Mening jonajon O`zbekistonim
Download 219.35 Kb.
|
Nutq o`stirish mashg`ulot ishlanmasi
Faoliyatning borishi: Bolajonlar mana bugun sizlar bilan qishlog`imizda joylashgan bizga yaqin bo`lgan tarixiy muzeyga sayoxatga boramiz. Biz avlod va ajdodlarimizning yashagan davrini o`z zamonamizdagi buyumlar jaqida ularni o`z ko`zimiz bilan ko`rib zamonlarni bir biri bilan taqqoslaymiz. Men muzey hodimlari bilan kirishimiz uchun ruxsat oldim. Hozir biz bolajonlar sayoxatga mashinada emas balki ot aravada boramiz bir birimizni qo`limizni ushlagan holda ot aravalarda sayoxatga ketmoqdamiz. Tarbiyachi: Bolajonlar qaranglar yo`llarimiz loy o`ydim chuqur noteks bolajonlar qish fasli bo`lganligi uchun har bir honadondan tutunlar chiqib atrof olamni o`z tasirini ko`rsatmoqda. Mana tarixiy muzeyga ham yetib keldim. Bolalar qiynalmadinglarmi yo`q opajon qiynalmadik. Tarbiyachi: Mana tarixiy muzeyga ham yetib keldik. Marhamat kelinglar Muzey hodimlari iliq kutib oldilar. Bolajonlar ota-bobomiz yashagan sharoitni ko`ryabsizlarmi. Mana shunday sharoitga ham shukrona qilib yashaganlar. Bolajonlar uylarni devorlari guvaladan sariq loylardan qurilgan uy ichlarida paxollar solib ustidan kigizlar solib o`tirganlar. Mana bolajonlar, ularni yashash sharoitlarini ko`ryabsizlar-a ular sandallarda o`tirishgan. O`choqlarda pirmiz choy qaynatib ichganlar. Ularni yashash sharoitlari juda ham qiyinchilik bilan yashaganlar. Ularni tozalash uchun daraxt novdalaridan sava cho`plardan uydagi kiygizlarni savalashgan. Ular davrida xattot supurgi bo`lmagan, keyinchalik supurgilar paydo bo`lgan.
Topishmoq nima haqida ekan? Bola: supurgi Barakalla umidjon. Tarbiyachi: supurgi haqida kim she’r biladi a Ziyoda: Bo`g`in qilib bog`lanib Toza xizmat qilaman Hammayoqni supurib orasta qilib qo`yaman Bolajonlar zamonamiz tarixiy o`tgan ota-bobolarimiz kigizdan sholchaga o`tishdi. Hozirgi kunda esa turli tuman chiroyli gilamlarga o`tishgan. Mana sayoxatimiz ham yakunlandi endi biz bog`chamizga qaytamiz. Biz ot aravada kelgan edik. Endi biz damas mashinasida qaytamiz. Qani bolalar mashinaga chiqib joylashib oldinglarmi tarbiyachi mana bolajonlar guruh xonamizga yetib keldik. Zamonaviy chang yutgich va supurgi qo`yilgan xona tozalashda bu changyutgichdan foydalanib u elektr to`ki bilan xonalarni tozalaydi, uni foydali tomoni bu changni o`z ichiga oladi. Xonani chang qilmaydi. Ayrim allergiyasi bor bolalarga o`zidan chang chiqarmaydi. Qani bu uskunani ishlatish uchun zumradoylar davrasida ishtirokchilarni taklif etamiz. Xola-xola o`yini birgalikda o`ynaymiz.
Pilisos egalladi zamonaviy texnika Ishlarni egalladi bekajonlar Ishlarni bir pastda yakunladi Tarbiyachi: Bolajonlar buni foydali tomonlari juda qulay. Mana pilisosni ishlatishni ham o`rganib oldik. Buni kattalar yordamisiz hech qachon ishlata ko`rmang. Doimo kattalar yordamida foydalaning. Yangi pilisosni o`g`il bolalar yordamida yig`ishtirib olib qo`yamiz. Uylarimiz saramjon-sarishta bo`ldi. Bolalar san’at markaziga taklif qilinadi. Endi bolajonlar sizlarni stol yoniga taklif qilaman. Sizlarni ixtiyoriy spurge yoki pilisos rasmini chizishga taklif qilaman, marhamat. Bolajonlar chizishni boshladi. Bolalar ishlarini chiroyli chizgan bolalarni rag`batlantirib borish. Bolalar bugungi sayoxatimiz sizlarga yoqdimi. O`tgan zamon bilan hozirgi zamonni farqlay oldinglarmi. Muzey haqida o`z fikrlaringizni bir biringiz bilan o`rtoqlashing. Mashg`ulotimiz davomida bilm va ko`nikmalarga ega bo`lasiz. Biz mamnunmiz. Endi sizlar bilan sayr davomida ZAG`IZG`ON harakati o`yinini o`ynaymiz. 45-Mavzu: Idish buyumlarini (oshxona anjomlari) Maqsad: Oshxona idishlar va anjomlarini farqlashga nomlarini to`g`ri aytishga o`rgatish. Bolalarni Vatanni sevishga uni ardoqlashga kattalarga doimo hurmatda bo`lishga kichiklarga esa izzatda bo`lishga o`rgatish. Bolalarni nutqini o`stirish so`z boyligini rivojlantirish. E’tiborga molik jixat: Bolalar oshxona idishlari va anjomlarini nomini vazifasini bilib oladilar. Kerakli jixozlar: Oshxona anjomlari, qozon, tovoq, kapkir, cho`mich, kosalar, lagan, elak, hamr yoyadigan taxta, o`qlov, pichoq, tovoq, likopchalar. Faoliyatning borishi: Bolalar bugun men sizlarni bir joyga olib boraman. Bu bog`chamizni oshxonasi, bolalar bu yerda oshpaz opalarimiz inoq, axil kelishib sizlar uchun shirin taomlar tayyorlaydilar. Bolalar atrofdagi oshxona jixozlari bilan sizlarni tanishtiraman. Elektr, plita ya’ni qozondan yuz kishilik taom tayyorlanadi. Sabzavotlarni tozalaydigan qirqadigan asbob elektr termiz, pichoqlar, taxtakachlar bor ekan. Tarbiyachi: Bolalar bugungi suhbatimiz qaysi mavzuda ekanligini tushunib yetdingizmi, demak bugun oshxona idishlari bilan tanishamiz. Oshxonada nima qilinadi. Bola: Ovqatlar qilinadi Bola: Sabzavotlardan salatlar qilinadi Bola: Kompotlar qilinadi Tarbiyachi: Ovqat pishirish uchun qanday idishlar kerak bo`ladi. Albatta qozoq kerak ovqat solingan masalliqlarni almashtirish kovlash uchun kapkir kerak bo`ladi.Qovurib bo`lgacha qozonga suv quyish uchun paqir va cho`mich kerak bo`ladi. Ovqat pishib bo`lgach kosaga suzamiz buning uchun bizga cho`mich kerak bo`ladi. Agar biz hamir ovqat qilamiz desak albatta bizga elak, hamr yoyadigan taxta, o`qlov kerak bo`ladi. Hamr ovqatni tovoqqa solamiz, suyuq ovqatlarni qoshiq bilan, quyiq ovqatlarni sanchiq bilan iste’mol qilish qulaydir. Tarbiyachi: Bolajonlar endi suhbatimizni honada davom etaylik. Oshpaz opalar bizga oshxonada tushlik tayyorlaydilar. Hammangiz joy-joyingizga o`tirib oldingizmi. Bolalar: Ha Tarbiyachi: Bolalar men hozir sizlarga topishmoq aytaman kim epchil va topqir ekan. O`zi bitta Qulog`i to`rtta
Tap-tap etadi Tagidan karvon o`tadi
Kosaga sho`ng`ib qaytadi Og`izga yetib boradi
Laylak uyada quyrug`i ziyoda Bola: Cho`mich Ro`parade turibdi Yuzi yumshoq lo`ppi Bir qulog`I bor, bir burni Boshiga kiygan do`ppi
Onalar tokchadan tushadi, bolalar yugurib keladi Bola: Piyola Tarbiyachi: To`g`ri. Barakalla bolajonlar sizlar hammangiz epchil, chaqqon zexnli bolalar ekansiz. Bolalar zerikib qolmadingizmi kelinglar bir o`yin o`ynaymiz. Stol ustida turli xil o`yinchoq oshxona jixozlari, kitoblar bor. Men oshxona idishlari va boshqa turli narsalarni nomini aytaman. Oshxona idishlarini nomini aytsam sizlar 3 marta chapak chalasizlar. Boshqa nomini aytsam oyoqlaringizni tapillatasizlar. (o`yin 3-4 marta takrorlanadi) Rahmat bolajonlar sizlar aytgan topshirig`imni to`g`ri bajardinglar. Bolalar kelinglar hozir men sizlarga sabzavotlardan salat tayyorlab bermoqchiman. Salat tayyorlashim uchun menga pichoq, taxtakach, sabzavotlar, likopchalar mana salatim ham tayyor bo`ldi. Endi men ishlatga pichog`imni, taxtakachimni keraksiz bo`lganidishlarni yuvib artib joyiga qo`yishimiz kerak. Agar shu ishlatgan narsamni tez yuvib qo`ymasam tez yaroqsiz xolga keladi, demak oshxona idishlarini va anjomlarni extiyot qilib avaylab ishlatish kerak. Faoliyatdavomida va yakunida bolalarni shirin so`zlar bilan rag`batlantirish. 46-Mavzu: Idishlarni ezozlash Maqsad: Bolalarni narsa buyumlarini qadrlashga, extiyot qilishga, ezozlashga o`rgatib boorish. Ta’limiy: Bolalarni Vatanga bo`lgan mexr muhabbatlarini, uni ardoqlashga, oila azolariga hurmat, do`stlarga sadoqat kichiklarga esa izzatda bo`lishga o`rgatish. Tarbiyaviy: Bolalarni nutqini rivojlantirish, so`z boyligini oshirish, uy ro`g`or buyumlarini bilan tanishtirish ularni extiyot qilishga ezozlashga o`rgatish. Rivojlantiruvchi: mustaqil fikrlash qobilyatini o`stirish Kerakli jixozlar: O`yinchoq idishlar jamlanmasi, mavzu asosida rasmlar. Mashg`ulotning borishi: Tarbiyachi: Bolalar bizning Vatanimiz qayer Bolalar: O`zbekiston Respublikasi Tarbiyachi: Bolajonlar buyuk tarixga ega o`zbek xalqimiz. Ajdodlarimiz ananalari va o`gitlari bilan yashaymiz. O`zbek oilasi borki mehmon kutishni yaxshi ko`radi. Mehmonlar oldiga dasturxon tuzaydi shirinligu nonlarni maxsus idishlarga soladi. Tarbiyachi: Sizlarga topishmoq aytaman sizlar javobini topasiz. Topishmoqlar javobini o`yinchoq idishlar ichidan topishingiz va ularni nomlarini o`zbek va rus tilida aytasiz. Stol ustiga oshxona buyumlarini qo`ygan xolatda topishmoqni aytaman. 1. Kosaga shoshilib qaytadi Og`izga borib yetadi
2. Laylak uyida, quyrug`i ziyoda Bola: cho`mich (polovnik) O`yin shu tarzda davom etadi. Tarbiyachi: Bolajonlar sizlar o`yinda juda faol qatnashdingiz, kelinglar ayni paytda yan bir o`yinni o`ynaymiz. Idishlarni xurmati deb nomlanadi. Tarbiyachi: Idishlar nomini aytadi bolalar esa ularni hurmatini aytib beradi. Tarbiyachi: Choynak Bolalar: choy qaynatadi Tarbiyachi: Qozon Bolalar: ovqat pishiradi Tarbiyachi: payola Bolalar: choy quyiladi Tarbiyachi: savat Bolalar: meva sabzavotlar solinadi Bolalar bir joyda o`tirganligi sababli jismoniy mashq bajarishadi. Jismoniy daqiqa: Yablochki sarvali (rus tilida) Mish shli shli Yablochki nashli Vetochki podneli Yablochki sarvali V karzinki polejeli Raz, dva, tri, chteri
Barcha faol qatnashgan bolalarni rag`batlantirdik. 47-Mavzu: Amir Temur hiyoboni Maqsad: Jismoniy rivojlanish va sog`lom turmush tarzini shakllantirish. Bolalarga odob-axloq qoidalari asosida o`zaro munosabatda bo`lishga yo`naltirish. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish. Buyuk siymolarga hurmat, ularni yodga olish vatanni sevish, uni qadrlashni bilish. Hiyobon aks ettirilgan suratlar haqidagi tushunchalarni nutqida so`zlab berish. Kattalar bilan erkin muloqotda bo`la olish. Buyumlarni nomlash va bilish jonli va jonsiz narsalardan qiziqish bolalarni favqulotda o`zini bilish ko`nikmalarini shakllantirish. Buyuk siymolargaextiromini tarbiyalash. Kerakli jixozlar va materiallar: Mavzuga oid suratlar, Amir Temur hiyoboni haqida videolavha syujetli rolli o`yinlar va drammalashtirish “Chavandozlar o`yini” . E’tiborga molik jixati: Sohibqron Amir Temur hiyoboni haqidagi tushunchalarga ega bo`ladilar. Faoliyatning borishi: Bolalar harbiy kiyimlarda saf tortib maydon bo`ylab mardonavor shaxdam qadamlar bilan kirib keladilar. O`zbekiston qo`shig`i yangraydi.
Alpomish-u, Barchinoy, Rustam-u dostonlar Yurtimning kelajagi ey bag`ri osmonlari Davralarda o`zbekcha so`zligingiz muborak O`zbekona lutfingiz o`zligingiz muborak
Mulki Turonning sultoni Shamshirini maxkam tutgan Yurtini yovdan ozod etgan. Bola: Jasoratli lashkarboshi Ilmu ma’rifat lashkarboshi Imon o`g`li Klovixo Bola: Ulug`bek va Bobur Mirzo Qo`shqanotdir unga goxo Soxibqron Temur bobom Lol qolgandur butun olam Bola: “kuch adolatdadir” “Mashqda qiyin bo`lsa jangda oson bo`lmaydi” Tarbiyachi: Barakalla bolajonlarim Bobomizdek daxolarim Chiroyli she’r aydingiz, slaydlarni ko`rsatamiz. Endi navbat rasmlar orqali Amir Temur hiyobonini kuzatamiz. Turli xil rasimlar ko`rsatamiz.
27 mamlakat sultonima men Millatning dardiga darmon bo`lgan Buyuk sarkardaman men. Tarbiyachi: Amir Temur siymosini ham ko`rib oldik, juda chiroyli qilib tasvirlab berdi. Mana bolalar suratda Amir Temur Hiyobonini tasvirlangan bobomiz otda o`tirishlari yuz ko`rinishlari savlatlari uning mard jasurligi, irodali, qattiyatliligini aks etdirib turibdi. Bobomizning hiyoboni poytaxtimiz Toshkent shaxrida joylashgan. Keling soxibqron bobomiz Amir Temur harakatlarini o`yin orqali bajarishga harakat qilamiz. “Chavandozlar o`yini” Tarbiyachi: Bolajonlar kurash va konstruksiyalash matematika markaziga jalb qilish. Markazda geometrikshakllardanfoydalanib Amir Temur davridagi minoralarni yasash. Bolalar: minoralarni rasmlar tarbiyachining ko`rsatmalari asosida bajaradilar va rag`batlantiriladi. Tarbiyachi: Bolalar bobomizning mard, jasurligi mavx etuvchi she’rlarini aytamiz. Bola: Kirob yulduzi kabi Porlab tarix saxnida Mard va jasur aslida Tarbiyachi: Barakalla siz bugun o`zligingizni buyuk sarkarda syujeti soxibqron Amur Temurning haqiqiy ajdodlari jamlanganligingizni nomoyon etdingiz, bobolarimiz izidan Temurbeklar bo`lib ulg`aying mard va jasur bo`ling. Bolalar: Mard va jasur bo`lamiz Yurtga xizmat qilamiz Yovlarni keltirmaymiz Vatanni qalqonimiz Faoliyatyakunida tarbiyachi bolalarni hammasini yaxshi so`zlar bilan rag`batlantiradi.
Tezroq baxor kelsaydi Binafshani ko`rsaydim Tezroq baxor kelsaydi Momaqaymoq tersaydim
Keldi baxor, gul baxor Erib ketdi oppoq qor
1. Vatani borning baxti bor Mehnati borning taxti bor 2. Bir boshdan bir savat non 3. Daraxt ildizi bilan kuchli Odam do`sti bilan 4. Daraxtdan meva olaman desang Nixolligida parvarish qil Tarbiyachi: Ofarin bolajonlar sizlarni chiroyli maqol va she’rlaringiz juda ham yoqdi. Sexrgar momoga ham juda yoqdi. Endi guruhimizga qaytish uchun sexrgar momodan yana yordam so`raymiz. Sexrgar momo: Bolalar sizlarga yordam beraman. Avval meni shartimni bajaringlar. Bolalar: Bajaramiz Sexrgar momo: Men sizlarni hammangizni baxorgi gullardan beraman, siz menga baxordagi tabiat hodisalarini aytishingiz kerak bo`ladi. Bolalar: Biz tayyormiz Shamol,yomg`ir, do`l, chaqmoq,momaqaldiroq, sariq qor, quyoshbobo, Sexrgar momo: Barakalla bolalar sizlar juda bilimdon ekansiz. Tarbiyachi: sexrgar momo shartingizni bolalar bajardimi, endi guruhga qaytsak. Sexrgar momo: Bolalar bizning o`lkamizda dalalar, bog`lar bilan birgalikda yana nimalar ko`p. Bolalar: Tog`lar, adirlar, yaylovlar. Sexrgar momo:Baxorda ular qanday o`zgaradi. Bolalar: yerdagi qorlar erib, o`t-o`lanlar, lolalar yerdan chiqadilar va juda ham chiroyli bo`ladilar. Sexrgar momo: Juda ham yaxshi, deb yana tog`lardan oqayotgan suvlar, gullarga burkangan qir adirlar aks ettirilgan video rolikni qo`yib beradi va bolalarni guruhga yetkazib qo`yadi. Tarbiyachi: Bolalar mana sayoxatimiz juda ham maroqli o`tdi. Sayoxat ta’surotlarini o`rtoqlaringizga aytib berasiz. Endi charchoqlaringizni yozish uchun bir o`yin o`ynaymiz. Boxor tomchilari. Mazmuni: Bolalar 2 guruhga bo`linadilar, 1-guruh tomchilar, 2-guruh maysalar Maysalar yerda o`tiradilar, tomchilar ko`zlarini yumib borib maysalarni ushlab oladi. Kim maysani ushlay olmasa o`yindan chetlatiladi. Ushlagan tomchilar o`yini davom etiradi. O`yin so`ngida yaxshi ishtirok etganlar rag`batlantiriladi. San’at faoliyat markaziga o`tib bolalar ihtiyoriy bahoriy ko`rinish va tomchi aks etgan rasmlarni chizashadi va ko`rgazma tashkil qilinib faoliyat yakunlanadi.
Bolalarda o`yinchoq va uning ixtirochilariga va xavas uyg`otish ularni qolgan me’rosini asrab avaylashga o`rgatish. O`yinchoqlarning nomini. Ularning rangi va kattaligini to`g`ri aytishga o`rgatish.
Bugun sizlar bilan o`yinchoq va uning ixtirochilari haqida gapirib o`tamiz. O`yinchoqlar qadim zamonlarda Xamri buva tomonidan yaratilgan o`yinchoqlar bo`lgan. Hozirgi ma’lumotlarga qaraganda yer yuzidagi eng ko`p tayyorlanadigan o`yinchoqlar Xitoyning zimmasiga to`g`ri keldi. Yanada aniqroq aytadigan bo`lsak, million turdagi o`yinchoqlarni tayyorlash uchun qancha ishchi kuchi kerak eklanligini tasavvur eta olamiz? Balki bu cheksiz ishlab chiqarilish jarayonida qandaydir texnologiya yoki robotlar ishtirok etadi, deb o`ylashingiz mumkun. Ammo bunday emas. O`yinchoqlarning barini odamlar qiladi. Ularning hammasini qo`l mehnatida bajariladi. Tarbiyachi xonaga o`yinchoqlar solingan yuk mashinasini olib kiradi (ayiqcha, echki, qo`g`irchoqlar, archalar solingan). Qaranglar, mashinada qanday o`yinchoqlar olib kelibman?
Qaranglar-chi, mashinada qanday o`yinchoq kelibdi? (echki). Echki qanday maraydi? (mee). Keyin tarbiyachi bolalarning uylarida qanday o`yinchoqlari borligini so`raydi. Kam faol bolalarni faollashtirish uchun ularga savollar bilan murojat qiladi. Doniyer, sen qaysi o`yinchoqlar bilan o`ynashni yaxshi ko`rasan? Lola, sening o`yinchog`ing qaysi? O`yinchoqlar nima uchun kerak? va x.k Tarbiyachi bolalarga o`ynashni taklif qiladi: Sizlar hammangiz ayiqchalar bo`lasiz, men ona ayiq bo`laman. Mana, ayiqchalar inlaridan chiqib, sayr qilishga ketdilar. Ular o`rmonda yuradilar va “eee” deb qichqiradilar. (bolalar xona bo`ylab yuradilar va “e” tavushini talaffuz qiladilar). Tarbiyachi “Ayiqchalar sayr qilib bo`ladilar va inlariga ona ayiq oldiga keladilar” – deydi. Bolalar o`z joylariga o`tiradilar. Kelinglar, bolalar ayiqcha, echki, E’tibor, Rkin bilan qanday voqealar yuz berganligi haqida hikoya tuzamiz. Tarbiyachi stol ustiga archa qo`yadi va hikoyani boshlaydi. Kunlardan bir kuch echki o`rmonga sayr qilib yurgan edi. Oldidan ayiqcha chiqib, echkiga “e-e-e” deb qichqirdi. Ayiqcha qanday qichqirdi? Echki qo`rqib ketib “me-me-me” deb qichqirdi. Echki qanday qichqirdi? Shu vaqt Erkin, E’tibor degan bolalar o`rmonda yurishgan eka. Ular echkining ovozini eshtib yugurib kelishdi va echkini ovitishdi. Hamma hursand bo`ldi. Kim hikoyani qaytaradi? Erkin, E’tibor so`zlarida “e” tovushi bormi? Kelinglar, Erkin, E’tibor degan so`zlarni qaytaramiz. Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar: 1. Oq ayiqcha haqida kim gapiradi? 2. Qora ayiqcha haqida kim gapiradi? 3. Past archani ko`rsating? 4. Baland archani ko`rsating? 5. Qo`g`irchoqlarning ismi nima ekan? 6. Qo`g`irchoqlar haqida kim gapiradi?
Download 219.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling