“Yomon” ayol bilan “yaxshi” ayolning asosiy farqi bu qo`rquv.
Margaret Etvud: “Qo`rquvning hidi bor, muhabbatning ham”, - degan edi. Qo`rquv va
ehtiros miyaning aynan bir qismi bilan boshqariladi. Erkak ayolni yo`qotishdan ozroq
qo`rqqanda, uning ehtirosi cho`qqiga chiqadi.
Erkak ruhiyati o`simlikka o`xshaydi. Uni sug`orish kerak, ammo shu bilan birga nafas
olishi uchun havo ham kerak. Erkakning o`ziga judayam ishonib ketishini ta`minlash
o`simlikni suvga bo`ktirish bilan teng. Ortiqcha suv gulni o`ldiradi, ortiqcha e`tibor esa
muhabbatni.
Nihoyat ayollar men aytmoqchi bo`lgan “yomon” qizning qanday bo`lishini o`zlari
uchun xulosa qilib tushunib olishlari kerak. U mehribon. U shaftolidek totli. U
xushchaqchaq, u jozibali va haqiqiy ayol. Ammo uning hech bir qarori erkakni yo`qotish
qo`rquvidan kelib chiqmaydi.
“Yomon” qiz bilan “yaxshi” qizning farqi shaxsidayam xarakteridayam emas. U
shallaqi yoki yovuz ham emas. U hecham o`zini yerga urmaydi, chunki o`zini qattiq
hurmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: