Menejmentning tadqiqot usullari
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик (1)
To‘liq induksiya – bu, predmet, aloqalar, hodisalar, jarayonlar sinfi miqdor
jihatdan cheklangan va to‘la-to‘kis tadqiq qilishga yon bosgan taqdirda xulosa chiqarish shakli (axborot sinfni to‘liq: narsalar, hodisalar, predmetlarni qamrab oladi). Katta bo‘lmagan hudud, firma, tashkilot bo‘linmasini va hokazolarni. tadqiq etishda to‘liq induksiya to‘g‘risida gapirish mumkin. Tadqiqot ob’ekti miqdor jihatdan cheklangan va uning barcha ko‘rinishlarida ko‘rib chiqiladi. Bunday tadqiqotdan olingan xulosalar isbotlanuvchi hisoblanadi va boshqa noma’lum, lekin o‘rganilgan ob’ekt bilan ahamiyatli o‘xshash alomatlarga ega ob’ektni baholash uchun asos bo‘la oladi. Xulosa chiqarish ushbu shaklining kamchiligi shundaki, u sinfning barcha predmetlari to‘g‘risida bilishni talab qiladi, bu esa ko‘pincha imkonsiz, chunki vaziyatni tavsiflash doim cheklangan xususiyatga ega. Ommabop induksiya – bu, alomatlarni oddiy sanab o‘tishga asoslangan xususiydan umumiyga xulosa chiqarish shakli. Zid alomatning yo‘qligi va qaytariluvchanligi asosida ko‘rib chiqilayotgan alomatning ushbu sinfning barcha predmetlariga tegishliligi haqidagi xulosa chiqariladi. Lekin, zid alomatlarning yo‘qligidan, ularning bo‘lishi mumkin emasligi yoki mavjud emasligi kelib chiqmaydi. Shu sababli xulosalar bu erda ehtimolga ega. Bu faraz, taxmin (“imkoniyat mavjud”, “bo‘lishi mumkin”) olish usuli. Amaliyotda ba’zan ko‘p 67 takrorlanadigan vaziyatlar shakllanadi va ular qay darajada turkumga mos, ularni alohida sinfga, masalan “Standart vaziyatlar” sinfiga ajratish mumkinmi degan masalalarni aniqlash muhim. Ilmiy induksiya – bu tasodifiy umumlashtirishlarni istisno qiluvchi tanlab olish yo‘li bilan xulosa chiqarish shaklidir. U birorta (tabiat, texnika, ijtimoiy tizim va h.k.) tasniflashning rivojlanish qonunlarini bilishga asoslanadiki, ularga tayanib, bosh to‘plamga nisbatan eng o‘xshash tanlanma to‘plam shakllantiriladi. Ushbu induksiya shakli boshqaruv tizimlarining sotsiologik tadqiqotlarida eng keng tarqalgan. Deduktiv usul – bu bilimni bilvosita ifodalash bo‘lib, unda katta umumiylikka ega bilimdan kamroq umumiylikka ega bo‘lgan bilimga o‘tish amalga oshiriladi. Deduktiv usul qoidasiga muvofiq hodisalar va jarayonlarning sabablarga asoslangan qonuniy aloqalari tufayli umumiy bilimdan yagona (xususiy) bilimni olish mumkin. Bilishning deduktiv shakli sillogizmlar – bilvosita xulosa chiqarishlar orqali amalga oshiriladiki, unda umumiy o‘rta atama bilan bog‘langan ikkita qat’iy mulohazalardan uchinchi mulohaza chiqariladi. Oddiy qat’iy sillogizmga misol: Birinchi mulohaza: har bir broker malakaviy imtihon topshiradi; Ikkinchi mulohaza: ayrim talabalar – brokerlar; xulosa: ayrim talabalar malakaviy (brokerlik) imtihonini topshirgan. Sillogizmning bosh qoidasi, yoki aksiomasi bo‘lib quyidagi mulohaza hisoblanadi: «Har bir predmetga nisbatan tasdiqlanayotgan (inkor etilayotgan) barcha narsa predmetning istalgan qismiga nisbatan ham tasdiqlanadi». Sillogizm ushbu bilimni berishi uchun dalil bo‘la oladigan hukmlar haqiqiy bo‘lishi zarur. Faqat quyidagi qator lokal sillogizm qoidalariga so‘zsiz amal qilinganda haqiqiy dalil bo‘la oladigan hukmlardan haqiqiy xulosani olish mumkin: faqat uchta atama bo‘lishi kerak, chunki chiqarilayotgan bilim ikkita chekka atamalarning o‘rtadagiga bo‘lgan munosabatiga asoslangan; 68 dalil bo‘la oladigan hukmlardan hech bo‘lmaganda bittasi umumiy mulohaza bo‘lishi kerak (ikkita xususiy dalil bo‘la oladigan hukmlardan zarurat bilan xulosa kelib chiqmaydi); dalil bo‘la oladigan hukmlardan hech bo‘lmaganda bittasi tasdiqlovchi bo‘lishi kerak; agar dalil bo‘la oladigan hukmlardan bittasi xususiy bo‘lsa, xulosa ham xususiy bo‘lishi kerak; agar dalil bo‘la oladigan hukmlardan bittasi inkor etuvchi bo‘lsa, xulosa ham inkor etuvchi bo‘lishi kerak. Deduktiv usul boshqaruv vaziyatlariga nisbatan qo‘llanganda sodir bo‘layotgan voqealarning mohiyati yuzasidan asoslangan xulosalarga kelish imkonini beradi, agar haqiqiy vaziyatni qandaydir turkum vaziyatlarga kiritish mumkin bo‘lsa. Bundan o‘qitish jarayonida boshqaruv tajribasini egallash uchun foydalanish mumkin. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling