taktikasi o‘rtasidagi, bozor sharoitlari va firma imkoniyatlari o‘rtasidagi, xodimlarning malakasi va innovatsiyalarga ehtiyoj o‘rtasidagi va h.k. ziddiyatlar bilan tavsiflanadi. Ushbu muammolarning birlari “abadiy”, boshqalari – o‘tkinchi yoki etilayotgan bo‘lib, ularni hal qilish uchun tadqiqotlar zarur. Maqsad – tadqiqotda muammolarni aniqlab olish va tanlashning asosidir. Tadqiqot metodologiyasi mazmunining keyingi tarkibiy qismi bo‘lib yondashuv – tadqiqot rakursi hisoblanib, u go‘yoki tadqiqot boshlanadigan va uning maqsadga qarab yo‘nalganligini belgilaydigan boshlang‘ich nuqtai nazar, dastlabki nuqtani ifodalaydi. Yondashuv aspektli, tizimli va konseptual bo‘lishi mumkin. Aspektli yondashuv – bu muammoning dolzarbligi yoki tadqiqotga ajratilgan resurslarni hisobga olgan holda muammoning bir qirrasini tanlashdir. SHu tarzda, xodimlarni rivojlantirish muammosi iqtisodiy aspekt, ijtimoiy-psixologik, ta’lim va boshqa aspektlarga ega bo‘lishi mumkin. Tizimli yondashuv – bu tadqiqot metodologiyasining yanada yuqori darajasi bo‘lib, u muammoning barcha aspektlarini, ularning o‘zaro bog‘liqligida va 72 yaxlitligida imkon qadar eng ko‘p hisobga olishni, bosh va ahamiyatlisini ajratishni, aspektlar, xossalar va tavsiflar orasidagi aloqalar xarakterini aniqlashni talab qiladi. Tizimli yondashuvning quyidagi aspektlari bo‘lishi mumkin: elementli aspekt – o‘rganilayotgan tizimga kiruvchi elementlarni aniqlash, tizimning umumiylik darajasini, uning quvvatini belgilash; tuzilmaviy aspekt – tizimning tuzilmaviy tavsiflarini (aloqalarni, miqdor va sifat o‘zaro bog‘liqliklarni aniqlovchi tuzilma turkumi) aniqlash; funksional aspekt – tizim funksiyalarini yaxlit va uning tarkibiy qismlari (kichik tizimlari)ni, ushbu funksiyalarning muvofiqligini, funksiyalarning takrorlanishini aniqlash; integrativ aspekt – tizim maqsadlarini, uning faoliyat yuritishidagi ziddiyatlarni, ziddiyatlarni hal qilish yo‘llari va usullarini oydinlashtirish, tadqiqot ob’ektini yaxlit tizim sifatida saqlanishini ta’minlaydigan asosiy bo‘g‘inni aniqlash; Metodologiya aspektli, tizimli va konseptual elementli aspekt tuzilmaviy aspekt funksional integrativ kommunikativ aspekt – tizimning yashash muhitini, boshqa tizimlar bilan subordinatsiyali va o‘zaro muvofiqlashgan aloqalari tavsiflarini, ushbu aloqalarning mustahkamligini aniqlash; tarixiy aspekt – tizimning vujudga kelish tarixini, uning rivojlanish bosqichlarini, erishilgan darajasini tadqiq qilish, va shu asosda istiqbollarni bashoratlash; Konseptual yondashuv tadqiqot konsepsiyasini, ya’ni tadqiqotning umumiy yo‘nalishi, arxitetonikasi va meros bo‘lib qolishini belgilovchi tanya qoidalar majmuasini dastlabki ishlab chiqishni ko‘zlaydi. Yondashuvlar empirik (tajribaga tayanuvchi), pragmatik (eng yaqin natijani olish vazifasiga tayanadigan) va ilmiy bo‘lishi mumkin. Eng samarali bo‘lib, albatta, tadqiqot maqsadlarini ilmiy qo‘yishni va uni o‘tkazishda ilmiy apparatdan foydalanishni nazarda tutuvchi ilmiy yondashuv hisoblanadi. Amaliyotda esa 73 vaziyatlar bilan ishlashda va echimlarni ishlab chiqishda ko‘pincha empirik va pragmatik yondashuvlar bilan cheklaniladi. Tadqiqot metodologiyasi shuningdek, tadqiqotni yanada izchil va maqsadga yo‘nalgan holda o‘tkazish imkonini beradigan mo‘ljallar va cheklovlarni aniqlash va shakllantirishni o‘z ichiga olishi zarur. Mo‘ljallar yumshoq va qattiq, cheklovlar esa – yaqqol yoki noaniq bo‘lishi mumkin. Metodologiyada bosh vazifani tadqiqot vositalari va usullari bajaradi, ular rasmiy-mantiqiy, umumilmiy va maxsus turlarga bo‘linadi. Rasmiy-mantiqiy usullar – bu boshqaruv tadqiqotlari negizini tashkil etuvchi inson intellektual faoliyati usullaridir; umumilmiy usullar tadqiqotning ilmiy apparatini aks ettiradi; maxsus usullar boshqaruv tizimlarining o‘ziga xosligiga bog‘liq va boshqaruvchilik faoliyatining o‘zga xosligini aks ettiradi. Har qanday tadqiqot dalillar bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur. Dalilli materialning nazariy va amaliy ahamiyati tadqiqot metodologiyasi bilan aniqlanadi. Metodologiya dalillarning o‘zaro aloqasini o‘rnatishga yordam beradi va keyingi tadqiqotning borishini yo‘naltiradi. U dalillarni, ularning ahamiyati, tahlil qilish va tartibga solishning muhimligi darajasiga qarab tanlashning asosi sifatida yuzaga chiqadi. Ayni vaqtda dalillarning o‘zi ham, ularning tarkibi, ishonchliligi, shakli va turkumi tadqiqotning metodologik sxemasini shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadi. SHu sababli dalilli material ikki: tadqiqotning asosini tashkil qiluvchi metodologiya bilan ta’minlangan nazariy- metodologik, hamda empirik tomonlarga ega. Gipotezaning nazariy-metodologik funksiyasi, birinchidan, aynan qo‘yilgan boshqaruvchilik muammosini echish uchun kerakli dalillarni tanlab olishga yordam berishida, va ikkinchidan, ma’lum ma’noda, unga ergashgan holda ushbu dalillarni eng yaxshi tarzda tashkil qilish mumkin bo‘lgan yo‘nalishni qayd etishida namoyon bo‘ladi. Empirik funksiya dalillarni olish imkoniyatlarida namoyon bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling