Mening jonajon O`zbekistonim


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/121
Sana10.02.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1185572
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   121
Bog'liq
Nutq o`stirish mashg`ulot ishlanmasi

Tarbiyachi: Bolajonlar Faoliyatsizlarga yoqdimi? 
Bolalar javobi: Ha yoqdi 
Faoliyatyakunida faol ishtirok etgan bolalar tarbiyachi tomonidan rag`batlantiriladi. 
15-Mavzu: “O’zbekistonning oq oltini”. 
 
Faoliyatmaqsadi: Bolalarning tabiat haqidagi bilimlarini aniqlab, O`zbekiston Davlat 
boyliklaridan bo`lgan paxta o`simligi haqida ularni tasavvurini kengaytirish. Paxtakorlar 
mehnati va oq oltindan olinadigon hom ashyolar haqida bilim berish. 
Kerakli jihozlar: Paxta mulyaji, paxta, ip, mato, paxta dalalari va paxtakorlar tasvirlari. 
Markazlar: “Tabiat va biz” faoliyat va “Milliy” faoliyat burchaklari. Faoliyatning borishi: 
Tarbiyachi: Bolalar kelinglar sizlar bilan paxta o`simligi haqida suhbatlashamiz. 
Bilasizlarmi bolajonlar mirishkor dehqonlarimiz paxta chigitini erta bahorda ekib, suv 
berib, chopiq qilib, parvarish qilishdi. Kech kuzda mo`l xosil yig`ishtirib olinadi. Ona
yurtimiz dalalarida bug`doy, sholi, makkajo`xori, poliz ekinlari, bog`u rog`lardan tashqari 
paxta ekini ham ekib, yetishtiriladi. Bolalar chigitdan o`sib chiqqan g`o`za juda chiroyli 
o`simlik. Barglari va gullari yirik, pushti va sariq rangda bo`lib faqat bir kun davomida 


21 
ochilib turadi. G`o`zaga yoz davomida dehqonlar ishlov berishadi. Asta sekin gul o`rnida 
mevalar-ko`saklar kuzda momiq tolalar bilan qoplangan paxta bo`lib
ochiladi. Bolajonlar men sizlarga paxta mavzusida judayam ajoyib videorolik qo`yib beraman 
ko`rasizlarmi unda siz paxtani qanday yetishtiradi, yig`ishtirib oladi, undan nimalar ishlab 
chiqariladi, o`zingiz tanishib chiqasizlar. (tarbiyachi videorolikni bolalarga namoyish qilib 
beradi). 
Bolalar videorolik sizlarga yoqdimi, ko`rdinglarmi bolajonlar paxta milliy 
boyligimizni qanday yetishtirishni va undan nimalar qanday tayyorlanishini.Endi sizlarga 
she`r o`qib beraman: Asom Ziyomatovning “Paxta” 
Chanoqlarda oppoq paxta. 
Kulib turar qanday baxt-a! 
Erkalanib tebranadi, 
Yal-yal yonib tovlanadi. 
Rahmat senga aziz dehqon, 
Uyding bizdan ulkan xirmon. 
Mehnatingdan oltin bo`ldik, 
Chanoqlarda lim-lim to`ldik. 

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling