Menejmentning tadqiqot usullari
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuzatish usuli
II BOB. MENEJMENTDA UMUMILMIY VA RASMIY-MANTIQIY TADQIQOT USULLARI 2.1. Empirik tadqiqot usullari Zamonaviy ilm-fan tadqiqotning keng va boy usullar to‘plamiga ega. Biroq tadqiqotning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan muayyan tadqiqotni olib borish uchun qanday qilib, qaysi mezonlar bo‘yicha usullar tanlab olinishiga va ushbu usullarning qaysi uyg‘unlashgan birikmasidan (kombinatsiyasidan) foydalanilishiga bog‘liq bo‘ladi. Tadqiqot usullarini tanlash va ularning kombinatsiyali qo‘llanishi umumilmiy tadqiqot usullarining butun yig‘indisi, tadqiqot maqsadlari, boshqaruv vaziyatining xususiyatlari to‘g‘risidagi tizimli tasavvur asosida aniqlanadi. Usullar tasnifi ularning tarkibi, aloqalari va xususiyatlari to‘g‘risidagi tasavvurni tartibga solish imkonini beradi. Umumilmiy tadqiqot usullariga kuzatish usuli, eksperiment (ilmiy tajriba) o‘tkazish, intuitiv qidiruv, munozara, modellashtirish, imitatsiya, ekstrapolyasiya va boshqalar kiradi. Barcha umumilmiy tadqiqot usullarini ikki: empirik va fikrlash-mantiqiy guruhga ajratish mumkin. Empirik usullar amaliy faoliyatga asoslangan bo‘lib, ushbu faoliyatni tushunib olish hodisalar va vaziyatlarning mohiyati va xususiyatlari to‘g‘risidagi tasavvurni hosil qiladi. 23 Empirik usullar ikki guruhga: kuzatishlar usuli (o‘rganilayotgan hodisalarga minimal aralashadigan tadqiqotlar) va eksperiment o‘tkazish usullariga (tizimning, odatdagi sharoitlarda sezilmasligi mumkin bo‘lgan, lekin ular eksperimental, ba’zan esa ekstremal sharoitlarda to‘liq namoyon bo‘ladigan o‘zini tutish xususiyatlarini o‘rganish uchun sun’iy ravishda vaziyatlarni hosil qilish) bo‘linadi. Kuzatish usuli o‘rganilayotgan tadqiqot ob’ekti parametrlarini va xossa ko‘rsatkichlarini qayd etish va ro‘yxatga olishga asoslanadi. Tadqiqot ob’ekti bo‘lib tashkilot, bo‘linma, biron-bir tuzilmaviy birlik, kishilar guruhi va h.k. bo‘lishi mumkinki, ularning faoliyati vaziyat yordamida tavsiflangan bo‘lishi kerak. Qo‘shilgan va oddiy kuzatish farqlanadi: birinchi holda kuzatuvchi ijtimoiy muhitga kirishni o‘xshatadi, unga moslashadi va hodisalarni “ichkaridan” tahlil qiladi; ikkinchi holda kuzatuvchi hodisalarni “chetdan” ro‘yxatga oladi. Ayrim hollarda kuzatish usullari bevosita kuzatish usullariga (haqiqiy vaqt sharoitida va bevosita muloqot yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri kommunikatsiyalar asosidagi kuzatish) hamda bilvosita kuzatish usullariga (bilvosita aloqalar va kommunikatsiyalarga, hamda kuzatishlarning vaqt rejimini tabaqalashtirishga – maxsus vaqt qismlarini tanlashga asoslanadigan kuzatish) ajratiladi. Fikrlar, imo- ishoralar, mimika, harakatlar, kishilar va guruhlarning qarorlari, xulq-atvor uslublari, to‘qnashuvlar, ziddiyatlar va h.k. vaziyatni yozish uchun kuzatish predmeti bo‘lishi mumkin. Kuzatishning maqsadi vaziyatning u yoki bu xususiyatlarini mavjudligi yoki mavjud emasligini tasdiqlashi mumkin bo‘lgan qator dalillarni olishdan iborat. Kuzatish menejerning individual boshqaruv uslubini shakllantirishda muhim vazifani bajaradi, chunki jamoalarda munosabatlarning psixologik xususiyatlarini kuzatish, kishilarning harakatlariga ta’sir qiladigan ularning shaxsiy, yashirin, maxfiy ko‘rinishlarini ko‘rish imkoniyatini beradi. Aynan kuzatish vaziyatning individual-shaxsiy idrok qilish sifatida boshqaruvga va mustaqil boshqaruv qarorlarini qabul qilishga ijodiy munosabat ko‘nikmalarini shakllantiradi. Kuzatish ma’lum bir taxminlarni 24 tekshirish uchun ham, tasdiqlovchi dalillarni olish uchun ham olib borilishi mumkin. Kuzatish usulining bilish imkoniyatlari hissiy idrok qilish xarakteri va jadalligi, kuzatish ob’ekti xususiyatlari, kuzatish sharoitlari, o‘lchovlarning mukammalligiga bog‘liq. Qulay sharoitlarda ushbu usul, keyinchalik vaziyatni tuzishda qo‘llanadigan ilmiy dalillarni shakllantirish va yozib qo‘yish uchun keng doiradagi va turli jihatlarga ega axborotlarni ta’minlaydi. Kuzatish usuli turlariga boshqaruv faoliyatining turli operatsiyalari va yo‘llarini xronometraj qilish va fotosuratga olish kiradi. Ishbilarmonlik majlislari, ilmiy va amaliy munozaralar, ishbilarmonlik uchrashuvlari, boshqaruv qarorlarini (yozma shakldagi buyruqlar, farmoyishlar, xizmat yo‘riqnomalari va h.k.) tayyorlash va rasmiylashtirish xronometrajning bevosita ob’ektlari bo‘lishi mumkin. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling