Menejmentning tadqiqot usullari
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик (1)
5. Belgilash, u quyidagi amallardan tashkil topadi:
tushunchalarni eksplikatsiya qilish (izohlash) - ya’ni qayta yozish – muammoni boshqa ilmiy yoki kundalik tilga o‘girish; tushunchalarni intimizatsiya qilish – muammoni ifodalashni so‘z orqali nozik farqlash va muammo ma’nosini to‘liq aks ettiruvchi tushunchalarni tanlash. Taklif etilayotgan prinsiplar va xatti-harakatlar ketma-ketligi muammolarning turli jihatlarini tavsiflaydi, lekin bunda hech bo‘lmaganda to‘la anglanmagan holda, muammo endilikda anglanmoqda, intuitiv ravishda tushunilmoqda va deyarli ifodalab bo‘lindi deb taxmin qilinayotganga o‘xshaydi. Biroq haqiqatda qandaydir asos, qandaydir negiz bo‘lishi kerakki, u bilan muammoni aniqlash yo‘nalishida ishlash zarur bo‘ladi. Boshqaruv vaziyati shunday asos bo‘lishi mumkin. Tadqiqotning xarakteri va tadqiqotchining tajribasiga qarab amallar va operatsiyalarning ketma-ketligi o‘zgarishi yoki ular birgalikda amalga oshirilishi mumkin. Muammo qo‘yilishining uchta darajasi mavjud: 1) muammo qo‘yilishining intuitiv shakli – bu holda muammoning markaziy masalasini qo‘yish bilan cheklanadi; 2) muammoning, xatti-harakatlar ro‘yxati mavjud bo‘lishiga qaramay, ko‘rsatilgan qoidalarga muvofiq, biroq ularga to‘liq amal qilish zaruratisiz qo‘yilishi; 14 3) muammo qo‘yilishining barcha amallari va uning tarkibiga kiruvchi operatsiyalardan ongli ravishda foydalanish. Bunday metodologiya tufayli tadqiqotni rejalashtirish va tadqiqotchi ishini tashkil qilish ta’minlanadi, lekin ayni vaqtda nima uchun aynan ushbu qoidalar to‘plamidan foydalanish zarurligi va ular qanchalik boshqaruv vaziyati bilan bog‘langanligi unchalik tushunarli emas. Shu sababli muallif, hali aniqlanishi zarur bo‘lgan muammoni emas, balki aynan boshqaruv vaziyatini tadqiqotning predmeti deb hisoblash maqsadga muvofiq va ko‘proq asoslangan deb hisoblaydi. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling