Menejmentning tadqiqot usullari
Rasmiy-mantiqiy tadqiqot usullari
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик (1)
2.2. Rasmiy-mantiqiy tadqiqot usullari
Asosiy rasmiy-mantiqiy tadqiqot usullariga: tasniflash, umumlashtirish va turkumlash usullari, induktiv va deduktiv tadqiqot usullari, tushunchalarni tuzish, dalillar, mantiq va boshqalar kiradi. Mantiqiy usullar negizini rasmiy mantiq talablari va prinsiplari tashkil etadi. Rasmiy mantiqiy fikrlash shakllarini – tushunchalar, mulohazalar, xulosalar, isbotlar, argumentatsiya, asoslash va hokazolarni – ularning aniq mazmunidan chetlanib, ularning mantiqiy tuzilishi nuqtai nazardan o‘rganadi. Mantiq fikrlash shakllarini ularning tuzilishi tomonidan o‘rganadi, eng to‘g‘ri fikrash yo‘llarini tavsiflaydi. Rasmiy mantiq, masalan, tushunchalar bilan bajariladigan mantiqiy amallar to‘g‘risidagi masalani hal qiladi, bir mulohazadan boshqasini chiqarish qoidalarini shakllantiradi, isbotlarda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolarni ko‘rib chiqadi va hokazo. Tushuncha – bu shunday fikrki, unda predmetlar muayyan ko‘plik ichidan faqat ular uchun umumiy bo‘lgan belgilar tizimi bo‘yicha ajratib olingan va sinf sifatida umumlashtirilgan bo‘ladi. Shu tarzda, tushuncha sifatida vaziyat quyidagi belgilarga ega: «jihatlarning yig‘indisi», «vaqtincha birlik», «o‘zaro bog‘liqlik», «boshqaruv sub’ekti uchun muhimlik», «boshqaruv predmeti sifatida tasavvur etilish» va h.k. Umumlashtirilgan predmetlar turiga ko‘ra tushunchalar umumlashma va noumumlashma, shuningdek konkret va mavhum tushunchalarga bo‘linadi. O‘z mazmuniga ko‘ra bir-biridan yiroq, umumiy belgilarga ega bo‘lmagan tushunchalar solishtirilmaydigan tushunchalar deb ataladi (masalan, “vakolatlash” va “gul”). Qolgan tushunchalar solishtiriladigan deb ataladi va hajmiga ko‘ra o‘zaro mos (ushbu tushunchalarning hajmi to‘liq yoki qisman bir-biriga to‘g‘ri keladi) va o‘zaro mos bo‘lmagan (hajmi hech bir elementda bir-biriga to‘g‘ri kelmaydigan) tushunchalarga bo‘linadi. O‘zaro mos tushunchalar teng (yoki aynan 50 bir xil) ma’noli bo‘lishi mumkin. O‘zaro mos bo‘lmagan tushunchalar teng ergashish, qarama-qarshilik (issiq – sovuq, kun – tun) hamda ziddiyat (tun – quyosh) munosabatlariga ega bo‘lishi mumkin. Mulohaza – bu, unda biror-bir vaziyatlarning yoki vaziyatlar o‘rtasidagi aloqalarning mavjud emasligi ta’kidlanadigan fikrdir. Mulohazalarga misollar: “Oy aks etgan yorug‘lik bilan nur sochadi”, “O‘qish achchiq, lekin uning mevasi shirin”. An’anaviy mantiq ikki ma’noli hisoblanadi, chunki unda mulohaza chinlikning ikki ma’nosidan biriga ega bo‘ladi: u yoki chin, yoki yolg‘on. Uch ma’noli mantiqlarda mulohaza yoki chin, yoki yolg‘on, yoki noaniq bo‘lishi mumkin. Masalan, “Marsda hayot mavjud” degan mulohaza hozirgi vaqtda na chin, na yolg‘on emas – u noaniqdir. Ko‘pchilik boshqaruv vaziyatlarini tahlil qilishda dastlab, odatda, uch ma’noli mantiqdan foydalaniladi, va faqat keyingina, axborot to‘planishiga qarab, ikki ma’noli mantiqqa o‘tish mumkin. Mulohazalar, biror-bir xabar, axborotni o‘z ichiga olgan darak gaplar bilan ifodalanadi. Mulohazalar sodda va murakkab, ya’ni bir nechta sodda mulohazalardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. Qat’iy mulohazalar tasdiqlovchi va inkor etuvchi mulohazalarga bo‘linadi. Gap nima to‘g‘risida ketayotganligiga qarab – barcha predmetlar sinfi, ushbu sinfning bir qismi yoki bitta predmet – mulohazalar umumiy, xususiy va yagona mulohazalarga bo‘linadi. Har bir mulohazada miqdoriy va sifat tavsiflari mavjud. Shu sababli mantiqda miqdor va sifat bo‘yicha mulohazalarning birlashgan tasnifi qo‘llanib, uning asosida mulohazalarning quyidagi to‘rt turi ajratiladi: umumtasdiqlovchi, xususiy Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling