Tarbiyachi: Bolalar bobomizning mard, jasurligi mavx etuvchi she’rlarini aytamiz.
Bola: Kirob yulduzi kabi
Porlab tarix saxnida
Siz buyuk ajdodimiz
Mard va jasur aslida
Tarbiyachi: Barakalla siz bugun o`zligingizni buyuk sarkarda syujeti soxibqron Amur Temurning haqiqiy ajdodlari jamlanganligingizni nomoyon etdingiz, bobolarimiz izidan Temurbeklar bo`lib ulg`aying mard va jasur bo`ling.
Bolalar: Mard va jasur bo`lamiz
Yurtga xizmat qilamiz
Yovlarni keltirmaymiz
Vatanni qalqonimiz
Faoliyatyakunida tarbiyachi bolalarni hammasini yaxshi so`zlar bilan rag`batlantiradi.
48- Mavzu: Baxorgi tomchilar
Maqsad: Bolalarga atrof olam haqida bilim va tasavvurlarini boyitish ularning mantiqiy tafakkurini lug`aviy boyligini oshirish, tabiat xodisalari va ularni mehnatdagi ahamiyati haqidagi qiziqishlarini oshirish sayoxat va o`yinlar orqali bilimlarini mustahkamlash. Bolalarga suhbatda faol ishtirok etish, tinglash,o`rtoqlari javobini bo`lmaslik, bir-biriga o`zaro xurmatini tarbiyalash.
Kerakli jixoz va materiallar: Bahor fasliga oid rasimlar, tabiat hodisalari aks ettirilgan rasmlar, tabiat mo`jizalari haqidagi video roliklar, rag`bat tasmalar.
Faoliyatning borishi: “Davomini ayt”, ta’limiy o`yin orqali faoliyatni boshlash va quyidagi savol javoblarini o`yin orqali o`tkazish.
Tarbiyachi: bolalar o`lkamizga qaysi fasl tashrif buyurdi
Bolalar javobi:
Tarbiyachi: Baxor faslida kunlar qanday bo`ladi.
Bolalar javobi:
Tarbiyachi: Baxor faslida qanday bayramlarni nishonlar ekanmiz
Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar
Bolalar baxor fasli kelishi bilan dalalarda dexqonlar mexnati boshlanadi. Baxorning ilk kunlaridan boshlab dehqonlarimiz yerga ishlov berib, milliy boyligimiz bo`lgan paxta ekini, sabzavot ekinlarini ekish uchun xozirlik ko`radilar. Qishning qorlari yerdan baxorning tafti kelishi bilan eriy boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |