Mening jonajon O`zbekistonim
Tabiat va fan markazida tarbiyachi
Download 291.41 Kb.
|
Mening jonajon O`zbekistonim-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 67-Mavzu : “Yong`in xavfsizligi” mavzusida suhbat Maqsad
- Kerakli jihozlar
Tabiat va fan markazida tarbiyachi
Mening bilimdonlarim rasmdagi nima narsa ? (Bolalar jo`r ovozda shaker deydilar) Keyingi rasmni ko`rsa (Bolalar tarozi deydilar) Qarang aziz bolajon, shakarni qanchaligin qanday bilay qaqajon ? (Hammalari birgalikda tarozida o`lchab deydilar) tarozida nelar bor aytib bergin Saidjon (Saidjon: deydi – “ikki pallasi bordur sotuvchiga dastyordur” deydi) tarbiyachi bolajonlarga “Tarozini boshi har bir ishining boshi” deb aytadi (Bolalar bu momolar o`giti deydi bilag`on bolalar) 67-Mavzu : “Yong`in xavfsizligi” mavzusida suhbat Maqsad : Bolalarni yong`in xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirish va insonlarni xavf-xatarlardan muhofaza qilayotgan tashkilotlari haqida tushuncha berish. Kishilarning hayotlari, mol-mulklari xavf ostida qolishiga nimalar sabab bo`lishi haqidagi tushunchalarga ega bo`lish. O`t o`chirishda zamonaviy asbob-uskunalar, ularning bevosita vazifalari bilan tanishtirish. Hayot xavfsizligi haqidagi tushunchalarni takomillashtirish. Kerakli jihozlar: Mavzuga oid rasmlar, suv, qum va yomg`ir xavfsizligi bo`yicha tarqatma materiallar. Markazlar : Fan va tabiat markazi. Faoliyatning borishi : Tarbiyachi : Aytinglarchi bolajonlar yong`in xavfsizligi deganda nimalarni tushunasiz. Bolajonlar javobi : Tarbiyachi : bolalar olov deganda nimani tushunasiz ? Bolalar javobi: Tarbiyachi : to`g`ri bolajonlar olov issiqlik, yorug`lik demakdir. Shu bilan birga olov xalokat, kulfat, hamdir. Ota-bobolarimiz olov bilan extiyotkorlik bilan foydalanishga harakat qilishgan. Lekin olov har doim ham insonlarga itoat qilmagan ularning boshiga kulfatlar solgan. Keyinchalik yong`in saqlash hizmatlari tashkil qilingan. O`t o`cherish xizmati uchun “01” raqami joriy qilingan. Hozirda zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihoxlangan. Men sizlarga o`t o`chirish modulini ko`rsataman. Bolalarning e’tiborini uning rangiga, asbob-uskunalariga qaratadi. Yoritgich, o`t o`chirish shlangni nima uchun kerakligi haqida tushuntirib beradi. Tarbiyachi : bolalar o`yinchoq mashinasini ko`rib chiqqandan so`ng o`t o`chiruvchi hodimning, maxsus kiyimda turgan suratini ko`rsatadi. Bolalar o`t o`chiruvchining ust-boshiga diqqat bilan qarashini taklif etadi. O`t o`chiruvchilarning ustidagi po`lat qalpog`idan qaysi vaqtida qanday foydalanishlari haqida tushuntirib beradi. Tarbiyachi: bolalar sizlar nima deb o`ylaysizlar yong`in nimalardan kelib chiqadi. Bolalar javobi: kattalarni e’tiborsizligidan, gugurt o`ynashdan, gazlarni ochiq qolishidan. Tarbiyachi: to`g`ri bolajonlar. Shuning uchun bor imkoniyatimizni ishga solib yong`in chiqishlkarini oldini olaylik. Endi sizlarga “O`t o`chiruvchi” she’rini aytib beraman. Eshiting o`g`il-qizlar, Judayam yaxshisizlar. O`ynamanglar o`t bilan, O`ynamanglar gugurt bilan. Degan gaplarni eslang, Tag`in bir so`z bor sizga. Tushuray esingizga, “01” ga qilsak habar. U bola mard bo`ladi, Ko`pning ko`ngli to`ladi. Tilagi omonlikdir, Ashi qahramonlikdir. Niyyatimiz eng katta, Ko`pga ma’qul albatta. Obod bo`lsin keng jahon, Yoqilmasin hech qachon. Urushlarning olovi Topilsin yo`l qolovi Endi bolajonlar sizlar bilan “O`t o`chiruvchi mashq” da harakatli o`yinini o`ynaymiz. O`yin o`ynatib Faoliyatyakunlanadi. Mashg`ulotda faol ishtirok etgan bola rag`batlantiriladi. Download 291.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling