Menejmentning tadqiqot usullari


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/64
Sana30.10.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1735107
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   64
Bog'liq
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик (1)

tasdiqlovchi, umuminkor etuvchi, xususiy inkor etuvchi
Mulohazalar tushunchalar singari solishtiriladigan va solishtirilmaydigan 
mulohazalarga bo‘linadi. 
Solishtiriladigan mulohazalar o‘zaro mos va o‘zaro mos bo‘lmagan 
mulohazalarga bo‘linadi. 


51 
Ikkita mulohaza o‘zaro mos bo‘lmagan deb ataladi, agar birining chinligidan 
ikkinchisining yolg‘onligi zaruriy kelib chiqsa (ya’ni ularning ikkisi bir vaqtda 
chin bo‘la olmasa). O‘zaro mos mulohazalar bitta fikrning o‘zini to‘liq yoki 
qisman ifodalaydi. 
Xulosa bu mulohaza bilan ifodalangan bilimni, yana mulohazalar bilan 
ifodalangan boshqa bilimlardan olish jarayonidir. Xulosalar deduktiv (umumiydan 
xususiyga); induktiv (xususiydan umumiyga) va o‘xshashlik (analogiya) asosidagi 
xulosaga bo‘linadi. Deduktiv xulosa orqali ma’lum bir fikr boshqa fikrlardan 
“chiqariladi”, induktiv xulosalar esa faqatgina boshqa fikrga “boshlab boradi”.
Analogiya – boshqa predmet bilan o‘xshashlik asosida predmetda muayyan 
belgining mavjudligi to‘g‘risidagi xulosa. Qat’iy analogiya ishonchli, qat’iy 
bo‘lmagan analogiya esa  faqatgina ehtimoliy xulosani beradi. Xulosa chiqarish 
qoidalari buzilganda bunday analogiya yolg‘on xulosa deb ataladi. 
Rasmiy-mantiqiy 
tadqiqot 
usullaridan 
samarali 
foydalanish 
uchun 
ishlatilayotgan tushunchalarni to‘g‘ri ifodalash zarur. Tushunchalar haqiqiy 
narsalar, voqealar, hodisalarni to‘g‘ri aks ettirishi uchun, ularni ta’riflashda 
ma’lum qoidalarga amal qilish zarur. 
1. Tushunchalarni to‘g‘ri taqqoslash qoidasi. Ular orasida umumiylikka 
qaraganda farqli tomonlarning ko‘pligi yaqqol ko‘rinib turgan tushunchalarni 
taqqoslash mumkin emas. Masalan: “Boshqaruv – bu qonning organizm bo‘ylab 
harakatlanishidir”. Bunday ta’rif obrazli, lekin ilmiy nuqtai nazardan maqbul emas. 
2.Aniqlovchi va aniqlanuvchi tushunchalar mutanosibligini o‘rnatish qoidasi. 
Masalan, samaradorlik – bu nafaqat boshqaruvning, balki istalgan boshqa faoliyat 
turining xossasidir deb tasdiqlash mumkin emas. Bunday tasdiqlash ta’riflash 
hisoblanmaydi. 
3.O‘zi isbot talab qiladigan narsa bilan boshqa narsani isbotlashga urinishni 
taqiqlash qoidasi. Tushunchani o‘z-o‘zi yoki birinchi tushuncha bilan 
aniqlanadigan boshqa tushuncha orqali ta’riflash mumkin emas. Misollar: 


52 
“Boshqaruv sub’ekti – bu boshqaruvchi tizim, boshqaruvchi tizim – bu boshqaruv 
sub’ektidir”; “Boshqaruv prinsiplari – bu boshqaruvda qo‘llanadigan prinsiplar”. 
4. Ta’riflovchi qismda ishlatiladigan barcha tushunchalarning ravshan va 
aniq bo‘lish qoidasi. Tadqiqotda ta’riflash paytida metaforalar, noma’lum 
tushunchalar va atamalardan foydalanish maqsadga muvofiq emas. Axir ta’rif 
noaniqlikni bartaraf qilish, mantiq o‘rnatish, fikrlashning aniqligini ta’minlash 
uchun zarur. 
Asoslash – eng muhim ketma-ketlikda bajariladigan tadqiqotchilik ishlaridan 
biri, biroq asoslash jarayonida hosil qilinuvchi matnlarning ulkan xilma-xilligi 
bilan bir qatorda, ularning mantiqiy tuzilishining umumiyligini, ya’ni ulardan har 
birida ikki elementni: “asos”ni (bu komponent faol, ishchan ibtido, tuzish, 
shakllantirish, o‘zgartirish vositasi vazifasini bajaradi) hamda “asoslangan 
ob’ekt”ni, ya’ni passiv, majhul ibtido sifatida xizmat qiladigan tuzish, 
shakllantirish, o‘zgartirish ob’ektini ajratish mumkinligini ta’kidlamaslik mumkin 
emas. 
Shunday qilib, quyidagicha ta’riflash mumkin: asoslash ongning shunday 
jarayoniki, uning asnosida ikkita ideal ob’ektlar – asos va asoslanuvchi ob’ektlar
o‘rtasida u yoki bu aloqani o‘rnatish yo‘li bilan –birinchisining biror-bir tavsiflari 
ikkinchisiga ma’lum qilinadi. Ko‘pincha asoslash bilan birga boshqa anglash 
protseduralari, masalan oldindan ko‘rish va oldindan aytib berish ham tilga olinadi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling