Menejmentning tadqiqot usullari
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик (1)
7 I BOB. BOSHQARUVNI RIVOJLANTIRISHDA TADQIQOTNING O‘RNI 1.1. Tadqiqot muammo va vaziyatlarni anglash, ularning paydo bo‘lishini aniqlash, xususiyatlari va mazmunini ochib berish, universal hal qilish yo‘llari va vositalarini topishdan iborat faoliyat turi sifatida Tadqiqot – bu muammo va vaziyatlarni anglash, ularning paydo bo‘lishini aniqlash, xususiyatlari va mazmunini ochib berish, universal hal qilish yo‘llari va vositalarini topishdan iborat faoliyat turidir. Tadqiqot – istalgan faoliyatning zaruriy elementidir, lekin faoliyat turiga qarab u yoki bu darajada amalga oshiriladi. Masalan, ilmiy faoliyat, uning asosini tashkil qiladigan va tadqiqot ob’ektining o‘zini tutish qonuniyatlarini aniqlashga, yangi bilimlarni olishga mo‘ljallangan tadqiqotlarning maksimal hajmini nazarda tutadi. Avtomatizm va ishchanlikni talab qiluvchi texnik faoliyat esa, tadqiqotlarning minimal miqdorini taqozo etadi. Asosiy mazmuni qarorlar qabul qilishdan tarkib topgan boshqaruvni tadqiqotchilik faoliyatisiz tasavvur qilish qiyin. Boshqaruvning rivojlanib borishi davomida tadqiqotlarning o‘rni va ulushi o‘sib boradi. Biz ishlatayotgan har qanday tushuncha ta’rifga ega bo‘lishi kerak. Mantiqiy ma’lumotnoma-lug‘atda N.I.Kondakova “tadqiqot” tushunchasini quyidagicha ta’riflaydi: “Tadqiqot – biror-bir ob’ektni (predmet, hodisani), uning vujudga kelish qonuniyatlari, rivojlanishi va jamiyat manfaatlari yo‘lida qayta o‘zgartirish qonuniyatlarini ilmiy o‘rganish jarayonidir”. Falsafiy lug‘atda nisbatan oddiyroq ta’rif berilgan: “Ilmiy tadqiqot – yangi ilmiy bilimlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan biri”. O‘tmishda “tadqiqot” tushunchasi faqat ixtisoslashgan ilmiy faoliyat bilan bog‘lanar edi. Jamiyat va inson rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari yangi ehtiyojlarning paydo bo‘lishini ochib bermoqda. Inson kasbiy faoliyat turlarining 8 ko‘pchiligi hozirgi kunda ilmiy yondashuvni taqozo etmoqda va tadqiqotlar oddiy amaliy faoliyatga singib ketmoqda. Tadqiqotlar zaxiralar qaerda mavjudligini, ularni rivojlantirishga nima xalaqit berayotganini, nimadan xavfsirash va qaysi tendensiyalarni qo‘llab- quvvatlash zarurligini aniqlash imkonini beradi (1.1-rasm). Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling