Menejmentning tadqiqot usullari


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/64
Sana30.10.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1735107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик (1)

5. Belgilash, u quyidagi amallardan tashkil topadi:

tushunchalarni eksplikatsiya qilish (izohlash) - ya’ni qayta yozish – 
muammoni boshqa ilmiy yoki kundalik tilga o‘girish; 

tushunchalarni intimizatsiya qilish – muammoni ifodalashni so‘z orqali 
nozik farqlash va muammo ma’nosini to‘liq aks ettiruvchi tushunchalarni tanlash. 
Taklif 
etilayotgan 
prinsiplar 
va 
xatti-harakatlar 
ketma-ketligi 
muammolarning turli jihatlarini tavsiflaydi, lekin bunda hech bo‘lmaganda to‘la 
anglanmagan holda, muammo endilikda anglanmoqda, intuitiv ravishda 
tushunilmoqda va deyarli ifodalab bo‘lindi deb taxmin qilinayotganga o‘xshaydi. 
Biroq haqiqatda qandaydir asos, qandaydir negiz bo‘lishi kerakki, u bilan 
muammoni aniqlash yo‘nalishida ishlash zarur bo‘ladi. Boshqaruv vaziyati 
shunday asos bo‘lishi mumkin. 
Tadqiqotning xarakteri va tadqiqotchining tajribasiga qarab amallar va 
operatsiyalarning ketma-ketligi o‘zgarishi yoki ular birgalikda amalga oshirilishi 
mumkin. 
Muammo qo‘yilishining uchta darajasi mavjud: 
1) muammo qo‘yilishining intuitiv shakli – bu holda muammoning markaziy 
masalasini qo‘yish bilan cheklanadi; 
2) muammoning, xatti-harakatlar ro‘yxati mavjud bo‘lishiga qaramay, 
ko‘rsatilgan qoidalarga muvofiq, biroq ularga to‘liq amal qilish zaruratisiz 
qo‘yilishi; 


14 
3) muammo qo‘yilishining barcha amallari va uning tarkibiga kiruvchi 
operatsiyalardan ongli ravishda foydalanish. 
Bunday metodologiya tufayli tadqiqotni rejalashtirish va tadqiqotchi ishini 
tashkil qilish ta’minlanadi, lekin ayni vaqtda nima uchun aynan ushbu qoidalar 
to‘plamidan foydalanish zarurligi va ular qanchalik boshqaruv vaziyati bilan 
bog‘langanligi unchalik tushunarli emas. Shu sababli muallif, hali aniqlanishi 
zarur bo‘lgan muammoni emas, balki aynan boshqaruv vaziyatini tadqiqotning 
predmeti deb hisoblash maqsadga muvofiq va ko‘proq asoslangan deb hisoblaydi. 

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling