1-bola : Tez yordam mashinasini rangli qog`ozdan yasashni o`rgandik.
2-bola : Tez yordam mashinasini rasmini chizdik
Tarbiyachi : Kim shofokor bo`lmoqchi ?
Bolalar javobi
Tarbiyachi : shifokor nimalar bilan shug`ullanadi?
1-bola : tishimiz og`risa davolaydi.
2-bola : issig`imizni o`lchaydi.
Tarbiyachi: Bolajonlar biz sizlar bilan transport turlari bilan tanishdik va ular haqida bilimlarga ega bo`ldik. Piyodalar harakati, shoshilinch harakat xizmatlari haqidagi tushunchalarga ega bo`ldik.
Tarbiyachi : Kelinglar bolajonlar endi shifokor o`yinini o`ynaymiz.
70-mavzu: O`zbek xalq idishlari
Maqsad: bolalarni xalq amaliy san`ati bilan tanishtirish, milliy naqshlar haqidagi bilimlarini boyitish bilan birgalikda qo`l matorikasini yaxshilash ijodkorlik ruhini shakllantirish, ro`zg`ordagi idishlar bilan tanishtirish, jamoa bo`lib ishlashga , o`zi bajargan ishlardan zavqlana olish hissini uyg`otish. O`zbek milliy san’atiga nisbatan mehr-muhabbatinin oshirish, to`g`ri va to`lqinsimon naqsh turlarini chizish malakasini mustahkamlash.
Kerakli jihozlar: idish rasmlari, turli naqshlar na’munasi
Mashg`ulotning borishi:
Tarbiyachi : Bugun sizlarga topishmoq aytaman.
Ro`parade turibti
Yuzi dumaloq lo`ppi
Bir qulog`I bor, bir burni
Boshiga kiygan do`ppi
Bolalar javobi : (Choynak)
Tarbiyachi : yana bitta topishmoq aytaman
Ona – bola yemas-ichmas
Dasturxondan nari ketmas
Bolalar javobi: (Choynak piyola)
Shu payt eshikdan Zumradoy va Qimmatoylar kirib keladi.
Bolalar salomlashadi
Tarbiyachi : Bolalar guruhimizga mehmonlar tashrif buyurdilar uymizga mehmon kelsa nima qilamiz?
Bolalar :
Tarbiyachi: kelinglar biz ham mehmonlarni dasturxonga taklif etamiz buning uchun nima qilish kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |