62-Mavzu: Buyuk alloma Ibn Sino.
Maqsad: Ibn Sino mevalar va sabzavotlarning shifobaxshligi, hususiyatlaridan bemorlarni davolashga samarali foydalanganligini tushuntirish.
Tarbiyachi: Kelinglar bolajonlar Ibn Sino bobomizning ibratli so`zlaridan aytamiz.
1-bola: Chang meva yema, sog`liqdan kechma
2-bola: Yeb bo`lib ovqat, yugurma faqat
3-bola: Darsdning og`rig`I bu – tish og`rig`idir
4-bola: Sog`lom bo`lay desang ozoda yur
5-bola: Agar chang va g`ubor bo`lmaganda edi, inson ming yil yashardi.
Tarbiyachi: Ko`rdingizmi bolajonlar ushbu ibratli so`zlarga amal qilsak hech qachon kasal bo`lmaymiz.
Bundan tashqari Ibn Sino bobomiz o`limi oldidan shogirdlariga shunday degan ekan: “Men o`zimdan keyin 5 ta shogird qoldiryabman”
Qani bolajonlar ularni navbat bilan aytamiz.
1-bola: birinchisi – tozalik
2-bola: ikkinchisi – parhez
3-bola: uchunchisi – badantarbiya
4-bola: to`rtinchisi va beshinchisi- kayfiyatdir.
Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar
Syujetli-rolli o`yinlar va drammalashtirish.
Tarbiyachi: Ibn Sino bobomiz tabiblik qilish bilan birga kitob o`qishni va to`plashni yaxshi ko`rgan. Buni biz “Ibn Sino va kitoblar” rivoyatidan ham ko`rishimiz mumkun.
Kunlarning birida bir Podshoh og`ir betob bo`lib qoladi. Uni davolatish uchun Ibn Sinoning oldiga olib kelishadi
Podshoh: husayn betob bo`lib qoldim. Meni faqat sen davolay olar ekansan.
Ibn Sino: Xo`p bo`ladi podshohim, men harakat qilib ko`ray.
Podshoh: Agar meni davolasang senga istaganingcha boylik beraman.
Ibn Sino: Menga hech qanday boylik kerak emas.
Ibn Sino podshohni turli giyoxlar yordamida davolabdi.
Podshoh: Sen meni davolading, endi tilagingni ayt.
Do'stlaringiz bilan baham: |