Menejmentning tadqiqot usullari
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик (1)
1.1-rasm. Menejmentning asosiy rivojlanish tendensiyalari Inson omilining o‘rnini oshib borishi Boshqaruv metodologiyasi ning rivojlanishi Boshqaruv strategiyasi va taktikasini hisobga olish Menejmentda diversifikatsiyalash Axborot texnologiyalarining rivojlanishi Inqirozga qarshi boshqaruvga ehtiyoj Menejment tizimida tadqiqotlar Boshqaruvni professional darajaga ko‘tarish Boshqaruv- ning ijodiy maxorati va san’ati Innovatsion o‘zgarishlar Menejer va xodimlarni o‘qitish Yangi sifat boshqaruvining qaror topishi 9 Tashkilotni rivojlantirish jarayonida boshqaruv murakkablashib boradi. Boshqaruvni takomillashtirishda ushbu holatni hisobga olish tashkilotning rivojlanishini jadallashtiradi. Boshqaruvning nomukammalligi uning rivojlanishini sekinlashtiradi va tashkilotda inqiroz vujudga kelishi (integratsiyaning yo‘qolishi, ijtimoiy-psixologik iqlimning yomonlashishi, tashkiliy ishlarga ko‘milib ketish, byurokratlashuv va boshqalar) uchun shart- sharoitlar yaratishi mumkin. Turli faoliyat sohalarida kasbiy bilimdonlikning rivojlanishi tadqiqotni uning amaliy samaradorligining qonuniy va tabiiy unsuri sifatida tushunishga etaklaydi. Bu holatda tadqiqot faqat ilmiy faoliyat va hatto ilmiy yondashuv bilan bog‘lanmaydi. Bu kasbiy bilimdonlik, ta’lim va san’at omilidir. Shunga bog‘liq ravishda “tadqiqot” tushunchasining ta’rifini quyidagicha ifodalash mumkin. Tadqiqot – bu a) muammo va vaziyatlarni anglash; b) ularning paydo bo‘lishini aniqlash; v) xulqi va rivojlanish xususiyatlari, mazmuni va qonuniyatlarini ochib berish; g) ushbu muammo va vaziyatlarning to‘plangan bilimlar tizimidagi o‘rnini o‘rnatish; d) ushbu muammoni hal qilish amaliyotida u to‘g‘risidagi yangi tasavvurlar yoki bilimlardan foydalanish yo‘llari, vositalari va imkoniyatlarini topishni o‘z ichiga oladigan inson faoliyat turidir. Haqiqiy amaliyotda tadqiqotning ushbu belgilari kasbiy bilimdonlikni ham, faoliyatning aniq maqsadlari va vazifalarini ham tavsiflaydigan o‘zaro ma’lum bir nisbatda bo‘ladi. Tadqiqot – bu tahlil, loyihalash yoki tekshirishga nisbatan yanada boy mazmunga ega faoliyat turidir. Muammo yoki vaziyatni tadqiq etish turli usullarning tahlil yoki loyihalashga qaraganda birmuncha keng to‘plamini nazarda tutadi. Bunga, ham kuzatish, ham baholash, ham eksperiment o‘tkazish, ham tasniflash, ham ko‘rsatkichlarni tuzish hamda boshqa ko‘p narsalar kiradi. Tadqiqot, shubhasiz, tahlilni o‘z ichiga oladi, biroq bu bilan cheklanib qolmaydi. Tadqiqot inson ijodiy faoliyatining ancha yuqori darajasini o‘zida ifodalaydi. 10 Tadqiqot vaziyatni chuqurroq tushunish, muammoni aniqlash, va demak, uning eng samarali echimini topishga yordam beradi. Zamonaviy boshqaruv uchun tadqiqot – kasbiy bilimdonlikning muhim ko‘rsatkichidir. Zamonaviy menejer tadqiqotchilik faoliyati ko‘nikmalarini egallab va o‘zlashtirib borishi zarur. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling