Menejmentning tadqiqot usullari
Samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun menejmentda
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик (1)
1.3. Samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun menejmentda muammoli vaziyatlarni tadqiq etishning o‘rni Muammo – bu o‘rganilayotgan ob’ekt boshqaruvi rivojlanishini ta’minlaydigan echimni talab qiluvchi qarama-qarshilik. Muammo vazifalar to‘plami yordamida echiladi. Muammodan farqli o‘laroq vazifa uni echish algoritmini bilishni yoki ma’lum algoritmlardan keraklisini tanlashni nazarda tutadi. Muammo esa – har doim ham vazifaga aynan o‘xshash bo‘lmagan va o‘zida yangi yoki ilgari noma’lum bo‘lgan evolyusion o‘zgarishlarning elementlarini ifoda qiladigan qarama-qarshilikdir. Muammolarni hal etishning quyidagi to‘rtta bosqichi amalga oshirilsa, menejmentning samaraadorligi yuqori bo‘lishiga erishiladi: 1) haqiqiy muammolarni soxta muammolardan ajratish; 2) hal etish zarur bo‘lgan mezon bo‘yicha haqiqiy muammolarni tanlash; 3) kutilayotgan natijalarning qiymati mezoni bo‘yicha muammolarni tanlab olish; 4) hal qilish imkoniyatlari mezoniga muvofiq muammolarni tanlash. Tadqiqot metodologiyasida muammolarni tanlab olishning quyidagi prinsiplari juda muhim hisoblanadi: 1) muammoning keskinligi; 2) muammoning mazmuni; 3) muammoning ilmiy sig‘imi; 4) muammoni hal qilishning murakkabligi, vaqt manbai; 5) rivojlanish istiqbollari. 12 Muammoning qo‘yilishi quyidagi harakatlar yig‘indisini nazarda tutadi: 1. Muammoni ta’riflash, u quyidagi operatsiyalardan tashkil topadi: muammoning markaziy masalasini aniqlash; asosiy muammoga aylangan qarama-qarshilikni qayd etish; mo‘ljallangan natijani taxminiy tavsiflash. 2. Muammoni tuzish, u quyidagi operatsiyalarni nazarda tutadi: stratifikatsiya qilish – muammoni asosiy muammoli masalalarsiz javob olish mumkin bo‘lmagan quyi masalalarga ajratish; kompozitsiyalash – muammoni tashkil etuvchi quyi masalalarni guruhlarga birlashtirish va hal qilish ketma-ketligini aniqlash: chegaralash – tadqiqotning ehtiyojlariga muvofiq o‘rganish doirasini cheklash va o‘rganish uchun tanlangan ob’ekt sohasida ma’lum narsalarni noma’lumlaridan chegaralab ajratish; variantlashtirish – muammoning barcha elementlari uchun muqobillarini izlash. 3. Muammoni baholash, u quyidagi xatti-harakatlar bilan tavsiflanadi: kondifikatsiya qilish – muammoni echish uchun kerakli barcha sharoitlarni, jumladan usullar, vositalar, yo‘llar va hokazolarni aniqlash; inventarizatsiya qilish – muammoni hal qilishga ijobiy munosabat bildirishga imkon beruvchi mavjud imkoniyatlarni tekshirish; kognifikatsiya qilish – muammolik darajasini, ya’ni muammoni echish uchun foydalanish talab qilinadigan axborotdagi ma’lum va noma’lumlarning o‘zaro nisbatini aniqlab olish; o‘xshatish – hal etilgan muammolar orasida echilayotgan muammoga o‘xshashlarini topish; kvalifikatsiyalash – muammoni muayyan turkumga kiritish imkoniyati. 4. Asoslash, u quyidagi amallarning ketma-ketligini ifodalaydi: 13 ekspozitsiyalash – ushbu muammoning boshqa muammolar bilan qiymatli, mazmunli va genetik aloqalarni o‘rnatish; aktualizatsiyalash – muammoning dolzarbligi, uni qo‘yilishi va echilishini asoslovchi dalillarni keltirish; murosa qilish – muammoga qarshi e’tirozlarni ilgari surish; demontarsiya qilish – oldingi ikki bosqichlarda olingan natijalarni sintez qilish. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling