Menejmentning tadqiqot usullari


Boshqaruv tadqiqotining maqsadlari, vazifalari, ob’ekti va predmeti


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/64
Sana30.10.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1735107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик (1)

 
1.2. Boshqaruv tadqiqotining maqsadlari, vazifalari, ob’ekti va predmeti 
Tadqiqot maqsadiga ko‘ra samarali qarorlarni ishlab chiqishga va 
ko‘zlangan natijaga erishishga mo‘ljallangan amaliy va ilmiy-amaliy (ta’limga 
oid) tadqiqotlar hamda istiqbolga, bilimlarni yangilashga, ta’lim darajasini 
oshirishga yo‘naltirilgan tadqiqotlar mavjud. 
Ilmiy tahlil apparati, ilmiy metodologiyaga qarab tadqiqotlar empirik 
xususiyatlarga ega, ya’ni asosan to‘plangan tajribaga va bevosita, eng yaqin 
natijaga tayanadigan hamda qonuniy tavsifdagi umumlashtirishlarga asoslangan 
ilmiy bo‘lishi mumkin.
Resurslardan foydalanishga qarab kamroq resurstalab va yuqori resurstalab 
tadqiqotlarvaqt omiliga ko‘ra esa – davomli va qisqa tadqiqotlar ajratiladi. 
Axborot ta’minoti mezoni ham muhim sanaladi, unga asosan tadqiqotlarni 
faqat ichki axborotlardan foydalanuvchi, hamda keng tashqi axborotlarni jalb 
qiluvchi, va shu sababli yanada asoslangan xulosalar chiqarish va yanada 
samarali tavsiyalarni ishlab chiqish imkoniyatini beruvchi nisbatan chuqur 
tadqiqotlarga bo‘lish mumkin. 
Va nihoyat, xodimlarning uyushqoqligi va ularni o‘tkazishdagi ishtirok etish 
darajasi bo‘yicha tadqiqotlar, individual yoki jamoaviy, o‘z-o‘zidan yuz 
beradigan yoki uyushgan tadqiqotlarga bo‘linadi. Mustaqil yozilgan vaziyatlarni 
tahlil qilishga asoslangan tadqiqotlar, o‘z xususiyatlariga ega bo‘lsada, amaliy 
jihatdan yuqorida ko‘rsatilgan turlardan istalgan biriga tegishli bo‘lishi 
mumkinki, ularning xususiyatlari aniq tadqiqotlar usullarini tahlil qilishda 
batafsil ko‘rib chiqiladi. Boshqaruvni takomillashtirish jarayoni doim 


11 
tadqiqotning u yoki bu turini tanlashni nazarda tutadi. Bu ko‘proq samara olishga 
imkon beradi. 
An’anaviy ravishda tashkilot yoki boshqaruv tizimi tadqiqotning ob’ekti
ushbu tizimda vujudga keladigan muammolar esa tadqiqotning predmeti bo‘lib 
hisoblanadi. 

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling