Menejmentning tadqiqot usullari
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик (1)
Bashorat – bu ham tushuntirishga, ham ilmiy oldindan aytib berishga nisbatan
qo‘llanadigan shakliy tahlilning o‘zginasi. «Bashorat» atamasi retrorivoyatni ham qamrab oladi. Ularning tuzilmaviy va funksional jihatlari shak-shubhasiz o‘xshashlikka ega. Agar bashorat qilishda ma’lum bir bilimlar to‘plami asosida kelajak to‘g‘risidagi bilimlar olinsa, retrorivoyatda – o‘tmish to‘g‘risidagi bilimlar olinadi. Qandaydir tashuvchiga (disk, disketaga) yozilgan muayyan vaqt uchun boshqaruv vaziyati, o‘tmish to‘g‘risidagi bilimlar olishga imkon beruvchi retro 53 hikoyalar, oldindan aytib berish esa – bu kelajakning bashorati, ular orasida hozirgi zamon turadi va uni haqiqatan ham boshqarish mumkin. Asoslashga aniq misol – qolgan keltirilgan mulohazalarga qaraganda inson ongiga, uning qarashlari va xulqiga ta’sir ko‘rsatishning yanada qudratli quroli hisoblanadigan argumentatsiya bo‘lib, hanuzgacha tadqiqotning birmuncha bahsli usuli bo‘lib qolmoqda. Argumentatsiya (dalillar bilan isbotlash) – murakkab hodisadir. G. Djonston uni “insonlar, ularning xatti-harakatlari va qarashlarini boshqarishning maxsus ko‘rinishi” sifatida tavsiflaydi. Istalgan faoliyat sxemasida ikki element qatnashadi: a) faoliyat maqsadi; b) retsipient yoki dalillar bilan asoslanuvchi deb ataladigan ob’ektning xulqi to‘g‘risida dalil keltiruvchining tasavvurlari. Maqsadiga ko‘ra argumentatsiya ko‘pincha jismoniy ta’sir ko‘rsatish usullari, ya’ni dalil keltiruvchi retsipientni qandaydir harakatlarni sodir etishga yoki, aksincha harakatsizlikka undashi bilan bog‘lanadi. SHunday qilib, argumentatsiyaning maqsadlari quyidagilardan iborat: 1) qandaydir fikrni, tadqiqot natijasini retsipient tomonidan bevosita qabul qilinishi; 2) retsipient tomonidan harakatlar bajarilishi yoki harakatsizlikni kutish; 3) retsipientda muayyan hissiyotlarni tug‘dirish; 4) haqiqatni retsipientning yutug‘iga aylantirish imkoniyati. Argumentatsiyaning maqsadi – klassik talqindagi haqiqatga erishish emas, balki muhokama uchun tanlangan takliflarni tushunishdan iborat. Argumentatsiya doim ham insonparvar maqsadlarga xizmat qilavermaydi; u aldov, xushomad, yo‘ldan urish va hokazolar sifatida ham qo‘llanishi mumkin. Bu masala dalil keltiruvchining retsipient haqida iroda erkinligiga ega bo‘lgan sub’ekt haqida singari o‘ylashi bilan chambarchas bog‘liq. Retsipient argumentatsiyani qabul qilish yoki qabul qilmaslik huquqiga ega. 54 Retsipient qarashlariga ta’sir ko‘rsatish muammosi muhim hisoblanadi, chunki dalil keltiruvchining bosh vazifalaridan biri – ham o‘zini, ham argumentatsiya ob’ektini mantiqiylik, ishonchlilik va ob’ektivlikka ishontirishdir. Dalillarning ajralmas tavsifi – uning retsipientga ishontiruvchi ta’sir ko‘rsatishi. Vaziyatli yondashuvda argumentatsiya, uning o‘zidan, o‘zi uchun joriy voqealarni faqat shaxsan o‘ziga tegishli va unga kirib borish zarur bo‘lgan vaziyat sifatida aniqlashtirish zaruratini anglashdan boshlanadi. Bu erda dalil keltirish motivatsiya bilan chambarchas bog‘liq. So‘ngra argumentatsiya vaziyatni bayon qilishda, axborot manbalarini, material turini saralashda, ularni birlashtirishda va hokazolarda kerak bo‘ladi. Keyinchalik argumentatsiya vaziyatni tahlil qilishda, masalalarni saralashda, muammolarni aniqlashda zarur bo‘ladi. Va faqat shundan so‘nggina argumentatsiya repitsientga nisbatan qo‘llanadi. Bunday ta’sir ko‘rsatishning natijasi Platon fikricha, retsipient tomonidan bilimni (fikr, ishonch) egallash bo‘lishi mumkin: “ishontirish – bu fikrni uqtirish demakdir”. Biroq, ishontirishni oddiy ishonishdan farqlash zarur. I.Kantning fikriga ko‘ra, «aynan etarlicha ob’ektiv asoslarning mavjudligi oddiy ishonishni ishontirishdan farqlantiradi». Shuni yodda tutish kerakki, ko‘p hollarda argumentatsiya asosan ishontirishga emas, balki faqatgina retsipientni o‘z tomoniga “og‘dirish”ga qaratilgan. Bunda “qabul qilinish” atamasi qo‘llanishi mumkin. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling