Mening jonajon O`zbekistonim
O`yin: “Yaxshi va yomon odatlar” o`yini
Download 291.41 Kb.
|
Mening jonajon O`zbekistonim-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 51-Mavzu
O`yin: “Yaxshi va yomon odatlar” o`yini
Boshlovchi: Ona koptokni bolalarga uzatib “Yaxshi odatlar” deydi Bolalar: Koptokni onaga uzatib mexribon, ona aziz, ularni xurmat qilish, labbay, xo`p bo`ladi deb so`zlarini qaytarmaslik. Boshlovchi: Ona koptokni bolalarga uzatib “Yomon odatlar” deydi. Bolalar: So`ziga quloq solmaslik, beruxsat ko`chaga chiqish, to`palon qilish, uy ishlarida yordam bermaslik, yolg`on so`zlashga, gap qaytarishga. Mana bolajonlar biz ota-onalarimizni doim xurmat qilib odobli, mexribon, to`g`ri so`z bo`lsak ularga raxmat olib beramiz. Bolalarni rag`batlantirish. Kelinglar bolalar “Onajonim” ashulasini kuylab olamiz. 51-Mavzu: Baxor havosi, baxorgi yomg`ir Maqsad: Bolajonlarga yil fasllari haqida tushuncha berish. Baxor faslining xavosi, baxorgi yomg`ir uning tarovati haqida tushuncha hosil qilish. Kerakli jixozlar va materiallar: Mavzuga oida rasimlar, tarqatmalar. E’tiborga molik jixat: Bahor fasli haqida bilimlarini oshirish Faoliyatning borishi: Bolajonlar mana qishning sovuq izg`irinli kunlari ortda qolib, ko`nglimizning yashnatib uyg`onish, yasharish fasli baxor kirib keladi. Bolajonlar baxor faslini hammamiz yaxshi ko`ramiz-a, baxor faslida tabiatimiz uyg`onadi, daraxtlar kurtak chiqaradi, gullaydi. Baxor faslining elchilari bo`lgan binafsha, boychecha, lolaqizg`aldoqlar ochiladi. Bolajonlar sizlarga topishmoqlar aytaman kim chqqonlik va epchillik bilan topar ekan. Yerda asta unadi Ilk baxorda kuladi (Boychechak) Erta baxor qizginam Tog`da yoydi qizil gilam (Lola qizg`aldoq) Bor rang-barang to`rt gilam Xizmatga shay to`rti ham Navbat bilan toshalar Qani kim topa olar (Fasllar) Bolalar bilan birgalikda topishmoqlar javobini topamiz. Baxor faslida tabiatimiz juda o`zgaruvchan bo`ladi, tez-tez yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi, chaqmoq chaqadi. Qora parda sokiladi Ichidan suv tokiladi (Yomg`ir) Yorug`i bor, dovrig`i bor O`zi yo`q ovozi bor (Chaqmoq) Bolajonlar yomg`ir tinib quyosh chiqqanda so`ng musaffo osmonimizda nima paydo bo`ladi. Chiziladi ko`kda qalamsiz Har xil bo`yoq rassomsiz (Kamalak) Bolajonlar yomg`irni hammamiz yaxshi ko`ramiz, yomg`irdan so`ng xavo toza musaffo bo`ladi, tabiatimiz suvga to`yinadi. Bolajonlar yomg`ir haqida she’rlar yod olganmiz bir eslab olaylik. Men tomchiman, tomchiman Bulutlardan tushaman Osmonimda men sakrab Yerga o`ynab tushaman Juda ham quvnoqdirman Koptokdayin dumalayman Yomg`irman yog`ilaman Tomlardan tomchilayman Bolajonlar quvnoq tomchining gaplarini eshityabsizlarmi, biz yomg`irni qancha sevsak u bizdan hursand bo`lib yana she’rlar aytib beradi. Bolajonlar kelinglar endi birgalikda “Yomg`ir va quyosh” o`yinini o`ynaymiz, o`yinda 2-3 marta takrorlab, mashg`ulotda aktiv qatnashgan bolalarni shirin so`zlari bilan rag`batlantirish, mashg`ulotni mustaxkamlab yakunlaymiz. Download 291.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling