Menejmentning tadqiqot usullari


Tadqiqotchilik vazifasi bo‘yicha


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/64
Sana30.10.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1735107
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   64
Bog'liq
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик (1)

Tadqiqotchilik vazifasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqotchilik eksperimentini (u yoki 
bu hodisalar va jarayonlar haqida etarlicha tasdiqlanmagan yoki butunlay yangi 
ma’lumotlarni tekshirish) va amaliy eksperimentini (ma’lum bo‘lgan umumiy 
dalillarni yoki ma’lumotlarni firma faoliyat yuritishining aniq sharoitlariga 
nisbatan tatbiq etish imkoniyatini tekshirish) ajratish mumkin. 
Faoliyat sifatida sotsial eksperiment tuzilishining xarakteri bo‘yicha hozirgi 
zamondan kelajakka yo‘naltirilgan proeksion eksperimentlar, va o‘tmishdagi vaqt 
nuqtasidan hozirgi vaqtga yo‘naltirigan kvazi eksperimentlar («eks-post-fakto») 
ajratiladi. 
Eksperimental 
vaziyat 
tavsifi 
bo‘yicha 
dala 
va 
laboratoriya 
eksperimentlariga bo‘linadi. Dala eksperimenti tabiiy (dala) sharoitlarida 


33 
o‘tkaziladi. Bu kabi eksperimentning kamchiligi – kerakli vaziyatni izlashning 
qiyinligi. Laboratoriya eksperimenti maxsus tashkil etilgan muhitda o‘tkazilib, bu 
eksperimental o‘zgaruvchilarni qat’iy nazorat va keng manipulyasiya qilish 
imkoniyatini ta’minlaydi. 
Isbotlar mantiqiy tuzilishining xarakteri bo‘yicha eksperimentlarning 
parallel va izchil turlari ajratiladi. Parallel tadqiqotni o‘tkazishda ob’ektni kuzatish 
bir vaqtning o‘zida ikkita– eksperimental va nazorat guruhlarida olib boriladi. 
Nazorat guruhi o‘zining asosiy tavsiflariga ko‘ra eksperiment o‘tkazilayotgan 
eksperimental guruh bilan bir xil. Izchil eksperimentni o‘tkazishda nazorat va 
eksperimental guruh sifatida bitta guruhning o‘zi xizmat qiladi. Mustaqil 
o‘zgaruvchini kiritishdan avval u nazorat, kiritishdan so‘ng esa eksperimental 
guruh hisoblanadi. 

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling