Mening jonajon O`zbekistonim
Download 291.41 Kb.
|
Mening jonajon O`zbekistonim-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bolalar javobi
E’tiborga molik jixat: Tarbiyachi bilan bilan birga qisqa hikoya tuzishga o`rganadilar.
Kerakli jixoz va materiallar: O`yinchoqlar, yuk mashinasi, oq va qora ayiqchalar, echki, turli kattalikdagiarchalar, qo`g`irchoqlar (o`g`il bola va qiz bola). Faoliyatning borishi: Bugun sizlar bilan o`yinchoq va uning ixtirochilari haqida gapirib o`tamiz. O`yinchoqlar qadim zamonlarda Xamri buva tomonidan yaratilgan o`yinchoqlar bo`lgan. Hozirgi ma’lumotlarga qaraganda yer yuzidagi eng ko`p tayyorlanadigan o`yinchoqlar Xitoyning zimmasiga to`g`ri keldi. Yanada aniqroq aytadigan bo`lsak, million turdagi o`yinchoqlarni tayyorlash uchun qancha ishchi kuchi kerak eklanligini tasavvur eta olamiz? Balki bu cheksiz ishlab chiqarilish jarayonida qandaydir texnologiya yoki robotlar ishtirok etadi, deb o`ylashingiz mumkun. Ammo bunday emas. O`yinchoqlarning barini odamlar qiladi. Ularning hammasini qo`l mehnatida bajariladi. Tarbiyachi xonaga o`yinchoqlar solingan yuk mashinasini olib kiradi (ayiqcha, echki, qo`g`irchoqlar, archalar solingan). Qaranglar, mashinada qanday o`yinchoqlar olib kelibman? Bolalar javobi: To`g`ri, ayiqchalarni, echkini va archalarni olib keldim. Siz bu o`yinchoqlarni o`ynashni yaxshi ko`rasizmi? Bular nima? To`g`ri ayiqchalar. Bitta archa qanday rangda (oq). Boshqa archa qanday rangda? (qora). Ayiqchalar qanday qichqiradi? (eeee). Said, oq ayiqcha qanday qichqiradi? Ko`rsat-chi? (Tarbiyachi o`yinchoqni bolaning qo`liga beradi). Qora ayiqcha qanday qichqiradi? Mana bular nima? (Archalar). Qaranglar-chi hamma archalar bir xilmi? Mana bu archalar baland, bular-chi, qanday? To`g`ri, ular past, keyin tarbiyachi ikki bolani chaqiradi va bittasiga stul ustiga baland archalarni, ikkinchisiga past archalarni qo`yishini buyuradi. So`ngra tarbiyachi o`g`il va qiz qo`g`irchoqlarni oladi va “Qizning ismi E’tibor”, deydi. Qizning ismi nima ekan? (umumiy va yakka-yakka javoblar). Bolaning ismi Erkin. Uning ismi nima ekan? (umumiy va yakka-yakka javoblar). Qaranglar-chi, mashinada qanday o`yinchoq kelibdi? (echki). Echki qanday maraydi? (mee). Keyin tarbiyachi bolalarning uylarida qanday o`yinchoqlari borligini so`raydi. Kam faol bolalarni faollashtirish uchun ularga savollar bilan murojat qiladi. Doniyer, sen qaysi o`yinchoqlar bilan o`ynashni yaxshi ko`rasan? Lola, sening o`yinchog`ing qaysi? O`yinchoqlar nima uchun kerak? va x.k Tarbiyachi bolalarga o`ynashni taklif qiladi: Sizlar hammangiz ayiqchalar bo`lasiz, men ona ayiq bo`laman. Mana, ayiqchalar inlaridan chiqib, sayr qilishga ketdilar. Ular o`rmonda yuradilar va “eee” deb qichqiradilar. (bolalar xona bo`ylab yuradilar va “e” tavushini talaffuz qiladilar). Tarbiyachi “Ayiqchalar sayr qilib bo`ladilar va inlariga ona ayiq oldiga keladilar” – deydi. Bolalar o`z joylariga o`tiradilar. Kelinglar, bolalar ayiqcha, echki, E’tibor, Rkin bilan qanday voqealar yuz berganligi haqida hikoya tuzamiz. Tarbiyachi stol ustiga archa qo`yadi va hikoyani boshlaydi. Kunlardan bir kuch echki o`rmonga sayr qilib yurgan edi. Oldidan ayiqcha chiqib, echkiga “e-e-e” deb qichqirdi. Ayiqcha qanday qichqirdi? Echki qo`rqib ketib “me-me-me” deb qichqirdi. Echki qanday qichqirdi? Shu vaqt Erkin, E’tibor degan bolalar o`rmonda yurishgan eka. Ular echkining ovozini eshtib yugurib kelishdi va echkini ovitishdi. Hamma hursand bo`ldi. Kim hikoyani qaytaradi? Erkin, E’tibor so`zlarida “e” tovushi bormi? Kelinglar, Erkin, E’tibor degan so`zlarni qaytaramiz. Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar: 1. Oq ayiqcha haqida kim gapiradi? 2. Qora ayiqcha haqida kim gapiradi? 3. Past archani ko`rsating? 4. Baland archani ko`rsating? 5. Qo`g`irchoqlarning ismi nima ekan? 6. Qo`g`irchoqlar haqida kim gapiradi? Bolalar san’at markaziga o`tib “mening sevimli o`yinchog`im” mavzusida loy ishi, aplikatsiya va rasm chizishadi. Bola bilimini aniqlovchi savollar bola javoblarini taxlil qilish va rag`batlantirish. Download 291.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling