Menejmentning tadqiqot usullari
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик (1)
Etarli asos qonuni quyidagi tarzda ta’riflanadi: har qanday haqiqiy fikr etarli
asosga ega. Qandaydir fikrning etarli asosi bo‘lib, istalgan boshqa fikr bo‘lishi mumkinki, undan zarurat bilan mazkur fikrning haqiqiyligi kelib chiqadi. Shunchaki asoslar emas, balki etarli asoslar zarurati bitta fikrning o‘ziga bepoyon ko‘p asoslar bilan asoslash mumkinligi bilan bog‘langan. Biroq ulardan faqat ayrimlarigina etarli sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin, agar ushbu fikr haqiqiy bo‘lsa. Va hech biri etarli bo‘lmaydi, agar ushbu fikr yolg‘on bo‘lsa. 60 Shunday qilib, etarli asos qonuni, tadqiqotda ishlatilayotgan istalgan fikr haqiqiy deb qabul qilingunga qadar asoslangan bo‘lishini talab qiladi. Biz biror narsani tasdiqlagan yoki biror narsaga ishontirgan barcha hollarda, biz o‘z fikrlarimizni isbotlashimiz, ilgari surayotgan qoidalarni tasdiqlovchi, asoslovchi etarli asoslarni keltirishimiz zarur; ushbu qonun, diqqat-e’tiborni fikrlarga jamlagan holda fikrlarning haqiqiyligini ajratib ko‘rsatishga, haqiqiysini yolg‘on fikrdan ajratib olishga hamda to‘g‘ri xulosaga kelishga yordam beradi. Amaliy vaziyatlarni tahlil qilishda insonlarning xulqi doim ham mantiqiy va asoslangan bo‘lib ko‘rinavermaydi, biroq bu uning motivlarga asoslanmaganligini anglatmaydi, shunchaki biz bu motivlarni bilmaymiz, xolos. Juda ko‘p hollarda buning ortida hali aniqlanmagan muammolar turadi. Vaziyatni tahlil qilish jarayonida muammoni turli usullar bilan qo‘yish va ta’riflash mumkin: tadqiqotlar ob’ektini atamalar, uning nomi yoki o‘ziga xos xususiyatlari bilan (boshqaruv xodimlari, unumdorlik faoliyatini motivatsiyalash va h.k.) tasdiqlash – biroq muammoni bunday qo‘yish diqqat-e’tiborni uning xususiyati va mohiyatini aks ettiruvchi ziddiyatda to‘plashga doim ham yordamlashavermaydi; savol orqali, bu muammoning mazmuni to‘g‘risida yanada aniq tasavvur hosil qilishga ko‘maklashadi, chunki savol – bu mulohaza ko‘rinishidagi aniq javobni olishga yo‘nalgan fikrlash shaklidir. Istalgan mulohazani biror savolga olingan javob sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Har qanday savol ikkita funksiyani: kommunikativ va tadqiqotchilik funksiyasini bajaradi. Savol esa tadqiqotchilik faoliyatida axborot qidiruv vositasi bo‘lib ham hisoblanadi. Tadqiqotchilik savolini to‘g‘ri qo‘yish prinsipiga muvofiq savolning asosiy qismi haqiqiy, shak-shubhasiz asoslarga tayanishi zarur. Noto‘g‘ri savollarning paydo bo‘lish sabablari turlicha. Bunga ham fikrlash tarzlari, ham muammoni ta’riflashga yuzaki munosabat, ham tadqiqotga vijdonan yondoshmaslik, va boshqalar kiradi. Savollarni ifodalash ko‘p darajada: vaziyatning mazmuni, yozish shakli, vaziyatni yozayotgan kishining psixologik maqsadlari va 61 hatto shaxsiy ishtiyoqlari bilan belgilanadi. Agar savollar muammolarning ko‘rinishlari bilan bog‘lanmagan, tashkilot faoliyatining qandaydir ikkinchi darajali jihatlariga taalluqli bo‘lsa, bu kelgusida tadqiqotning yolg‘on yo‘nalish olishiga, oqibatlarni sabablar deb tan olinishiga, noto‘g‘r i xulosalar va samarasiz echimlarga olib kelishi mumkin. Tasniflash va turkumlash usullarini ko‘rib chiqamiz. Tasniflash – bu hodisalarni, va demak, ularni tavsiflovchi tushunchalarni ham muayyan sinflarga ajratish bo‘lib, u hodisalarning o‘ziga xosligini, ularning turli- tumanligi, xossalari, aloqalari va tobeliklarini, umumiylik va xususiylikni ko‘rish hamda shu orqali ularning mohiyatini tushunish imkonini beradi. Tasniflashning ikkita turi mavjud: umumiyni bo‘lish va butunni taqsimlash. Umumiyni bo‘lish ayrim umumiy alomatlarga va ayni vaqtda farqlarga ega hodisalar to‘plamini bo‘lishni nazarda tutadi. Ularning umumiyligini mezonda, ularning farqlarini – mansublik guruhlarida aks ettirish mumkin, masalan, insonning jins tavsifi umumiylikni tavsiflaydi, jinsiy farqlanishi esa mansublik guruhini belgilaydi. Shu tarzda, ta’sir ko‘rsatish – insonga, ma’lum maqsadni ko‘zlab, ongli ta’sir etishdir. Ta’sir ko‘rsatishlarning butun turli-tumanligini kuchli va kuchsiz, doimiy va davriy, bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatish va hokazolarga ajratish mumkin. Ushbu guruhlarning har birini ajratish ancha muayyan mezonga ega. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling