Menejmentning tadqiqot usullari
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик (1)
Dekompozitsiya – bu tasniflashning alohida turi bo‘lib, u birorta ob’ektiv
butunlikning o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan mazmundor elementlarini aniqlash uchun mo‘ljallangan va mantiqsiz mezonga yo‘l qo‘ymaydi. Stratifikatsiya – bu ko‘pqatlamli hodisada qatlam (strat)larni, ya’ni alohida turdagi tobeliklarni aniqlashdan iborat. Vaziyatlarni bu kabi stratlar bilan tadqiq qilishda tashqi va ichki muhit, texnik vositalar va inson resurslari, boshqaruv strategiyasi va taktikasi va h.k. bo‘lishi mumkin. 64 Tadqiqotda tasniflashdan foydalanish muvaffaqiyati quyidagi qoidalar bilan aniqlanadi. 1. Adekvatlik (moslik) qoidasi. Tasniflash, agar bo‘lish a’zolari yig‘indisi bo‘linayotgan ko‘plikka teng bo‘lsa, mutanosib hisoblanadi. Ko‘plikka tegishli bo‘lgan har bir predmet hosil qilingan sinflardan biriga kirishi zarur. Ushbu qoidaning buzilishi to‘la-to‘kis tasniflashni bermaydi, va demak tadqiqot predmeti haqida xato tasavvur paydo bo‘ladi. 2. Bo‘lish a’zolarining ayirilganlik qoidasi. Bo‘lish natijasida olingan sinflar ayirilgan tushunchalar bilan taqdim etilgan bo‘lishi, ya’ni bo‘linayotgan ko‘plikning birorta ham ob’ekti bir vaqtning o‘zida, bir nechta bo‘lingan a’zolarga mansub bo‘lmasligi kerak. Bitta tasniflash operatsiyasida bo‘lish mezonlarini, turli asoslarni aralashtirish natijasida xatolar paydo bo‘ladi. 3. Muayyan tasniflash operatsiyasi davomida bo‘lish asosini, uning mezonini o‘zgartirish mumkin emas. Bitta tasniflash protsedurasining o‘zida mezonni almashtirishga, shuningdek mezonning mujmal bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 4. Bo‘lish asoslari, yoki mezonlari, nafaqat sodda, balki, bir vaqtda o‘rganilayotgan ob’ektning bir nechta parametrlarini o‘z ichiga oladigan murakkab ham bo‘lishi mumkin. Ba’zan bitta alomatning o‘zi ko‘p ob’ektlarda uchraydi, lekin ularning har birida turli darajada yoki shakllarda tuslanadi. Boshqaruv tadqiqotida kombinativ tasniflash katta ahamiyat kasb etadi. Tasniflashni o‘tkazishda ko‘pincha tasniflash ob’ektlari, tasniflashning asosini tashkil etuvchi bir nechta teng ahamiyatli alomatlarga ega bo‘lishi mumkin. Bu holda matritsa tuzish yo‘li bilan ikkita ierarxik tasniflashni birlashtirish mumkin. Bu endi kombinator tasniflash bo‘ladi. Bunday tasnif turi boshqaruv tadqiqotida ko‘p ishlatiladi va u ancha foydali bo‘lishi mumkin, chunki muammoni turli tarafdan, turli rakurslarda ko‘rib chiqish, kompleks echimni topish imkoniyatini beradi. Ko‘rinishi o‘zgartirilgan alomatga ko‘ra bo‘lish dixotomiya deb ataladi. 65 Dixotomiyaning tadqiqotlar amaliyotida qo‘llanadigan eng sodda ko‘rinishi – bu ikki qismga ajratish: rasmiy va norasmiy boshqaruv, boshqaruvni tabaqalashtirish va birlashtirish va bosh. Tasniflashning alohida ko‘rinishi – turkumlash, ya’ni ob’ektlarni, ularning turkum, etalon yoki ideal namuna deb ataluvchi birorta namunaga o‘xshashligi asosida guruhlash. Turkumlash, tasniflashdan farqli ravishda, ajratilgan turkumlardan hech biriga mos kelmaydigan hodisalarning mavjud bo‘lishiga yo‘l qo‘yadi. Turkumlash, tasniflashga qaraganda ko‘proq universaldir. U istalgan tizimlashtirishlarning dastlabki operatsiyasi hisoblanadi. Tadqiqotda umumlashtirish yo‘llari ham muhim o‘ringa ega. Birinchi qaraganda ular oddiy bo‘lib ko‘rinadi, lekin haqiqiatda o‘rganilayotgan hodisalarni chuqur tushunishni talab qiladi. Ayrim hollarda ular yangi tushunchalarning paydo bo‘lishi va amaliyotga kiritilishi bilan bog‘liq. Umumlashtirish – bu mantiqiy operatsiya bo‘lib, u biror-bir hodisalar guruhi uchun ushbu hodisalar xossalarining umumiyligini, ular haqidagi yangi bilimlar darajasida aks ettiruvchi yangi, hajmi kengroq bo‘lgan tushunchaning topilishidan iborat. Har bir umumlashtirish asosga, hodisalarni guruhlash va ushbu guruhni birorta tushuncha bilan belgilash imkonini beradigan xossaga yoki xossalar yig‘indisiga ega bo‘lishi kerak. Masalan, boshqaruv fani va amaliyotida yaqinda paydo bo‘lgan “inson kapitali” tushunchasi inson rusurslari, kadrlar, xodimlarning xususiyatlarini, ishchilarning shaxsiy tavsiflarini, firmaning iqtisodiy muvaffaqiyatini kafolatlash, foydani oshirish, faoliyat yuritishni barqarorlashtirish, rivojlanishni tezlashtirish qobiliyati sifatida umumlashtiradi. Boshqaruv vaziyati ham, ularning har biri mustaqil ahamiyatga ega bo‘lgan, lekin birga qo‘shilib makonda va zamonda umumiylikni hosil qiluvchi barcha sharoitlarni umumlashtirishdan iborat. Rasmiy- mantiqiy tadqiqot usullariga, shuningdek induksiya va deduksiya kiradi. «Induksiya» atamasi uchta ma’noda qo‘llanadi: 66 xulosa chiqarishning induktiv shakli: ayrim predmetlar haqidagi bilimdan – ushbu sinfning barcha predmetlari haqidagi bilimga; bayon qilishning induktiv shakli: yagona dalillarni tavsiflashdan – umumiy bilimga; tadqiqotning induktiv usuli: yagona alomatlar, yagona predmetlarni tadqiq qilishdan – umumiy ahamiyatli alomatlarni topishga, predmetlarning butun sinfi haqidagi bilimga. Xulosa chiqarishning uchta induktiv shakli mavjud: to‘liq induksiya, ommabop induksiya, ilmiy induksiya. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling