Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5204424297350696047
Maftunkorlik omili №7
O`zingizni taqdir sovg`asi deb biling, shunda erkak ham bunga ishonadi. Ayol o`zini boshqa ayollar bilan solishtirish bilan qadrini yerga uradi. Xonaga boshqa bir ko`hlik ayol kirib kelganda, bundan xavotirga berilmang. Agarda o`rtacha husnli ayolni erkak oldida betakror go`zalga aylanntirishni istasangiz, nima ham qilish kerak? Oddiygina. Uni o`zingiz uchun kuchli raqib deb bilib, xavotirga tushing. Agar o`zingizni unga e`tibor qaratmayotgandek tutsangiz, erkak sizning o`zingizga bo`lgan ishonchingingizni qadrlaydi va siz bilan qiziqib qoladi. Bu yerda boshqa qiziq ish bo`ladi, shu ondayoq boyagi ayol ortiq maftunkor ko`rinmay qoladi. U ayolda siz unga beradigan kuchdan ortig`i yo`q. Mening dugonam Samantani birinchi uchrashuvda yigit boksga taklif qildi. Ringlar orasidagi tanaffusda har doimgidek qo`llab-quvvatlash guruhidan bo`lgan yarim yalang`och qizlar yugirib chiqishdi. Yigit esa ulardan ko`z uzolmay qoldi, orada hurmat yuzasidan bir-bir Samantaga yuzlanib turdi. Samanta esa yigitni nega o`ziga bunday qarayotganini yaxshi biladigandek tutdi. Kelasi tanaffusda yana osha go`zallar ichi ko`rinadigan kiyimlarda chiqqanda, Samanta yigitdan suv so`radi. Shu zahotiyoq u qo`lidagi shishani uzatdi. Samanta biror martayam ringdagi qizlarning o`ziga xavf tug`dirayotganini ko`rsatmadi. Aksincha, u o`zini shunday xotirjam tutdiki, go`yki o`zidan boshqa ayol zoti mutlaqo yo`q. Uhcinchi raund so`ngida esa yigit undan boshqa hech kimga qiyo ham boqmadi. Tabiiyki yigit Samantaga butunlay maftun bo`lib qoldi. Kela-kelguncha uning qanday go`zalligini ta`riflab keldi. Yigit anavi rigndagi qizlarni emas, Samantaning izidan qolmadi. Dugonam oqshomda o`zini namunali tutdi, ammo yigitning xatti-harakati mutlaqo romantikaga to`g`ri kelmas edi. Aytgancha, shuni aytib qo`yishim kerakki, erkaklar ko`pincha birinchi uchrashuvda mutlaqo romantikadan yiroq bo`lishadi. Agar erkak uchrashuvga sizni boksga, futbolga yoki og`aynlarini uchratib qolishi mumkin bo`lgan boshqa bir joylarga taklif qilsa bilingki, u siz bilan uzoq muddatli munosabatlarni rejalashtirmayapti. Agar birinchi uchrashuvda sizni ana shunday joyga taklif qilishsa, ikkinchisiga vaqt ketkazib o`tirmang. Agar noqulay vaziyatga tushib qolsangiz, boshqa ayol bilan musobaqalashishga harakat qilmang. Siz erkakning diqqatini tortishga mas`ul emassiz. Bunga urinib, kuch sarflab o`tirmang. Xonadagi ayollarning kiyimiga qarab qaysidir kiyimini yechib tashlashni boshlaydigan ayolarni bilaman. Yana gap o`ziga bo`lgan ishonchsizlik va o`z o`zini pastga urish haqida ketayapti. Bu o`ta ahmoqona va be`mani odat. Yarim yalang`och kiyim erkakni o`ziga tortishning eng yaxshi usuli emas. Gap uning e`tiborini torta olishingiz haqida ketmayapti. Bu uncha katta marra emas. Erkak chiroyli mashina yoki mototsiklni ko`rganda ham shunday ehtirosga berilishi mumkin. Biz uni yondirish qo`lingizdan kelish-kelmasligi haqida gapirmayapmiz. Asosiysi, ehtirosi qongandan keyin ham u yonadimi? Mana muammo nimada. Haqiqiy erkaklarni oz narsa o`ziga tortadi, ko`pi emas. U sochlarini oddiygina yig`ib yuradigan kelishgan kotiba qizni ko`rgan zahoti uning sochlari elka ustida yozilsa, qanday bo`lishni tasavvur qila boshlaydi. Yopiq kiyingan ayolning sviteri ostida nimalar borligini erkak o`zicha taxmin qiladi, shu bilan birga uning aslida qandayligini bilishga bo`lgan qiziqishi ochiq-sochiq kyingan ayolni ko`rishga bo`lganxhohishdan ancha kuchliroq bo`ladi. Ha, ayol o`z qaddi-qomatini chiroyli qilib ko`rsata bilishi kerak, ammo bu tanani har santimetrini ochish degani emas. Sovg`aning o`zidan ko`ra uning o`ramidan ochish insonga ko`proq zavq beradi. Hirsni qo`zg`aydigan kiyimlar kiygan ayollarni ko`rganda erkak “Bu bilan to`shakda bo`lishga yo`q demasdim” deb o`ylaydi. Bu rostdan ham shunday. Ammo erkak hirsini qondirgandan keyin ayolga bo`lgan har qanday qiziqishi yo`qoladi. Asosiy vazifa erkak diqqatini tortish emas. Asosiysi ana shu diqqatni ushlab qolishdadir. Munosabatning qanday bo`lishi ko`p jihatdan sizning o`zingizni tutishingizga bo`g`liq. Har narsada me`yorni biling, oshirib yubormang. Bunga hamma narsa kiradi: erkakka tez-tez qo`ng`iroq qilaverish, uni ziyofatlar bilan siylayverish, hirsini qo`zg`aydgan kiyimlar kiyish. “Tez yongan bot so`nadi” degan maqolni unutmang. Agar vaqt o`tibgina keyingi uchrashuvlarga o`zingizga avvalgisidan ko`proq oro bersangiz, vaziyat mutlaqo boshqacha bo`ladi. Erkak buni u uchun qilganingizni biladi va buni o`zi uchun sovg`a deb qabul qiladi. Erkaklarni ko`rmagan narsasi qiziqtiradi. Erkaklarning diqqatini tortib va shu diqqatni ushlab tura oladigan ayollarning o`ziga bo`lgan ishonchi mini yubka, kindikdagi halqa yoki chuqur dekolte o`yilgan qora ko`ylak tufayli emas. “Yomon qiz” o`zini ishonch bilan tutishda bunday mayda-chuyda narsalarga tayanmaydi. U o`zining ayollik jozibasiga va shxhsiy sifatlariga ishonadi. “Meni borimcha qabul qilsin” deydi juda yaxshi ayol. Qabul qilsin? Yo`q-yo`q azizam, buni uniting. U sizni aqldan ozar darajada xohlashi kerak. Qabul qilish haqida gapirish bu yerda o`rinsiz. U pol lataniyam pol latta ekan deb qabul qiladi. Ammo u faqatgina o`z orzusidagi qizni xohlaydi. Agar sizni qabul qilishlarini istasangiz, psixologik qo`llab- quvvatlash guruhiga boring. Biz erkak tashnaligi haqida gapirayapmiz. Bu tashnalik uni bolaligidan boshlangan. Yangi yilga o`zi so`ramagan o`yinchoqni sovg`a qilishganda bola uni 5 daqiqagina o`ynaydi. 2 oylab tushlikka berilgan pullarni yig`ib sotib olgan, magazinning eng yuqori tokchasida turadigan o`yinchog`i u uchun eng katta qiymatga ega. Oldin unga uzatsa qo`li yetmasdi, ammo uni ko`rib zavq olardi. U bu pulni yig`ish uchun juda ko`p zahmat chekdi, har xil yumushlarni bajarib pul ham topdi. Aynan shu o`yinchog`ini bola bir umr eslab qoladi, chunki uni qo`lga kiritish oson bo`lmagan. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling