Kerakli jixozlar: “101”, “102”, “103”, “104” kasb egalarining tanishtiruvchi ko`rgazmali qurollar , suratlar, o`ynash uchun zarur bo`lgan buyumlar.
Markazlar: “Shifoxona”, “Oshxona”, va “O`yin va o`yinchoqlar” burchaklari.
Faoliyat markazi:
Tarbiyachi: Aziz bolajonlar, bugun sizlar bilan qiziqarli o`yin o`rganamiz. Hozir biz hamkorlikda ishlash uchun guruhlarga bo`linib olamiz. Buning uchun mana bu yerdagi shakl bo`laklarini olamiz va ularning qismlarini birlashtiramiz. Hosil bo`lgan raqamlarni olib, shu raqamlar qo`yilgan stullarga o`tiramiz. Hamma o`z joyini egalladimi.
Bolalar javobi: Ha (bolalar tayyorlab qo`yilgan stullarga joylashadilar).
Tarbiyachi: Bolalar, guruhlarda ishlash uchun “Oltin qoidalar”ni eslab olamiz.
Bolalar javobi: 1-mashg`ulotda yaxshi o`tiramiz. 2-diqqat bilan quloq solamiz. 3-savollarga to`g`ri javob beramiz. 4-do`stlarimizga ko`maklashamiz. 5- mashg`ulotda faol ishtirok etamiz.
Tarbiyachi: Barakalla bolalar, qaranglar, stolmizda nimalar turibdi? “101” raqami nimani anglatadi? – Yong`in xavfsizlik xizmatini. “102” raqami nimani anglatadi? – Militsiya xizmatini. “103” raqami nimani anglatadi?- Tez yordam xizmatini. “104” raqami nimani anglatadi?- Gaz xizmatini.
Tarbiyachi: Ularda qanday kasb egalari ishlaydilar? Ular qanday vazifalarni bajarishadi? (tarbiyachi kichkintoylar fikrini umumlashtiradi va hamkorlikda ishlashning ahamiyatini tushuntiradi).
Tarbiyachi: Bolajonlar, bugun guruhimizga biz tanishayotgan kasb egalari mehmon bo`lib kelishgan. Hozr ular bilan suhbat o`tkazamiz. (navbat bilan kasb egalari o`z kasblari haqida gapirib beradilar).
Tarbiyachi: bolajonlar, bugun sizlar meni juda ham hursand qildingiz. Buning uchun sizlarni shirinlik bilan siylayman. (Bolalarga konfetlar tarqatiladi. Kichkintoylar konfet qog`ozlariga qarab juftlikka bo`linib olishadi. Har bir juftlik hayotimiz uchun xavfli bo`lgan buyumlarni tasvirlab beradi. Tarbiyachi bolalar tomonidan tayyorlagan rasmlar ko`rgazmalarini tashkil etadi va bolalarga hayotga xavf-xatar tug`diradigan ashyolarning juda ko`pligini va ulardan hayotda to`g`ri foydalanish qoidalarini tushuntiradi).
Do'stlaringiz bilan baham: |