Menejment fanidan test javoblari


Download 21.1 Kb.
Sana05.02.2023
Hajmi21.1 Kb.
#1167864
Bog'liq
Менежмент фанидан тест саволлари ва жавоблари


MENEJMENT FANIDAN TEST JAVOBLARI

Savol: “Qo’mondan mahorati”, missiya va tashkilot maqsadlariga erishishni ta’minlaydigan umumiy reja … deb nomlanadi?


Javob: strategiya

Savol: Bozor munosabatlarida strategiyani tanlash nima bilan bog’liq?


Javob: kompaniya mavjud bo’lgan bozorning o’ziga hos hususiyatlaridan kelib chiqqan holda

Savol: Strategik rejalashtirish nimadan boshlanadi?


Javob: muhit tahlilidan

Savol: Strategiya va taktika o’rtasida qanday bog’liqlik bor?


Javob: strategiya taktikalar to’plamidan iborat, qisqa muddatli strategiyalar taktikaga teng

Savol: Chiziqli boshqaruv strukturasining kamchiligi nimada?


Javob: faqat kichik tashkilotlar uchun samarali bo’lib, kata tashkilotlarda qo’llash imkoniyati kam

Savol: Funksional boshqaruv strukturasining afzalligi nimadan iborat?


Javob: boshqaruv rahbarligiga muayyan sohadagi mutaxassislarni jalb etish, nostandart vaziyatlarni hal qilishda tezkorlik

Savol: Tashkilotning asosiy elementi bu uning strukturasi hisoblanadi. Struktura bu …


Javob: Tashkilot konstruksiyasi

Savol: Rejalashtirishning eng muhim jihati nima?


Javob: dastlabki muammolarni sinchkovlik bilan baholash

Savol: Skalyar zanjiri bu…?


Javob: Iyerarxiyani shakllantiradigan buyruqlar tizimi

Savol: Tashkilotning erishadigan maqsadlarini belgilaydigan boshqaruv funksiyasi quyidagicha nomlanadi…?


Javob: rejalashtirish

Savol: Shtabli boshqaruv strukturasining afzalligi nimadan iborat?


Javob: muammolarni hal qilish uchun turli sohalardagi yuqori malakali mutaxassislarni jab etish, , nostandart vaziyatlarni hal qilishda tezkorlik

Savol: Belgilangan maqsad va vazifalarga erishishga qaratilgan chora-tadbirlar tizmi nima deyiladi?


Javob: reja

Savol: Matritsali boshqaruv turning kamchiligi nimadan iborat?


Javob: ikki tomonlama bo’ysunish, ijro munosabatlari yaratiladi. Boshqaruv mexanizmini murakkablashtiradi va ziddiyatli vaziyatlarning paydo bo’lish xavfi kuchayadi

Savol: Chiziqli menejment …ga asoslangan?


Javob: chiziqli vakolatlar

Savol: Maqsad va strategiya o’rtasidagi farqni aniqlang?


Javob: Maqsad birlamchi, strategiya ikkilamchi; maqsad bu oxirgi nuqta, strategiya nuqtagacha bo‘lgan yo‘l

Savol: Markazlashtirilgan tuzilmalarda boshqaruv tamoyillari, quyi bo’g’inlarning yuqori darajadagi bo’g’inlarga bo’ysunish tizimi…?


Javob: iyerarxiya

Savol: Strategik rejalashtirish jarayonidagi birinchi qadam…?


Javob: kompaniyaning missiyasini aniqlash

Savol: Quyidagi toifalar orasidan to’g’ri ketma-ketlikni aniqlang…?


Javob: missiya, vision, maqsad, strategiya, taktika

Savol: Strategiyani tushuntirishda G.Minzbergning 5Pni ahamiyati…?


Javob: reja, usul, istiqbol, xatti-harakat tamoyili, pozitsiya

Savol Tashkiliy tuzilmaning asosiy funktsiyasini aniqlang


Javob: mehnat taqsimoti

Savol: Rejalashtirishning maqsadi nima?


Javob: tashkilotning yo'nalishini aniqlash

Savol: To'g'ri strategiyani tanlash uchun menejer avvalo ….ni bilishi zarur


Javob: firmaning iqtisodiy potensialini

Savol: Chiziqli boshqaruv turining afzalliklari nimada?


Javob: qurilishning soddaligi, izchil topshiriqlarni olish, ish natijalari uchun to‘liq shaxsiy javobgarlikni olish

Savol: Bozor munosabatlarida strategiyani tanlash nima bilan bog’liq?


Javob: kompaniya mavjud bo'lgan bozorning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda

Savol: Strategik rejalashtirishning maqsadi kompaniyaning _______ uchun eng yaxshi usullarini topishdan iborat.


Javob: atrof-muhitdagi jozibali imkoniyatlardan foydalanish maqsadida firmaning kuchli tomonlaridan foydalanish

Savol: Supply chain managementning asosiy maqsadi nimadan iborat?


Javob: xarajatlarni kamaytirish

Savol: Funksional boshqaruv strukturasining kamchiliklari nimada?


Javob: barcha bo‘linmalarning faoliyatini muvofiqlashtirishda qiyinchilikka duch kelinadi

Savol: Strukturaning asosida nima yotibdi?


Javob: mehnat taqsimoti

Savol: Bozor samaradorligni oshirish uchun resurslarni birlashtirish maqsadida tashkil etilgan rasmiy ittifoq va h.k lar … deb ataladi?


Javob: strategik alyans

Savol: Qaror qabul qilishda qaysi omil ta'sirini hisobga olish qiyinroq: to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita ta'sir qilish omilini?


Javob: bilvosita ta'sir, chunki bunda menejmentning ta’sir qilishi minimaldir

Savol: Atrof-muhit bu…?


Javob: tizimga sezilarli ta’sir qiluvchi, tizimning bir qismi bo‘lmagan hodisalar va shakllar

Savol: Tashkilotning pirovard natijalarga erishish uchun foydalanadigan asosiy resurslari quyidagilar


Javob: odamlar, materiallar, texnologiyalar, kapital, axborot

Savol: Missiya kompaniyaning 3 ta asosiy omillarini tavsiflashi kerak?


Javob: faoliyat sohasi, yo‘naltirilgan auditoriya, noyob xususiyatlar

Savol: Motivatsiya jarayoni – bu …


Javob: o'zini va boshqalarni shaxsiy maqsadlar va tashkilot maqsadlari sari ishlashga undash jarayoni

Savol: Rejalashtirish – bu …


Javob: missiyani, maqsadlarni, tashkilotning strategiyasini ishlab chiqish va ularga erishish uchun eng yaxshi usullarni aniqlash

Savol: Madaniyat qanday omilga tegishli?


Javob: bilvosita ta’sir qilish omiliga
Savol: Zamonaviy tashkilotlarda qo'llaniladigan texnologiyalar turlari:
Javob: yagona, ommaviy, uzluksiz avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish

Savol: Menejment jarayoning bosqichlari nechtani tashkil etadi?


Javob: 4

Savol: Menejmentning qaysi bosqichida moliyaviy reja ustida ishlanadi?


Javob: rejalashtrish bosqichida

Savol: "Biz nima ishlab chiqaramiz?", "Bizning iste'molchilarimiz kim?", “Bizning o’ziga xos xususiyatlarimiz nimalardan iborat?” kabi savollarga odatda _______ javob beradi:


Javob: missiya

Savol: Iqtisodiy muhit qaysi omilga tegishli


Javob: bilvosita ta’sir qilish omiliga

Savol: Qanday sharoitlarda tashkilot missiyasi o’zgaradi?


Javob: tashkilot faoliyat turi o’zgarganda

Savol: Kapital qanday omilga tegishli?


Javob: bevosita ta’sir qilish omiliga

Savol: Joriy muammolarni hal etishga qaratilgan maqsadlar nima deb ataladi


Javob: operativ

Savol: Maqsad … bo‘lishi kerak?


Javob: aniq, o‘lchab bo‘ladigan, vaqt bilan cheklangan
Savol: D.Makgrekor tomonidan ilgari surilgan X nazariyasi bo’yicha…?
Javob: ularni boshqaradigan kichik tizim talab qilinadi, bu nazariya bo’yicha odamlar ishlashni yoqtirmaydilar, ularni majburlash kerak

Savol: A.Fayolning nechta tamoyili mavjud?


Javob: 14

Savol: 60-70 yillarda menejment nazariyasi va amaliyotining rivojlanishini nima orqali tavsiflanadi?


Javob: strategic rejalashtirish

Savol: Harakatlar strategiyasini belgilaydigan bosh g’oya; tabiatdagi, jamiyatdagi hodisalarga qarashlar tizimi, har qanday hodisaning dalillar tizimi (lotincha tushunish, tasavvur)


Javob: konsepsiya

Savol: “Inson munosabatlari maktabi”ning yorqin vakili…?


Javob: E.Meyo

Savol: Huquqiy tizim, huquqiy, iqtisodiy omillar ….ga bog’liq


Javob: bilvosita ta’sir qilish, tashqi muhitga

Savol: Vazifa – bu …(ichki muhit omili sifatida)


Javob: ma’lum bir muddatda va ma’lum bir tarzda bajarilishi kerak bo’lgan ish qismi

Savol: Yetkazib beruvchilar qaysi omilga tegishli?


Javob: bevosita ta’sir qilish omiliga

Savol: Bozorning mohiyati nimada?


Javob: sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi o’zaro munosabatlarda

Savol: P.Druker bo’yicha boshqaruvning mohiyati


Javob: boshqaruv san’ati

Savol: Oksford lug’ati bo’yicha “menejment” kategoriyasiga ta’rif bering?


Javob: boshqaruv san’ati va hokimiyati

Savol: Qismlarga ajratilgan muammolarni hal etishga yo’naltirilgan maqsadlar nima deb ataladi?


Javob: taktik

Savol: Xotom tadqiqotining asosiy natijalaridan biri quyidagilar


Javob: ishchilarning psixologik holati samaradorlikga ta’sir qilishi mumkin

Savol: Menejmentda qayta aloqaning asosida…yotadi?


Javob: nazorat

Savol: Funksional boshqaruv strukturasining kamchiligi nimadan iborat?


Javob: barcha bo’linmalarning faoliyatini muvofiqlashtirishda qiyinchilikga duch kelinadi

Savol: Menejment fanining asoschisi kim?


Javob: A.Fayol

Savol: Rejalashtirishning maqsadi nima?


Javob: tashkilotning yo’nalishini aniqlash

Savol: Turli sohalarda (bir nechta sohada) faoliyat (diversifikatsiyalangan) yuritadigan yagona tashkilotga birlashtirilgan kompaniyalar guruhi…?


Javob: Konglomerat

Savol: Qaysi bosqichda menejer mehnat taqsimotida kadrlar bilan ta’minlash muammosiga duch keladi?


Javob: tashkillashtirish bosqichida

Savol: V.Vrum bo’yicha motivatsiya (kutish nazariyasi) modeli


Javob: (kutish) natijalar-xarajatlar-mukofot/valentlik

Savol: Ishlb chiqarishda mehnat va munosabatni ratsionallashtirishni kim taklif qilgan?


Javob: A. Fayol

Savol: Atrof-muhitni tahlil qilish jarayoni, missiya, maqsadlar, firma strategiyasi qayd etilgaan boshqaruv jarayonining bosqichi, bunda ularga erishish uchun zarur bo’lgan mablag’lar aniqlanadi


Javob: rejalashtish

Savol: Bozorni junbushga keltiruvchi motiv nima?


Javob: sifatli reklama kompaniyasi

Savol: F.Gertsbergning ikki omilli nazariyasi (motivaatsiyani tashkil etuvchilari nazariyasi) – bu…?


Javob: birlamchi va ikkilaamchi ehtiyojlar

Savol: 14 tamoyilni, 4 ta boshqaruv funksiyasini hamda 6 ta funksional zonalar haqidagi fikrlarni ilgari surgan menejment maktabi?


Javob: ilmiy menejment maktabi

Savol: Strategiyani tanlashni … tahlili ta’minlaydi


Javob: SWOT

Savol: Matritsali boshqaruv turning afzalliklari nimadan iborat?


Javob: boshqaruv rahbarligiga muayyan sohadagi mutahassislarni jalb etish, nostandart vaziyatlarni hal qilishda tezkorlik

Savol: F.Gilbert va L.Gilbertlarning (ilmiy menejment maktabi bo’yicha) g’isht yordamida amalga oshirgan tajriba … yo’naltirilgan edi


Javob: ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga

Savol: Menejmentning mohiyati – bu … ?


Javob: boshqa odamlar yordamida qo’yilgan maqsadlarga erishish qobiliyati

Savol: Keng ko’lamli muammolarni hal etishga qaratilgan maqsadlar …?


Javob: strategik

Savol: Ishni ijro etish va boshqarish, qismlarga ajratish ish hajmi belgilangan me’yorlardan ortib ketgan paytda rag’batlantirish, xodimlarni sinov asosida qabul qilishni … vakillari ilgari surgan


Javob: ilmiy menejment maktabi

Savol: Tashkilot falsafasi … shakllantiradi?


Javob: kompaniyaning tashkiliy madaniyatini

Savol: Maqsad va strategiya o’rtasidagi qanday bogliqlik bor?


Javob: Maqsad birlamchi, strategiya ikkilamchi; maqsadga erishish uchun strategiya ishlab chiqiladi, maqsad statik holat, strategiya dinamik holat

Savol: Agar menejer ishchilar o’z ishlarini qoniqarli deb biladigan ish muhitini yaratish – uning ma’suliyatli deb hisoblasa, u quyidagi tamoyilga muvofiq ishlaydi:


Javob: ilmiy menejment nazariyasi

Savol: M.Veber ta’rifi bilan aytganda “tizim shaxssiz ishlashi kerek” bu…?


Javob: ijobiy baho bo’lib, tizim muayyan shaxslarga (boshqaruvchilarga) qaramasdan muammosiz ishlash kerakligini anglatadi

Savol: Boshqaruvchi faoliyati nimadan boshlanadi?


Javob: maqsadni aniqlash bilan

Savol: E.Meyo boshchiligidagi Xotom … tajribasini … o’tkazgan


Javob: Garvard biznes maktabi (inson munosabatlari maktabi doirasida)

Savol: Ishlab chiqarish, savdo, moliyaviy yoki boshqa o’zaro iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslarni birlashtirgan tizim


Javob: kompaniya

Savol: M.Veber tomonidan ishlab chiqilgan boshqaruvning byurokratik modelini … deb biladi


Javob: ideal

Savol: Boshqaruv jarayonining bosqichlari .. xususiyatga ega


Javob: evolyutsion

Savol: Raqobatchilar qaysi omliga tegishli?


Javob:: bevosita ta’sir qilish omiliga

Savol: Firma qachon “ochiq tizim” sifatida qaraladi?


Javob: barcha tizimni nazorat qilish mavjud bo’lganda

Savol: Tashkiliy tuzilmani tuzishdan asosiy maqsad?


Javob: strategiyani amalga oshirish

Savol: Model haqiqatni aks ettirish shakli sifatida – bu konsepsiya. qaysi maktab yuqoridagi konsepsiyaga asoslanadi?


Javob: ilmiy boshqaruv maktabi yoki ilmiy yondashuv

Savol: Porter-Lawler modelining motivatsiyaning protsessual nazariyalari doirasidagi muhim hulosasi…


Javob: ehtiyojlarni boshqarish mumkin

Savol: Turli tarmoqlardagi korxonalarni manfaatlarining umumiyligi asosida shartnoma birlashmasi sifatida ishlash. Bunda moliyaviy tuzilmalar tomonidan huquqiy va iqtisodiy mustaqillik muvofiqlashtirish saqlab qolinadi


Javob: konsern

Savol: Ushbu funksiyalardan qaysi birini A.Fayol ustivor deb belgilagan va to’g’ridan-to’gri boshqaruv bilan bog’lagan?


Javob: ma’muriy adminstrativ

Savol: Tashkilot falsafasi bu?


Javob: o’z faoliyatini amalga oshirish niyatida bo’lgan tashkilotnig tamoyillari, an’analari va e’tiqodlari to’plami

Savol: Insoniyat tabiati haqidagi odamlarning fikrlarini tasniflashga urinish kimga tegishli?


Javob: Duglas MakGregor

Savol: Byudjetlashtirish qaysi tizimosti funksiyaning maqsadi hisoblanadi?


Javob: moliya

Savol: Ratsional boshqaruv konsepsiyasi asosida nima yotibdi>


Javob: mehnatni ratsionalizatsiyasi

Savol: D.Makleland nazariyasi (tashkil etivchi motivatsiya nazariyalari) – bu …?


Javob: hokimiyat, daxldorlik, muvaffaqqiyat

Savol: Boshqa shaxslarning yordami bilan (ish, aql, bosh odamlarning xatti-harakatlari) maqsadga erishish qobiliyati…?


Javob: menejmentning klassik ta’rifi

Savol: Missiya va maqsad o’rtasida qanday farq bor?


Javob: Missiya birlamchi, maqsad ikkilamchi, missiya sifat bilan, maqsad esa miqdor bilan ifodalanadi. Missiya tashqi muhitga maqsad ichki muhitga qaratilgan.

Savol: Qaysi tizimosti funksiyaning maqsadi “yangi turdagi mahsulotlarni izlash, ularni ishlab chiqarish imkoniyatlarini tahlil qilish” hisoblanadi?


Javob: marketing

Savol: Kutishlar nazariyasi, adolat nazariyasi, Porter-Louler nazariyasi: ularni birlashtirib turuvchi narsa:


Javob: motivatsiyaning tarkibiy nazariyalari

Savol: Menejment nimadan boshlanadi?


Javob: maqsadni qo’yish bilan

Savol: Motivatsiyani tashkil etuvchi nazariyasi … ga asoslanadi?


Javob: ehtiyojlar

Savol: Texnologiya - bu … (ichki mehnat omili sifatida)


Javob: xomashyoni tayyor mahsulotga aylantirish vositasi

Savol: Menejmentning qaysi bosqichida tashqi muhit omillari tahlili o’tkaziladi?


Javob: rejalashtirish bosqichida

Savol: Missiya … bo’lishi kerak


Javob: sifatli, tashqi muhitga yo’naltirilgan

Savol: Aksiyadorlar, kreditorlar, yetkazib beruvchilar, iste’mo;chilar qanday muhitga tegishli?


Javob: to’gridan-to’g’ri ta’sir qilish, tashqi muhitga

Savol: Tashkilotning “missiyasi” nimadaligini aniqlang


Javob: jamiyat uchun tashkilotning tarkibi

Savol: Tashkilot maqsadi – bu…?


Javob: tashkilot erishishi kerak bo’lgan rejalashtirilgan va istalgan natija

Savol: Tashkillashtirish jarayoni – bu …


Javob: rejalarni amalga oshirish uchun resurslar, vakolat va javobgarlik

Savol: Menejment jarayoning bosqichlari deganda … tushuniladi


Javob: menejment funksiyalari

Savol: Kompaniyaning missiyasi … ni aks ettirishi lozim


Javob:

Savol: Menejer qaysi bosqichda ishchilarga rag’bat berish muammosiga duch keladi?


Javob: motivatsiya bosqichida
Download 21.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling