Menejmentning tadqiqot usullari


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/64
Sana30.10.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1735107
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   64
Bog'liq
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик (1)

baholash, ya’ni retsipient, dalil keltiruvchi yoki uchinchi shaxslarning manfaatini 
aniqlash ham mumkin. 
Evolyusion baholashga retsipientning fikr yuritishlari natijasida erishiladiki, 
ularni argumentatsiya uning o‘zida yoki boshqa shaxslarda keltirib chiqaradi. 


57 
Ahloqiy baholash – bu argumentatsiyani yaxlit yoki uning komponentini 
ahloqiy jihatdan maqbul yoki maqbul emas sifatida baholash, xususan ushbu 
argumentatsiyaning ma’naviy oqibatlarini baholash. 
Estetik baholash – nutqning go‘zalligini va matnning mantiqiy izchilligini 
baholash ham mavjud. 
Argumentatsiyani barcha keltirilgan nuqtai nazarlardan baholash mumkin emas. 
Tadqiqotchilik faoliyatining bosqichi sifatida argumentatsiyaning tuzilishi 
to‘g‘risida gapirar ekanmiz, ob’ekt va sub’ektdan tashqari unda dalilli tuzilish – 
muayyan sxema va uni amalga oshirish vositalari bilan tavsiflanadigan bog‘lovchi 
bo‘g‘in mavjudligini yodda tutish zarur. 
Argumentatsiya matni uchun ikkita mantiqiy konglomeratning: asosiy fikr 
(tezis) va asoslarning mavjudligi xosdir. Tezis mantiqan dalil bo‘la oladigan 
hukmlardan kelib chiqadi. Retsipient tomonidan dalil bo‘la oladigan hukmlarning 
qabul qilinishi tezisni faqat birorta ehtimollik bilan qabul qilinishiga umid bildirishga 
sabab bo‘ladi. 
Tezis ham, asoslar ham yolg‘on bo‘lib chiqishi mumkin, demak, halol va 
nohalol, ta’sirli va ta’sirsiz argumentatsiyani farqlash zarur. 
Tezis va dalil bo‘la oladigan hukmlardan tashqari argumentatsiya matnida 
tavsiflar, tushuntirishlar, masala tarixiga kirish, chekinishlar bo‘lishi mumkin. Shu 
sababli, argumentatsiyaning jamlanma mantiqiy-lingvistik tuzilishini belgilash 
uchun, dalil keltiruvchi tomonidan yozilgan va retsipient uchun mo‘ljallangan ko‘p 
gaplarni ifodalovchi «dalilli tuzilish» atamasi qo‘llanadi. 
Aniq va to‘liq argumentatsiya samarali qarorlar qabul qilish uchun hali etarli 
emas, lekin buning uchun ko‘proq imkoniyatlar beradi. 
Eng umumiy ma’noda argumentatsiyaning muvaffaqiyati, retsipient ushbu 
qoidalarni qabul qiladimi, u ham vaziyatni sizdek ko‘radimi, undan o‘xshash 
xulosalarni chiqaradimi yoki yo‘qmi degan savollar bilan aniqlanadi. Biroq, 
ko‘pincha mazkur qoidalarni qisman qabul qilmaslik muammosi vujudga keladi. 


58 
Argumentatsiyaning samaradorligi to‘g‘risida gapirar ekanmiz, tezisni qabul 
qilishning dalil keltiruvchi istagiga mos darajasini haqiqatda erishilgan uni qabul 
qilish darajasiga mutanosibligini hisobga olish zarur. Argumentatsiya muvaffaqiyati 
quyidagilarga bog‘liq: birinchidan, retsipientning uni qabul qilishga moyilligiga; 
ikkinchidan, X.Perelman ko‘rsatganidek, “har qanday argumentatsiya auditoriyaga 
yo‘llangan, auditoriya tomonidan qabul qilinayotgan qarashlarga asoslanishi kerak”; 
uchinchidan, argumentatsiyaning muvaffaqiyati uning ichki qabul qilinishi bilan 
belgilanadi.
Sanab o‘tilgan omillar – samarali argumentatsiyaga erishish uchun zaruriy 
shart-sharoitlar. 
Mantiq (grekcha logike so‘zidan olingan) – tafakkur to‘g‘risidagi fan, fikr 
yuritish qonunlari, shakllari va vositalari to‘g‘risidagi ta’limot. Mantiqiy 
tadqiqotlarning asosiy maqsadi – fikr yuritish to‘g‘riligini tahlil qilish, qonunlar va 
prinsiplarni ta’riflash bo‘lib, ularga amal qilish – xulosalash jarayonida haqiqiy 
xulosalarni olishning zaruriy shartidir. Boshqaruv tizimlarini tadqiq etishda 
o‘rganilayotgan tizimlar, ular komponentlarining mantiqiy tuzilishi o‘rganiladi, 
ushbu komponentlar o‘rtasidagi mantiqiy aloqalar o‘rnatiladi. 
Turli tushunchalarni aynan bir xil deb qarash – tadqiq qilishda eng ko‘p 
tarqalgan mantiqiy xatolardan biri. Fikrlashning zid bo‘lmaslik talabi zidlik qonunini 
ifodalaydi. Ushbu qonunga muvofiq ikki fikr bir vaqtning o‘zida haqiqiy bo‘lishi 
mumkin emas, agar ulardan biri biror narsani tasdiqlasa, boshqasi esa ushbu “biror 
narsani” inkor qilsa: «A va A emasning bir vaqtda haqiqiy bo‘lishi noto‘g‘ri». 
Zidlik qonuni negizini narsalar va hodisalarning sifat jihatdan muayyanligi, ular 
xossalarining nisbiy barqarorligi tashkil etadi. Haqiqatning ushbu tomonini aks ettirar 
ekan, zidlik qonuni, tadqiqot jarayonida zid fikrlar bildirilmasligini talab qiladi. 
Agar, masalan, A predmet ma’lum xossaga ega bo‘lsa, biz ushbu predmet 
to‘g‘risida fikr yuritishda ushbu xossani inkor qilmasdan va ushbu predmetga unda 
yo‘q bo‘lgan narsani qo‘shmasdan ushbu xossani tasdiqlashimiz shart. 


59 
Zidlik qonuni ilmiy tadqiqot uchun katta ahamiyat kasb etadi. Unan foydalanish 
omillar va hodisalarni tushuntirishda ziddiyatlarni topish va bartaraf qilishga
axborotni ma’lum qilishda turli noaniqliklarga va noizchillikka tanqidiy munosabatni 
shakllantirishga yordam beradi. 
Biroq, agar biz biror predmetning xuddi o‘ziga nisbatan, lekin: 1) turli vaqtda va 
2) boshqa predmetlarga bo‘lgan turli munosabatda ko‘rib chiqilayotgan biror narsani 
tasdiqlab va xuddi shu narsani inkor qilsak, zidlik qonuni amal qilmaydi. 
Tadqiqotda istisno qilingan uchinchi qonunining talabini ham inkor etib 
bo‘lmaydiki, unga muvofiq ikki bir-biriga zid fikrlardan biri yolg‘on, ikkinchisi 
haqiqiydir: “A bu V dir, yoki V emasdir”. 
Bunday qonun zid fikrlarga nisbatan, ya’ni ulardan biri nafaqat boshqasini inkor 
qiluvchi, balki qo‘shimcha axborotni ma’lum qiluvchi fikrlarga nisbatan amal 
qilmaydi. 
Tadqiqotlar o‘tkazish uchun istisno qilingan uchinchi qonunining muhimligi 
shundaki, u dalillarni yoritishda izchillikka amal qilishni talab qiladi va ziddiyatlarga 
yo‘l qo‘ymaydi. Bunday qonun tadqiqotchiga qo‘yiladigan muhim talabni ifodalaydi: 
ikkita bir-biriga zid fikrlardan birini haqiqiy deb tan olishdan chetlanish va birorta 
uchinchi fikrni qidirish mumkin emas. Agar fikrlardan biri haqiqiy deb tan olingan 
bo‘lsa, uchinchi, mavjud bo‘lmagan fikrni qidirmasdan, boshqasini yolg‘on deb tan 
olish zarur. 

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling