Mengboyev asliddinning jaxon svilizatsiyalari tarixi fanidan tayyorlagan
Download 131 Kb.
|
Qadimgi yunoniston madaniyati
ARXAIKA DAVRI MADANIYATI
Miloddan avvalgi VII-VI asrlar, ya‘ni antik quldorlik shahar-davlatlarining shakllanish hamda mustahkamlanish davri arxaik davri deb yuritiladi. ,,Arxaika" so`zi grekcha ,,arxayos" so`zidan olingan bo`lib ,,qadimgi" degan ma‘noni anglatadi. Arxaika davrida qadimgi yunonlar zudlik bilan O`rta Yer dengizi sohillarida o`rnashib oladilar. Shaharlar barpo etishib, Kichik Osiyo, O`rta Yer dengizi qirg`oqlaridagi davlatlar va ayniqsa, Misr bilan savdo-sotiq ishlarini olib boradilar. Ularning madaniyati bilan tanishadilar. Qadimgi Bobil va Misr madaniyati yutuqlaridan foydalanishib, o`zlarining takrorlanmas sanati asarlarini yaratadilar. Bu davrga kelib Greklarning siyosiy-iqtisodiy va madaniy ta‘sir doirasi O`rta Yer dengizi bo`ylari Marmar va Qora dengiz qirg`oqlarigacha kengayadi. Greklarning vatanparvarlik va milliy g`urur tuyg`usi shaxsiy manfaat tuyg`usidan ustun kela boshlaydi. Shu boisdan ,,fanlarning fani" sanalgan filosofiya, diniy e‘tiqod va san‘ati qaerda bo`lmasin va qaysi sharoitga tushmasin, yunoncha ruhini saqlab qolgan. Qadimgi yunonlar barcha yerda va har qanday holatda o`zlarining grek ekanliklarini, tashqi dunyoga ta‘sir qila oladigan, barcha mavjudotlardan aql jihatidan ustunlik qilishini unutmagan. Qadimgi yunonlar qo`shni davlatlar bilan amalga oshirgan madaniy aloqalari natijasida o`zlaridan boshqa barcha xalqlardan ustun turish hissiyotini uyg`ota olganlar. Bu hissiyot natijasida o`sha davr kishilari aql-bovar qila olmaydigan san‘atlarini yarata olganlar, bunyodkorlik ishlarini amalga oshirib, aqliy-ma‘naviy tafakkur mahsuli hisoblangan turli fan sohalariga asos solganlar, mukammal diniy-ahloqiy sistemani yuzaga keltirganlar. Greklardagi vatanparvarlik tuyg`usini shakllantirishda maktablarning roli beqiyos katta bo`lgan. Gretsiyaning har bir ozod fuqarosi bilim olish imkoniyatiga ega bo`lgan. Shu boisdan, Gretsiyaning turli shaharlarida maktablar tashkil etilgan. 7 yoshga tulgan har bir o`g`il bolaning maktabga qatnashi shart bo`lgan. Badavlat kishilarning 18 yoshga to`lgan farzandlari gimnaziyalarda o`qishni davom ettirganlar. Hunarmandlar va dehqonlarning farzandlari o`qish va yozishni bilish bilan chegaralangan. Arxaika davrida puxta o`ylangan arxitektura uslublari vujudga keladi. Bu davr me‘morchilik san‘ati shaharlarining qurilishi bilan bog`liq bo`lgan. Xudo va ilohiylashtirilgan qahramonlarga atab qurilgan ibodatxona oldidagi maydonlar shaharlarning muhim, ijtimoiy markazi hisoblangan. Bu maydonlarda muntazam ravishda xalq. yig`inlari va bayramlar o`tkazilib turilgan. Shaharlarning tepalik /akropol/ qismida polis /shaxar davlat/ning xaloskori hisoblangan ma‘budaga atalgan ibodatxona, akropol yonbag`rida asa turar-joy binolari qurilgan. Grek me‘morchiligida bir necha order /lotincha ,,ordo"-,,tuzilish", "tartib" degan ma‘nolarni bildiradi /ayniqsa, doriy va ion orderlaridan foydalanilgan. Doriy orderi Shimoldan ko`chib kelgan doriy kabilalari arxitekturasining asosiy elementi hisoblangan. Ioniya orderi esa, kichik Osiyo sohillarida yashagan qabilalar arxitekturasi uslubi hisoblangan. Ion orderi mil.avv. VII asr oxirlarida paydo bo`lgan va doriy orderidan o`zining nafisligi, bejirimligi hamda tag tomonidan tosh asosga qo`yilgan tagkursining mavjudligi bilan ajralib turgan. Ion orderida tarnovchali ustunning kapitel/muqarnas/ qismini ikki tomonga buralib turgan jingalak sochni eslatuvchi shakl tashkil etgan. Korinf orderi bir muncha kechroq-klassika davrida paydo bo`lgan. U ion va doriy orderiga nisbatan jimjimador va ko`rkam, kapiteli akanf daraxti barglaridan tashkil topgan buketni eslatadi. Qadimgi yunon arxitekturasining ana shu uchala Orderlari nafaqat antik dunyo arxitekturasida, balki Uyg`onish va yangi davr Yevropa me‘morchiligida ham keng qo`llanilgan va rivojlangan. Taxminan er.avv. VII asrga kelib, grek monumental haykaltaroshligi taraqqiy etadi va unga o`ziga xos haykaltaroshlikda haykalning bo`shlikdagi ko`lami, ya‘ni joylanishi, a‘zolarining mutanosibligi va harakatning tabiiyligi kabi uch ulchovga qatiy amal qilish asosiy tamoyilga aylanadi. Dastalbki haykallar turli musobaqalar g`oliblari sharafiga yaratilgan bo`lib, dastlab stadionlar va gimnaziyalar hovlilariga o`rnatilgan. Bu davr haykaltaroshligida odam gavdasini alohida tasvirlash bilan birga, voqealarni aks ettiruvchi kompozitsiyalar, masalan olishuvlar ko`rsatiladi. Qadimgi yunon pahlovonlari Persey va Gerakllarning qahramonliklariga, xudolar hamda gigantlar jangiga bag`ishlangan kompozitsiyali haykallar ana shu davrda yaratilgan. Greklarning polis-shahar-davlat fuqarosi to`g`risidagi tasavvurlari kiyimsiz holda tasvirlangan kuroslar - yigitlar obrazida namoyon bo`lgan. Dastlabki yaratilgan kuroslar haykallari kam harakat va birmuncha qotib qolgan tarzda tasvirlangan bo`lsa, keyinchalik kuch va jasoratni aks ettiruvchi san‘at asariga aylana borgan. Gavda, tana, bosh, qo`l, oyoq nisabatlari to`g`ri olina boshlangan. Arxaika davri plastikasining kiyimda tasvirlangan qizlar -qoralar haykalida namoyon bo`ladi. Qoralar haykallari o`zining his-tuyg`uga boyligi, ayollarga xos latofat, iffat va nazokatni ifoda etganligi bilan ajaralib turgan. Kiyimlarning jimjimali va buklanib turishlari, ularga hamohang bo`lgan sochlarning taralishi haykallarning tabiiyligini yanada oshirgan. Kuroslar va qoralar haykallariga jamlangan go`zallik va ulug`vorlik qadimgi greklarning ahloqiy ideali to`g`risidagi tasavvurlarini ifodalagan. Qadimgi yunonlar o`z shaharlari, ibodatxonalari, saroylari va turar-joylarini turli hil haykallar bilan bezashga harakat qilganlar. Haykallarni yog`och, marmar va bronzadan yasaganlar. So`ngra inson tanasi rangida bo`yaganlar yoki fil suyagi bilan qoplaganlar. Yunon haykaltaroshlari birinchi bo`lib haykalga inson tanasining tabiiy ko`rinishini berishga e‘tibor berganlar. Mil. avv. VII asr oxiri va VI asr boshlarida grek san‘atida realistik tasvirga intilish yanada kuchayadi. Tasviriy san‘at asarlarida insonparvarlik g`oyalari ko`zga tashlana boshlaydi. Insonni ham ma‘naviy, ham jismoniy jihatdan takomillashtirish san‘atning asosiy maqsadiga aylanadi. Inson obrazining madh, otilishi, ichki kechinmalarining tashqi qiyofada ifodalanishi qadimgi yunonlar harakterining shakllanishiga yordam beradi. Mil. avv. VII asrning boshlariga kelib Ellada tuprog`ida shaxsiy xis-tuyg`ular va ichki kechinmalarni, sevgi muhabbat va hayot quvonchlarini ifodalovchi lirik poeziya maydonga kelgan. Lirik pozziyaning vujudga kelishi Elladaning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotidagi tub o`zgarishlar bilan chambarchas bog`liqdir. ”Lirika” so`zi o`sha davr yunon musiqa asboblarining ,,shohi" deb hisoblanuvchi lira musiqa asbobi nomidan olingandir. Chunki, she‘riy asrlar ana shu lira asbobi jo`rligida deklamatsiya qilingan. Mashhur Arxilox qadimgi yunon lirikasining asosichilaridan biri bo`lib, keyingi davr lirik asarlarning rivojlanishga kuchli ta‘sir ko`rsatgan va she‘riy qofiyaga asos solgan. Lirik poeziyaning rivojiga ulkan hissa qo`shgan mashhur shoira Sapfo esa maktab ochib, yosh qizlarni musiqa, ashula, raqs hamda she‘r to`qishga o`rgatadi. Qadimgi shahar madaniyatining rivojlanishi savdo-sotiq va hunarmandchilikning taraqqiy etishiga olib keladi. Shaharda maxsus bilim va kasb bilan shug`ullanuvchi kishilar guruhi paydo bo`lgan. Bu guruh vakillari insonni qurshab turgan tashqi dunyo to`g`risida boshqacha fikr yurita boshlaganlar. Bu holat mil. avv. VII -VI asrlarga kelib yunon falsafasida yangi bir yo`nalish - sodda materialistik falsafaning paydo bo`lishiga olib kelgan. Bu ilk falsafiy tafakkurlar stixiyali yoki sodda materialistik falsafa hisoblanadi. Sodda materialistik falsafa vakillari tashqi olam, unda joylashgan narsalar va hodisalarning asosiy manbai. kelib chiqish sabablarini aniqlashga intilganlar. O`zlarining falsafiy fikrlarini ilgari surishlarida sharqda mavjud bo`lgan falsafiy tafakkurga suyanadilar. Agar dastalbki yunon falsafasining shakllangan geografik o`rniga e‘tibor bersak, u qadimgi Gretsiyada emas, balki uning tasarrufidagi Kichik Osiyo - Ioniyada vujudga kelganligini ko`ramiz. Ioniya (O`rta Yer dengizining sharqiy hududlari, hozirgi Turkiyaning O`rta Yer dengizi qirg`oqlari) geografik qulay joyda, hunarmandchilik va savdo-sotiq dastlab paydo bo`lgan hudud hisoblanib, Eron shohlarining Kichik Osiyoni bosib olganlaridan so`ng Sharq bilan madaniy-iqtisodiy aloqalari kuchayib ketgan. Natijada Sharq madaniyati, sharq falsafiy tafakkuri Ioniya hududida keng tarqala bordi. Ikkinchi tomondan Ioniya zardushtiylik dini tarqalgan Midiya davlati bilan ham iqtisodiy-madaniy aloqa qilib turgan. Demak, Eron va Midiyada keng tarqalgan zardushtiylik dini, uning kosmogonik (olamning paydo bo`lishi va tuzilishi to`g`risidagi) tasavvurlari Ioniyaning madaniy-iqtisodiy jihatdan rivojlangan Milet va Efes kabi shaxarlarida keng tarqalgan bo`lishi ehtimoldan uzoq emas. Milet va Efes falsafa maktablarining vakillari Fales, Anaksimandr, Anaksimen va Geraklitlar falsafiy tafakkuri asosida dunyoning moddiy asosi va uni tashkil etuvchi elementlar (unsurlar) tushunchasi markaziy o`rilni egallaydi. Ularning olamning asosini tashkil etuvchi elementlar-suv (Fales), nomuayyan modda-appeyron (Anaksimandr), havo (Anaksimen), olov ( Geraklit) to`g`risidagi fikrlari zardushtiylik ta‘limotida e‘zozlangan asosiy elementlar (suv, tuproq, havo va olov) bilan bir xildir. Milet va Efes falsafa maktablari vakillari sharq falsafiy tafakkuriga asoslanishib, olamning asosi moddiy elementlardan tashkil topganligini isbotlashga harakat qiladilar. Masalan, Milet falsafa maktabining asoschisi astronom, fizik, matematik va faylasuf Fales (mil. avv. 624-574 yillar) suv barcha narsalarning moddiy asosi deb hisoblaydi, ya‘ni barcha narsalar suvdan kelib chiqqan va yana suvga aylanadi-. shuningdek Fales dunyoning jonli va ilohiyligi to`g`risidagi fikrni ham ilgari suradi. Jonni esa nozik modda - efirdan iborat deb qaraydi. Download 131 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling