Tarbiyachi : Barakalla, endi bolajonlar hammamiz birgalikda kema rasmini chizamiz.
Chizish uchun bizlarga nimalar kerak bo`ladi ?
Bolalar : oq qog`oz va qalamlar.
Tarbiyachi : Barakalla kim chizgan kema chiroyli chiqar ekan. Kemani chizishda biz qanday
shakldan foydalanamiz ?
Bolalar : yarim doira shaklidan.
Tarbiyachi : raxmat. Bolalar qayiq, kema, paravozlardan nimalar
uchun foydalanamiz qani
kim menga yatadi ?
1-bola : qayiqdan o`tirib baliq tutish uchun
2-bola : kemadan katta-katta yuklarni tashish uchun.
3-bola : paravozda sayrga chiqishda, atrofni kuzatishda.
Tarbiyachi: to`g`ri bolajonlar bizga suv osti transportlari ham juda kerak ekan. Bolalar
kelinglar endi birgalikda lego o`yinchoqlarimizdan foydalanib qayiqcha yasaymiz.
Tarbiyachi birgalikda qayiqcha yasaydilar mashg`ulotga
faol qatnashgan bolalarni
rag`batlantiradilar.
72-Mavzu: Maktabga ekskursiya
Qo`llash usullari : kuzatish, ko`rsatish, tushuntirib borish, savol-javob
Kerakli jihozlar : mavzuga oid predmetli hamda ko`rgazmali rasm
Rivojlanish soxalari bo`yicha maqsadkar:
1. Jismoniy rivojlanish va sog`lom turmush tarzini rivojlantirish,
bolalarda tevarak-atrofga
bo`lgan axloqiy sifatlarini shakllantirish
2. Ijtimoiy hissiy rivojlantirish:
Jamoatda bolalarni shu jamoa a’zosi kabi shaxsiy sifatlarini shakllantirish. Guruhda bolalar
o`rtasidagi do`stona munosabatlarni shakllantirish jamoada jipslikni ta’minlash.
Bolalarda
o`zini va o`zgalarga bo`lgan emotsional hissiy holatlarni ko`rsata olish.
3. Nutq, muloqot, o`qish va yozish malakalari. Yo`l harakati qoidalari haqida tasavvurlarini
kengaytirish. Fikrlash faolligini kuzatish qobilyatini taxlil qilish
va xulosa chiqarishni
shakllantirish bolalar so`z boyligini oshirish.
4. Bilish jarayonini rivojlantirish :
Bolalarga yo`l harakati belgilarining ma’nolari bilan tanishtirishni davom ettirish bolalarda
favqulotda xolatlarda o`zini tutish ko`nikmalarini shakllantirish.
Havf keltirib chiqarish mumkin.