Menejmentning tadqiqot usullari


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/64
Sana30.10.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1735107
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   64
Bog'liq
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик (1)

Fizik model ob’ekt yoki tizimning u yoki bu masshtabda kattalashtirilgan yoki 
kichraytirilgan tavsifi yordamida tadqiq etiladigan narsani ifodalaydi. SHennon 
ta’kidlashicha, fizik modelning ajralib turuvchi xususiyati shundaki, u 
“modellashtiriluvchi butunlik” ko‘rinishiga ega.
Fizik modelga misol – muayyan masshtabda bajarilgan zavod chizmasi. 
Bunday fizik model ko‘z bilan idrok qilishni osonlashtiradi va muayyan uskuna 
unga ajratilgan maydon chegarasida jismonan joylasha olishi mumkinligini 
o‘rnatishga yordam beradi. Avtomobilsozlik va aviasozlik korxonalari doim yangi 
harakatlanish vositalarining ma’lum bir tavsiflarini tekshirish uchun ularning fizik 
kichraytirilgan 
nusxalarini 
tayyorlaydilar. 
Ijtimoiy-iqtisodiy 
tizimlarni 
tavsiflaydigan vaziyatlar, odatda fizik modellar ko‘rinishida tasvirlanmaydi. 
Analogli model tadqiq etilayotgan ob’ektni – o‘zini haqiqiy ob’ekt kabi 
tutuvchi, lekin bunday ko‘rinmaydigan analogni ifodalaydi. 
Analogli modelga misol – korxona tashkiliy tuzilmasining sxemasi. Uni 
tuzish asnosida, rahbariyat, buyruqlarning o‘tish zanjirlarini hamda alohida 
shaxslar va ularning faoliyati o‘rtasidagi tobelikni tasavvur qilish imkoniyatiga ega 
bo‘ladi. Analogli model, barcha xodimlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar ro‘yxatini 
tuzishga qaraganda, yirik tashkilot tuzilishining murakkab o‘zaro aloqalarini 
ko‘rsatishning birmuncha sodda va samarali usuli bo‘lib hisoblanadi. Shunday 


43 
qilib, analogli model vaziyatni yoki uning biror-bir elementlarini tasvirlashi 
mumkin. 
Matematik modelda (shuningdek simvolli deb ataladigan) ob’ektlar yoki 
voqealarning xossalari yoki xususiyatlarini tavsiflash uchun simvollardan 
foydalaniladi. Nihoyatda murakkab muammolarni hal qilishga yordam beruvchi 
vosita sifatida matematik modelga misol – bu A. Eynshteynning mashxur E = ms
2
formulasidir. Agar A.Eynshteyn ushbu, unda simvollar haqiqiy voqelikni 
almashtiradigan matematik modelni tuza olmaganida edi, fizik olimlarda materiya 
va energiyaning o‘zaro bog‘liqligi to‘g‘risidagi hatto yiroqlashgan g‘oyaning 
paydo bo‘lishi ham dargumon bo‘lar edi. Matematik modellar, ko‘pincha tashkiliy 
qarorlarni qabul qilishda ishlatiladigan modellar turiga kiradi. Masalan, statistik 
formulalar kabi matematik modellar boshqaruv vaziyatlarini tavsiflashda va tahlil 
qilishda keng qo‘llanadi. 
Modellar tuzish jarayonining asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat: 

vazifani qo‘yish; 

modelni tuzish; 

modelni ishonchliligini tekshirish; 

modelni qo‘llash. 
Vazifani qo‘yish – model tuzishning eng muhim bosqichi bo‘lib, u boshqaruv 
muammosining to‘g‘ri hal etilishini ta’minlashga qodir. Agar muammoning o‘ziga 
aniq tashxis qo‘yilmasa, matematikadan yoki kompyuterdan foydalanish befoyda. 
A. Eynshteyn, vazifani to‘g‘ri qo‘yish, uni hal etishdan ham muhimroqdir deb 
ta’kidlagan edi. Har yili noto‘g‘ri qo‘yilgan savollarga chiroyli va chuqur ma’noli 
javoblarni topishga ulkan mablag‘lar sarflanadi. Shu jihatdan qaraganda, vaziyatni 
bayon qilish jarayonigacha tadqiqot natijasida nimaga erishish maqsadga 
muvofiqligini tasavvur qilish juda muhim. 
Modelni tuzishda menejer, modelning bosh maqsadi, chiqish me’yorlarini 
yoki rahbariyatga muayyan muammoni hal qilishga yordam berish uchun olinishi 
ko‘zlanayotgan axborotni aniqlashi kerak. Bosh maqsadlarni o‘rnatishga 


44 
qo‘shimcha ravishda, ishlab chiquvchi modelni tuzish uchun qanday axborot talab 
qilinishini aniqlab olishi zarur. Xarajatlar modelni tuzishda hisobga olishni talab 
qiluvchi yana bir muhim omil hisoblanadi. Uning yordamida hal etiladigan 
vazifaga qaraganda qimmat turadigan model, albatta, tashkilot maqsadlariga 
erishishga hech qanday hissa qo‘shmaydi. 

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling