Mening jonajon O`zbekistonim
Download 291.41 Kb.
|
Mening jonajon O`zbekistonim-fayllar.org
1-bola: Har kimki vafo qilsa vafo topqusidir
Har kimki jafo qilsa jafo topqusidur Yaxshi kishi ko`rmagay yomonlig` argiz Har kimki yomon bo`lsa, jazo topqusidir 2-bola: Charxning men ko`rmagan jabru jafosi qoldimu Xasta ko`nglim chekmagan dardu balosi qoldimu Meni xor etti-yu qildi muddaini parvarish Dahri dunparvarning o`zga muddaosi qoldimu 3-bola: Tod etmas emish kishining g`urbatda kishi Shod etmas emish ko`ngilni mehnatda kishi Ko`nglim bu g`ariblikda shod bo`lmabdi-oh G`urbatta sevilmas albatta kishi Mana bolajonlar Bobur ruboiylaridan ham o`rganib oldik. Endi go`zal Andijonimizga sayohat qilamiz. Andijon deganda ko`z oldimizda Bog`ishamoldagi Bog`i-Bobur maskani va u yerdagi Z.M. Bobur hamda muzeyi namoyon bo`ladi. Andijonda yashab turib bu maskanga bormagan inson bo`lmasa kerak. U yerda sayoxat qilish dam olish va o`ynash uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Bundan tashqari shahrimizda juda katta o`zgarishlar, qurilishlar va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Shunga javoban biz bolajonlar buyuk ajdodlarimizga munosib avlod bo`lishga, ona yurtimizni asrab-avaylashga harakat qilishimiz kerak. Yuragimni ardog`isan jon Andijonim Jannat yurtim ko`ksidagi duru-marjonim Beshik bo`lding qancha-qancha iste’dodlarga Ijod chashma bulog`isan ko`hna oshyonim. Zaxiriddin Muhammad Bobur – andijon farzandi. Shuning uchun ham Andijon xalqi Boburni chuqur hurmat va ehtirom bilan tilga oladi. Andijonda bobur xotirasini abadiylashtirish uchun Bobur jamg`armasi tashkil etilgan. Unga Z. Mashrabov rahbarlik qiladi. Shaharning qoq markazida Bobur maydoni tashkil etilib unda adib haykali o`rnatilgan. Bog`ishamol dahasida Bog`I Bobur muzeyi tashkil etilgan. Qobul shahridagi Boburning qabridan tuproq keltirilib, Bog`i Boburda adibning ramziy qabri o`rnatilgan. Andijon Davlat universiteti, Andijon viloyat markaziy kutubxonasi, ishlab chiqarish korxonalari, ko`plab ko`chalar Z.M. Bobur nomi bilan ataladi. Shoirlarimiz Bobur dardlarini unga hamohang tarzda kuylashmoqdalar. Qalbimda firoqing dardi ketmadi Ohim ko`kka yetdi, senga yetmadi Tuprog`ingni o`pib, ey Andijonim Bag`ringda o`lmoq ham nasib etmadi. Download 291.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling