Menejmentning tadqiqot usullari
O‘rganilayotgan ob’ektning xarakteri bo‘yicha
Download 1,45 Mb. Pdf ko'rish
|
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eksperiment
O‘rganilayotgan ob’ektning xarakteri bo‘yicha eksperimentlar iqtisodiy,
sotsiologik, boshqaruv, huquqiy va hokazo eksperimentlarga bo‘linadi. Eksperimentlarning boshqa tasniflari ham mavjud. “Eksperiment” va “yangilik kiritish” tushunchalarini aynan bir xil deb qabul qilish maqsadga muvofiq emas. Ushbu tushunchalar o‘rtasida ko‘p umumiylik, biroq farqlar ham mavjud. Birinchidan, ular turli vazifalarga ega va ularning natijalari mustaqil ravishda, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda baholanishi kerak. Eksperiment yangilik bo‘yicha xulosani ta’minlashi kerak. Yangilik kiritishning maqsadi esa biror-bir yangilikni kiritish va tarqatishdan iborat. Eksperimentning muvaffaqiyati yangilik kiritishning muvaffaqiyatsizligini anglatishi mumkin. Ikkinchidan, eksperimental yangilik kiritishdan uni ko‘paytirishga o‘tishda umumiy samaraning o‘sib borishida bir martalik samaralarning zaiflashishi ko‘rinib qoladi. Uchinchidan, eksperiment doirasida chaqirilayotgan o‘zgarishlarning prinsipial qaytariluvchanligi ta’minlangan bo‘lishi zarur. Vaziyatli yondashuvda tadqiqotlar mumkin va zarurdir. 34 Tadqiqotlar vaziyatni tavsiflash uchun kerakli materialni to‘plash va undan foydalanish uchun, shuningdek vaziyatni tahlil qilish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha tadqiqotlar uchun, zaruratga qarab esa ishning istalgan bosqichida, masalan, muallif tomonidan o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar kabi o‘tkazilishi mumkin. Eksperiment – bu narsalar va hodisalarni, ularning sun’iy, lekin haqiqatga yaqin namoyon bo‘lish sharoitlarini yaratish orqali o‘rganishdir. Eksperiment usuli qator bosqichlardan tashkil topgan. Birinchi bosqich – nazariy. Ushbu bosqichda tadqiqot muammosi shakllanadi, ob’ekt va predmet, eksperimental vazifalar va tadqiqot gipotezalari aniqlanadi. Predmetni aniqlashda tadqiqotning maqsadi va vazifalarini, tadqiqot ob’ektining asosiy tavsiflarini, tadqiqotning moddiy va vaqt imkoniyatlarini, masalaning nazariy ishlab chiqilganlik darajasini hisobga olish zarur. Ikkinchi bosqich – eksperimentni o‘tkazish dasturini, ya’ni unda eksperimentning barcha – vazifaning qo‘yilishidan to uni amaliy bajarilishigacha bo‘lgan tadbirlari ishlab chiqilgan hujjatni ishlab chiqish. Dasturning eng muhim unsurlari bo‘lib tadqiqot metodikasini ishlab chiqish va eksperimental vaziyatni yaratish rejasini tuzish hisoblanadi. Dasturda, ushbu eksperimentni o‘tkazish aynan qaysi boshqaruv yangiligini kiritish bilan bog‘langanligi– yangilik kiritishning maqsadga muvofiqligi va imkoniyatlari, uning ijobiy va salbiy oqibatlari to‘g‘risidagi gipotezalarning va hokazolarning asosnomalari yaqqol ko‘rsatilgan bo‘lishi zarur. So‘ngra eksperimental va nazorat ob’ektlarini, ularning basavlatligi, o‘ziga xosliklari va o‘zaro qiyoslana olishligi ko‘rsatilgan holda aniqlash zarur. Albatta eksperimentning barcha mas’ul tashkilotchilari aniq ko‘rsatilgan va ular orasida vazifalar taqsimlangan bo‘lishi zarur. Uchinchi bosqich – eksperiment dasturini amalga oshirish. Ushbu bosqichning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lib, eksperimental vaziyatni yaratish, bevosita eksperimentni o‘tkazish hisoblanadi. Eksperimental vaziyat o‘z tuzilishiga ko‘ra: 35 eksperiment sharoitlari, verbal va predmetli qo‘zg‘atuvchi omillar, faoliyatni tartibga solish yo‘riqnomasi, eksperimentchilarning mavjudligi, eksperiment qilinayotganlarning reaksiyalari bilan tavsiflanadi. SHu bosqichning o‘ziga mazkur eksperiment ssenariysini (o‘tkazish muddatlari, asosiy tadbirlar tartibi, yakunlash tadbirlari va h.k.) ishlab chiqish, vaqti-vaqti bilan eksperimental va nazorat ob’ektlaridagi muhim jarayonlarning boshlang‘ich, oraliq va yakuniy holatlarini baholab borish kiradi. To‘rtinchi bosqich – natijalarni tahlil qilish va baholash. Olingan natijalar, ko‘zda tutilayotgan maqsadga erishilganmi, tadqiqot gipotezasi tasdiqlanganmi yo‘qmi, shuni ko‘rsatadi. Biroq, eksperimentning asosiy natijalari bilan birga, keyingi tadqiqotlarda foydalanish mumkin bo‘lgan bir qator muhim va qiziqarli natijalarni ham olish mumkinligini hisobga olish zarur. Ushbu bosqich sinovdan o‘tkazilayotgan yangilikning keyingi taqdiri: dastlabki yangilik loyihasini o‘zgartirish, qo‘llash ko‘lami, kutilayotgan samara bo‘yicha xulosalar va tavsiyalarga ega bo‘lishi zarur. Ijtimoiy hayotning turli sohalaridagi, ayniqsa xalq xo‘jaligini boshqarishdagi zamonaviy amaliyot bugungi kundagi eng dolzarb vazifa – eksperimentni o‘tkazish jarayonida to‘g‘ri natijalarni olish yo‘llarini ishlab chiqish ekanligini ko‘rsatadi. To‘g‘ri natijalarni olish ko‘p jihatdan eksperimentni “toza” qo‘yilishiga bog‘liqdir. Eksperimentni o‘tkazish, tajriba ob’ektini muhitning ta’siridan tanish chegaralashni, xususan, korxona (tashkilot)ni ta’minlash yoki moliyalashda sun’iy imtiyozlarni olib tashlashni, shuningdek nazorat ob’ektlarini sinchiklab tanlab olishni talab qiladi. Ular, masalan, uch turda o‘tkazilishi mumkin: 1) tajriba o‘tkazilayotgan korxona bilan bir turdagi korxona (tarmoq, mahsulot, mintaqa, hajmi bo‘yicha) yangi ish sharoitlariga, uning iqtisodiy va tashkiliy muhitida hech qanday yaxshilanishlarsiz o‘tkaziladi; 2) xuddi shunday korxona, unda sinalayotgan yangilikni joriy etmagan holda imtiyozli eksperiment sharoitlariga qo‘yiladi; 3) bitta korxonaning o‘zida boshlang‘ich va eksperimentdan keyingi 36 holatlar o‘lchanadi. Barcha holatlarda natijalarni solishtirish eksperiment samaradorligini baholash imkoniyatini beradi. Ijtimoiy eksperimentni o‘tkazishda hisobga olinishi kerak bo‘lgan yana bir umumilmiy talab uni tashkil qilishga taalluqli. Tabiiy fanlarda tadqiqot apparatining uning ob’ekti va muhitiga ko‘rsatadigan buzg‘unchi ta’siri yaxshi ma’lum. Ijtimoiy tadqiqotlarda ham shunday samaralar qayd etilgan bo‘lib, bu “toza natijalarni” olishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador. Muammo, ijtimoiy tadqiqot nazariyasi va metodikasida odatda, faqat psixologik to‘siqni engib o‘tishga, buning ustiga asosan kichik guruhlarda engib o‘tishga bog‘lanar edi. Masalan, eksperiment qatnashchilari u o‘tkazilayotganligini bilmasligi toza eksperimentni o‘tkazish sharti bo‘lib hisoblanar edi: eksperiment qatnashchilarining o‘z holatini “o‘ziga xos” deb anglashi nazorat qilib bo‘lmaydigan, boshqarib bo‘lmaydigan eksperimental o‘zgaruvchiga aylanishi va natijalarni buzilishiga olib kelishi mumkin. Ijtimoiy-iqtisodiy eksperimentni o‘tkazishda eksperimental vaziyatni yaratish, ob’ektni uning atrofidagi muhitdan puxta “ajratib qo‘yishni” talab qiladi. Bu ko‘pincha, sinovdan o‘tkazilayotgan g‘oya namoyish bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun bevosita imtiyozlarni taqdim etishni anglatadi. Albatta, buning ketidan korxona faoliyati asosiy ko‘rsatkichlarining qo‘shimcha o‘sishi ro‘y beradi. Lekin, bu, eksperiment yakunlanganda eksperiment metodikasiga tegishli tobe nazorat qilinuvchi o‘zgaruvchini kiritish orqali haqiqiy natijani imtiyozlar ta’sirida kelib chiqqan natijadan ajratish zaruratini ham anglatadi. U masalan, eksperimental ob’ektning reaktivligi (tashqi ta’sirga javob berish qobiliyati) deb belgilanishi va ikkita parametr: psixologik reaksiya va ikkinchi darajali qo‘shimcha o‘sish bo‘yicha o‘lchanishi mumkin. SHunda natijani “tozalash” avval boshidanoq dasturlashtirilgan bo‘ladi. Intuitiv qidiruv tadqiqotda tobora ko‘proq ahamiyat kasb etmoqda. Download 1,45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling