Menejmentning tadqiqot usullari
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик (1)
Eksperiment usuli ilmiy tadqiqot usuli sifatida 300 yildan ham avvalroq
ma’lum bo‘lgan. Ushbu usul uzoq rivojlanish yo‘lini – dastlabki tajribalardan boshlab hozirgi yuqori rivojlangan tajriba o‘tkazish texnikasigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Ijtimoiy-iqtisodiy eksperiment o‘tkazish muammmolariga bag‘ishlangan adabiyotlarda eksperiment turlicha ta’riflanadi: u ob’ektni tadqiq qilish bo‘lib, uning jarayonida biz, bizni qiziqtiruvchi hodisalarni namoyon bo‘lishi va o‘lchanishi uchun zaruriy va etarli bo‘lgan sharoitlarni yaratamiz (A.P. Kupriyan); ob’ektning faoliyat ko‘rsatkichlari hamda xulqining, unga ayrim boshqariluvchi va nazorat qilinuvchi omillarning ta’sir ko‘rsatishi natijasida miqdor va sifat jihatdan o‘zgarishi to‘g‘risidagi axborotni olish usuli. Ijtimoiy-iqtisodiy eksperiment o‘tkazishning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: 1) xo‘jalik tizimiga yoki uning bir qismiga (quyi tizimiga) aralashuv; 32 2) nisbatan izolyasiya qilingan eksperimental omilni rejali kiritish, uning juz’iy o‘zgarishi; 3) barcha ustunlikka ega muhim omillarni rejali nazorat qilish; 4) qaram o‘zgaruvchilarning o‘zgarish samaralarini tobe bo‘lmagan o‘zgaruvchilarning (eksperimental omilning) ta’siri bilan bog‘lash. Ba’zan eksperiment deganda, boshqaruv tizimi faoliyatini yaxshilashga qaratilgan hamda maqsadga muvofiqligi ayon bo‘lgan choralarning muayyan to‘plami xato tushuniladi. Bunday turdagi “eksperimentlar” ko‘pincha taxminan, etarli asoslarsiz, metodik savodsizlik bilan amalga oshiriladi. Eksperiment – bu batafsil yangilik kiritish hisoblanadi. Uning maqsadi – yangilikni joriy etish yoki ma’lum bir o‘zgartishlar, cheklovlar bilan muayyan sharoitlarni hisobga olgan holda yoyish uchun qabul qilish imkoniyati to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish uchun har tomonlama dalillar keltirishdir. Aynan shunday qaror eksperimentning natijasi hisoblanadi. Eksperimentni faqat uning natijasida sinalayotgan yangilikni tarqatmaslikka qaror qilinganligi sababli omadsiz deb hisoblash to‘g‘ri emas: salbiy natija ham ahamiyatga ega, chunki ko‘zda tutilgan variantlardan birini asosli ravishda rad etadi. Ijtimoiy-iqtisodiy eksperimentlarning har xil turlari mavjud. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling