Menejmentning tadqiqot usullari
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик (1)
Shartli va shartsiz dalillar
Tadqiqotning dalillar bilan asoslangan natijasi to‘liq qabul qilinadi degan ishonch odatda yuqori emas. Qoidaga ko‘ra, dalil keltiruvchi vaziyatni o‘zi his qilishining kuchli va kuchsiz jihatlarini aniqlashga, uni baholashga, rozilik olishga urinadi. Bu yerda biz, qandaydir mavhum auditoriyaga nisbatan keltiriladigan shartli dalillarni ko‘ramiz. Haqiqiy, shuningdek ushbu vaziyatda turgan retsipientga qaratilgan, himoya va ishontirishga yo‘nalgan dalillarni shartsiz dalillar deb nomlaymiz. Shak-shubhasiz, bahs davomida ikkala turdagi dalillar o‘zaro bir-biriga aylanishi mumkin. 55 Shartsiz dalillarning maxsus holati bo‘lib bilvosita dalillar hisoblanishi mumkin, bunda dalil keltiruvchi o‘z muxolifiga murojaat qilar ekan, o‘z tomoniga uning o‘zini emas, balki bahsga kirishgan auditoriyani og‘dirishni mo‘ljallaydi. Ushbu holda biz dalil keltiruvchining “halolligi” muammosiga duch kelamiz va tabiiyki, dalil keltiruvchiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi masala paydo bo‘ladi. Dalillar bilan asoslash san’ati Qadimgi Gretsiyadayoq yaxshi rivojlanib bo‘lgan edi. Suqrot shunday ta’kidlagan: «... so‘zamollik tegishlicha qo‘llanishi zarur, toki u adolatga xizmat qilsin». Birinchilar qatori “ideal dalil keltiruvchi” atamasini qo‘llagan Platon ham xuddi shunday nuqtai nazarga ega bo‘lgan. Uning fikriga ko‘ra, bu inson: 1) doim haqiqatni izlaydi va unga beg‘araz sodiq; 2) argumentatsiya davomida ularning semantik jihatini afzal ko‘radi, ya’ni u tinglovchilarda qanday taassurot uyg‘otish emas, balki nutq predmeti to‘g‘risida qayg‘uradi; 3) faqat halol usullar yordamida ishontiradi; 4) dalillar retsipient tomonidan tushunilgan va baholanishi kerak bo‘lishiga intiladi. Ideal dalil keltiruvchi haqiqatga intiladi. Ideal dalil keltiruvchining zamonaviy konsepsiyalariga to‘xtalamiz. S.I.Povarnin “Bahs: bahs nazariyati va amaliyoti to‘g‘risida” nomli kitobda bahsni dalilli monologlar to‘plami sifatida ko‘rib chiqadiki, unda har bir ishtirokchi dalil keltiruvchi bo‘lib qatnashadi. V. Brokridi shunday ta’kidlaydi: “Ideal dalil keltiruvchi o‘z shaxsiy dalillariga va hamdalil keltiruvchilarning dalillariga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘ladi”. Keltirilgan Platon, Aristotel, Povarnin, Brokridi konsepsiyalari bir-birini inkor etuvchilar emas, balki to‘ldiruvchilar sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuni ham hisobga olish zarurki, inson istalgan sohadagi masalalarni va istalgan auditoriyada muhokama qilishda bir xil kuchli bo‘lishi mumkin emas. Shunday qilib, dalillar keltirish madaniyati ko‘rsatkichlaridan biri – dalillar predmeti va auditoriyani to‘g‘ri tanlash qobiliyati hisoblanadi. 56 Argumentatsiya tadqiqotning bosqichi sifatida qaralib, unda sub’ekt bo‘lib dalil keltiruvchi, ob’ekt – retsipient, vosita – dalilli tuzilish hisoblanadi. Aynan retsipient vazifasining ahamiyatliligi tadqiqotchilarni, argumentatsiyani dalil keltiruvchi va retsipientning birgalikdagi faoliyati sifatida ko‘rib chiqishga undaydi. Shu sababli tabiiyki, retsipientning funksiyalari nimadan iborat? degan savol tug‘iladi. Eng avvalo, bu: 1.Argumentatsiyaning u tomondan idrok qilinishi. Retsipient argumentatsiyani tushunishi yoki tushunmasligi, uni mutlaqo haqiqiy yoki yolg‘on fikrlardan iborat deb hisoblashi mumkin; retsipient argumentatsiyani ko‘pincha shaxssiz, uning muallifidan qat’iy nazar qabul qiladi. Boshqa hollarda, aksincha, retsipient dalil keltiruvchining shaxsini hisobga oladi va bu holda o‘zining unga munosabati argumentatsiyaning o‘zini idrok qilish va uni baholashga ta’sir ko‘rsatadi. 2. Argumentatsiyaning bahosini – mimika, imo-ishora, jismoniy harakat bilan, verbal ravishda (xitoblar, savollar, qisqa fikrlar bilan) yoki kengaytirilgan dalillar bilan ifodalash. Argumentatsiyaning ichki va tashqi bahosi har doim ham biri-biriga mos kelavermaydi. Retsipient argumentatsiyani qabul qilishi, biroq ochiqchasiga o‘z noroziligini ham bildirishi mumkin. Ideal retsipient halol bo‘lishi kerak. Faqat dalil keltiruvchi retsipient tavsiflarini hisobga olmasdan, balki retsipient ham dalillarni baholar ekan, ularni keltiruvchining tavsiflarini hisobga olishi zarur. Argumentatsiyani tushunish uchun dalil keltiruvchini tushunish lozim. Gnoseologik baholash muallifning bahosiga, dalillarga bog‘liq emas va quyidagilardan tashkil topgan: 1) asosiy fikrlarning xususiyatlari va tadqiqotning dalil bo‘la oladigan hukmlari; 2) ularni yashirin (implitsit) to‘ldirilishi; 3) oqilonalik talabiga muvofiqligini aniqlash. Bundan tashqari, argumentatsiyani pragmatik Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling