Tarbiyachi: (bolalarni yarim doira shaklida o`tkazib oladi). Bolajonlar, endi sizlar bilan “Men uchun juda qiziq” o`yinini o`ynaymiz. (tarbiyachi bolalarga koptokni otib, “Sizga nima eng qiziq bo`lib tuyuldi?”-deb navbat bilan so`raydi. Bolalar javobini umumlashtiriladi. Kichkintoylar tarbiyachi tomonidan rag`batlantirilib, Faoliyatyakunlanadi).
22-Mavzu: “Yong`in xavfsizligi” mavzusida suhbat
Maqsad: Bolalarni yong`in xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirish va insonlarni xavf-xatarlardan muxofaza qilayotgan tashkilotlari haqida tushuncha berish. Kishilarning hayotlari, mol-mulklari xavf ostida qolishiga nimalar sabab bo`lishi haqidagi tushunchalarga ega bo`lish. O`t o`chirishda zamonaviy asbob-uskunalar, ularning bevosita vazifalari bilan tanishtirish. Hayot xavfsizligi haqidagi tushunchalarni takomillashtirish.
Kerakli jixozlar: Mavzuga oida rasimlar, suv, qum va yong`in xavfsizligi bo`yicha tarqatma materiallar.
Markazlar: fan va tabiat markazi
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Aytinglarchibolajonlaryong`in xavfsizligi deganda nimalarni tushunasizlar.
Bolalar javobi:
Tarbiyachi: Bolalar olov deganda nimani tushunasizlar?
Bolalar javobi:
Tarbiyachi: To`g`ri bolajonlar olov issiqlik, yorug`lik demakdir. Shu bilan birga olov xalokat, kulfat hamdir. Ota-bobolarimizolovdan extiyotkorlikbilan foydalanishga harakat qilishgan. Lekin olov har doim ham insonlarga itoat qilmagan ularning boshiga kulfatlar solgan. Keyinchalik yong`in saqlash xizmatlari tashkil qilingan. O`t o`cherish xizmati uchun “101” raqami joriy qilingan. Hozirda zamonaviy asbob uskunalar bilan jixozlangan. Men sizlarga o`t ochirish modulini ko`rsataman. Bolalarning e’tiborini uning rangiga, asbob uskunalariga qaratadi. Yoritgich, o`t o`cherish shlangi nima uchun kerakligi haqida tushuntirib beradi.
Tarbiyachi: Bolalar o`yinchoq mashinasini ko`rib chiqqanlaridan so`ng, o`t o`chiruvchi hodimning, maxsus kiyimda turgan suratini ko`rsatadi. Bolalar o`t ochiruvchining usti-boshiga diqqat bilan qarashni taklif etadi. O`t o`chiruvchilarning ustidagi po`lat qalpog`idan qaysi vaqtda qanday foydalanishlari haqida tushuntirib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |