Mening jonajon O`zbekistonim
Go`zaloy: - Ustoz mening dadamlar ham o`z bog`larida turli xil uzum navlarini yetishtiradilar
Download 1.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Nutq o`stirish mashg`ulot ishlanmasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bolajonlar
- Tarbiyachi
- Sexrgar momo
Go`zaloy: - Ustoz mening dadamlar ham o`z bog`larida turli xil uzum navlarini
yetishtiradilar. Tarbiyachi: -Barakalla Go`zaloy, Kamoliddin ota, Olimjon ota kabi bog`bonlarimizni faqat Uzumzor ko`chasi emas, balki Andijonda ham juda yaxshi taniydilar. Aziz bolajonlar, biz o`z ko`chamiz bilan qanchalik faxrlansek arziydi. Bolajonlar: -Vatan so`zining ma’nosini bilasizlarmi Javoxir: - Men onajon Vatan arabcha so`z bo`lib, tug`ilgan joy degan ma’noni bildiradi. Tarbiyachi: Kim Vatan haqida she’r aytib beradi. Muhammadaziz Vatanim onamdek, munis makonim Andozam olingan payvandi jonim Ona tilim, ota tarixim shonim Vatanim – g`ururim sha’nim, iymonim Kelajagi buyuk hur O`zbekistonim! Shu payt eshik ochilib guruhga sexrgar momo kirib keladi. Tarbiyachi: - Assalomu alaykum buvijon hush kelibsiz Sexrgar momo: Va alaykum assalom xushvaqt bo`linglar. Sizlarning suhbatingizni eshitib, bu bilimdon bolalar yana nimalarni bilar ekan deya kelaverdim. Tarbiyachi: -Juda soz, qani davramiz to`riga marhamat qiling buvijon. Biz sizga go`zal va navqiron viloyatimiz Andijon haqida gapirib beramiz. Qani Nigoraxon Andijon haqida she’r aytib bering. Nigoraxon: - Tuprog`ingda unib, kaftingda o`sdim Oftobim erkalab taftingda o`sdim Ildizin joningga, qoningga tutash. Sening shon shavkating shaxdingda o`sdim Otamga o`xshaysan jonim Andijon Onamga o`xshaysan jonim Andijon Tarbiyachi: Barakalla Nigoraxon Aziz bolajonlar tobora gullab yashnayotgan go`zal Andijonimizga hech qachon ko`z tegmasin. Buyuk sarkarda, shoh va shoir bobomiz bir umr ko`rmoq ilinjida yashagan Boburning yurtidir bu. Bu zaminda buyuk, insonlar, olimlar-u, hofizlar, shoirlar, qo`yingki buyuk Vatanimizni dunyoga bo`y cho`zilishiga hissa qo`shgan olim-u fuzalolar yetishib chiqqan viloyat hisoblanadi. Biz ularning davomchisi sifatida ularning boy madaniyati, san’at va ular qoldirib ketgan ma’naviy boyliklarini avaylab asrashimiz kerak. Muhtaram Prezidentimiz 2018-yil 19-20 may kunlari viloyatimizga qilgan tashrifi davomida ular Andijon haqida shunday fikrlarini bildirgan edilar. - Andijonning o`zini o`rni bor, bizning davlatimizda Andijonning o`zini yo`nalishi bir, bizning davlatimizda. Mening eng katta maqsadim Andijon har safargidek yuqori va birinchi o`rinlarda bo`lishi kerak , hamma soha bo`yicha. 56 - Andijonliklar bunga javoban o`z mehnati, bilimi salohiyati, intilishi bilan “labbay” deb javob beradilar. Sexrgar momo: - Barakalla qizim, bu suhbatdan so`ng mening sizlarga yana havasim ortdi. Viloyatingizda bundanda yuksaklarga ko`tarilishiga ishonaman. Tarbiyachi: - Onamdek ardoqli, azizsan Vatan Sen menga qadrdon tug`ilgan makon Men seni avaylab asrayman har chog` Vijdonimdek toza, tushirmasman dog` Bolalar charchab qolmadinglarmi. Bo`lmasam biz sizlar bilan jismoniy daqiqa qilib olamiz. Tarbiyachi: Oyog`imiz taq-taq-taq Qo`limiz chapak-chapak Boshimiz sarak-sarak Qo`limizni ko`tardik Sekin yonga uzatdik Endi ehtiyot bo`lib Joyimizda aylandik Qo`lni pastka tushurdik Doira bo`ylab yugurdik Joyimizga o`tirdik Bolajonlar, mana charchoqlarimizni ham oldik. Qani endi suhbatimizni yana davom ettirsak. Kim menga Vatan mavzusida maqollar aytib beradi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling