Mening jonajon O`zbekistonim


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/121
Sana10.02.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1185572
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   121
Bog'liq
Nutq o`stirish mashg`ulot ishlanmasi

- Juda to`g`ri. 
Fuqarolar atrof muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majburdirlar. Bu tabiatni 
asrash degani.
Kelinglar sizlar bilan mevalardan “Ajoyib” salatini tayyorlaymiz. 
Avval qo`llarimizni yaxshilab yuvamiz. Mevalarni ham yaxshilab yuvamiz. Taxtacha va 
pichoqdan foydalanib, mevalarni kubik shaklida to`g`raymiz. Mana shunday qilib. Tarbiyachi 
bolalarga mevali salatni tayyorlab, bolalarni va dehqon boboni mehmonxonaga taklif etadi. 
Dehqon boboni davraga tashrif buyurgani uchun rahmat aytadi.
9- mavzu: “Ustoz otangdek ulug`” mavzusida suhbat 
 
Faoliyat maqsadi: Ustoz otangdek ulug` iborasiga hamda usta, ustoz, tushunchasiga izoh 
berish. Bolalardan ustoz-shogird an’analari haqida qisqacha tushuncha hosil qilish va shu 
mazmundagi rivoyatni o`qib berish.
Kerakli jixozlar: mavzuga oid rasm, rangli qog`ozlar, yelimlar, qaychilar.
Faoliyatning borishi:
 
Tarbiyachi: Bolalar bugun biz siz bilan ustoz, shogird odobi haqida so`zlashamiz. 
Xalqimizda “Ustoz otangdek ulug`” degan hikmat bor. Bu hikmatda olam-olam ma’no bor. 
Otangiz sizni tarbiyalab voyaga yetkazadi, ustoz esa unib-o`sib kamolotga yetishingiz, 
ilm ma’rifatli bo`lishingizga ko`maklashadi. Ustoz o`z umrini, aql-idrokini, tajribasini va 
bilganlarini shogirdlariga o`rgatadi. Shogirdning yutug`idan quvonadi, muvaffaqiyatsizlikka 
uchrasa g`am-anduh chekadi. Xalqimizning ustozni ulug`lashida hikmat ko`p. axir kishi ota-
onasi sababli dunyoga kelsa, ustoz ta’limi tufayli oyoqqa turadi, katta hayotga qadam 
tashlaydi. Ustoz bebaxo, ulug`, g`amxo`r, mehribon inson. Shuni qayd qilish kerakki, ustozlar 
ko`pni ko`rib,ko`pni bilgan, bilimda, mehnatda, aql-zakovatda el orasida tanilgan, o`z 
tajribasi, bilimini boshqalarga, xususan yoshlarga o`rgatadigan kishilardir. Ular barcha 
davrlarda ham o`zgacha e;zozlangan va so`zlarining ta’siri juda kuchli bo`lgan. Ayrim 
vaziyatlarda, yoshlar ustozlarga chuqur hurmat va ehtirom bilan qarab, ularni ham o`z ota-
onalari qatori izzat-ikrom qilganlar.


11 
Ustoz-shogirdlik munosabatlari, ularning hunar bobida bellashuvlari, o`z ustozidan 
o`tib ketgan shogirdlari mahoratini tasvirlovchi “Uchar gilam”, “Ustozdan o`tgan shogird”, 
“Ustozimning nabirasi”, “Ustoz va shogird”, “Ustoz ishini shogird davom ettirar” kabi 
afsona, rivoyatlar bag`oyat qiziqarlidir. Ana shulardan ham ko`rinib turibdiki, el orasida 
ustozlargahurmat cheksiz bo`lib, bunga ular o`zlarining bilimdonliklari, bag`rikengliklari, 
donoliklari, saxovatlari tufayli erishganlar. Ustozlar hurmatini joyiga qo`yish , ular ishonchini 
oqlab, umrbod munosib izdosh bo`lib qolish har bir shogirdning muqaddas burchidir. 
Shogirdlarning ham ustozlari oldida o`z odoblari bor. Eng avvalo ulug` ustozlarga shogird 
bo`lish ular uchun katta baxt. Lekin shogir ustozi oldida shogirdlik odobini saqlash kerak. 
Bular quyidagilar: 
- shogirdning ustoz oldida o`zini kamtar tutishi; 
- ustozning barcha topshiriqlarini a’lo darajada bajarish; 
- ustozning gaplarini diqqat bilan tinglash; 
- tushunmay qolganda uzur so`rab, tushuntirib berishlarini iltimos qilish; 
- ustozini hamisha mamnun qilish uchun vazifalaribi sifatli va o`z vaqtida bajarish; 
- Hech qachon yolg`on gapirmasligi, ustozning ko`nglini ranjitmasligi kerak. 
Siz tarbiyalanayotgan bog`chada ham shogird va ustozlar bormi? 
Ular kimlar deb o`ylaysiz? 
To`gri bizning ustozimiz – bog`cha opamiz. Bog`cha opamiz bizning ikkinchi onamiz 
to`g`rimi? Chunki ular mehribonlar. Bizni o`z bolalaridek sevadilar. Bizni aqlli, dono, odobli 
bola bo`lishimiz uchun o`z yordamlarini ayamaydilar.
Bog`cha opamiz bizga kitoblar o`qib beradilar, ertaklar aytib beradilar, turli xil 
o`yinlar o`ynatadilar. Kiyinishimizga yuvinishimizga yordamlashadilar. Biz doimo bog`cha 
opamizni hurmat qilamiz, ularning so`zlarini diqqat bilan tinglaymiz, tushunmay qolganda 
uzur so`rab, tushuntirib berishlarini iltimos qilishimiz, aytganlarini so`zsiz bajarishimiz 
kerak. Guruhda bog`cha opamiz yo`qliklarida ham odob qoidalarini buzmasligimiz kerak. 
Shunda bizdan bog`cha opamiz hursand bo`ladilar.
Bugun suxbatimiz ustozlar haqida ekan, men sizga ustozlar haqida bir masalani aytib 
beraman. 
“Ustozdan o`tmagan shogird – shogird emas” masali.
Tovuq tovusni o`ziga shogird qilib olibdi-da, unga rasm solishni o`rgatibdi. Vaqti-soati 
kelib, endi o`zing rasm soladigan bo`lib qolding, deya tovusni “Uchirma” qilmoqchi bo`libdi. 
Oradan bir oz vaqt o`tgach, tovuq shogirdini sinab ko`rmoqchi bo`lib, uyiga mehmonga 
chaqiribdi. Tovuqning oziq-ovqatlarini xuddi terib qo`ygandek yerga rasmini solib 
qo`yganini ko`rgan shogird, ustozi qanchalik olin demasin, qornim to`q deb turaveribdi. 
Ketish oldidan: “Biznikida mehmon bo`lsangiz ustoz!” – debdi. “Sezib qolibdi demak 
yetilibdi” – deb tovuq ham xursand bo`libdi ich-ichidan. Ertasiga tovuq tovusnikiga kelib, 
eshik oldida turgan tulkivoyni ko`rib, iziga qaytib keta boshlabdi.
Tovus: “Ustoz, axir bu devorga chizilgan rasm-ku”, - deya ustozni bazo`r yo`ldan qaytarga 
ekan.
- Balli, ustozingdan o`zibsan, men xursandman, - debdi tovuq kerilib va shodligida qah-qah 
uribdi. Qissadan hissa shuki “Ustozdan o`tmagan shogird shogird emas”. 
Tarbiyachi bolalar bilan masal mazmuni bo`yicha savol-javob qiladi.


12 
Bizning bog`chada ham ustozlar juda ko`p. kelinglar sizlar bilan ustozlar uchun sovg`alar 
tayyorlaymiz. Yelim, qaychi va rangli qog`ozlardan foydalanib, gullar yasaymiz. Tarbiyachi 
yordamlashib, mashg`ulotni yakunlaydi. 

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling