Bilmasvoy:
Salom bolajonlar
Bolalar:
Assalomu alaykum
Bilmasvoy:
Vaalaykum assalom yaxshimisizlar, men hech ham tushunmadim bu yerda sizlar nimalarni o`rganasizlar.
Tarbiyachi:
Bilmasvoy siz manabu yerda o`tirib mashg`ulotimizni kuzating bilib olasiz.
Bolalar hozir qanday fasil
Bolalar javobi: Qish
Tarbiyachi: qishda havo qanday bo`ladi?
Bolalar: Sovuq
Tarbiyachi: Qishda nima yog`adi?
Bolalar: Qor
Tarbiyachi: Biz qishda qanday kiyimlar kiyamiz?
Bolalar: Issiq kiyimlar
Tarbiyachi: Bugun sizlar qanday ustboshlar kiyib keldingiz?
Bolalar: Palto`, shapka, etik, qo`lqop
Tarbiyachi: Bilmasvoy bugun siz qanday ustbosh kiyib keldingiz?
Bilmasvoy: Voy men fudbolka bilan kelibman
Tarbiyachi: Bilmasvoy sen shuning uchun sovuqqotgansan
Bilmasvoy: Oyoq kiyimlarim ham yuqqa
Tarbiyachi: Bilmasvoy bizni senga savolimiz bor.
Hozir eshikda qor yog`yapti qor bo`ron o`ynash uchun qanday kiyimlar kiyiladi?
Bilmasvoy: Jemper, tapichka, sho`rtik
Tarbiyachi: Bolajonlar bilmasvoyni javobi to`g`rimi?
Bolajonlar: noto`g`ri
Tarbiyachi: Bilmasvoy sen savolimiz to`g`ri javob bera olmading endi bu savolimizga Oyatillo o`g`lim javob beradi.
Oyatillo: Palto`, shapka, qalin shim, etik, qo`lqop, sharf.
Tarbiyachi: Barakalla Oyatillo judayam to`g`ri javob berding.
Tarbiyachi: Bolalar kelinglar hozir bilmasvoy bilan birgalikda ajoyib haltacha o`yinini o`ynaymiz.
Tarbiyachi: Bimasvoy sen manabu haltachani ushlab undagi bornarsalarni olib ko`rsatasiz bolalar javob beradi.
Guruhimiz bolalarini ikki guruhga bo`lib nomlab olamiz.
“Epchillar” va “Chaqqonlar”
Do'stlaringiz bilan baham: |