Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5204424297350696047
aloqaning yo`qligi ta`sir qiladi.
Hoh uchrashayotgan bo`ling hoh turmush qurgan farqi yo`q bu qoida birdek ishlaydi. Agar munosabatga romantikani qaytarmoqchi bo`lsangiz, o`zingiz tushib qolgan qolipni o`zgartiring. Agar yoringiz nimagadir ko`nikib qolgan bo`lsa, uni qarama qarshisiga dadil o`zgartiring. Yolg`iz ayollar o`z rejalarini erkakning qo`ng`irog`iga asoslanib tuzishadi. Oilalali ayollar ko`pincha erini ishdan kelishini kutib o`tirishadi. Yolg`iziyam oilalsi ham bir hil sabrsizlik bilan qo`ng`iroq kutishadi. Treysi eri bilan munosabati qolipini o`zgartirishga qaror qilib, bundan yahshi natijaga erishdi. Treysi eri uni payqamay, pisand qilmay qo`yganini his etdi. U tez tez hizmat safariga ketardi, Treysi esa erini qo`ng`irog`ini tuni bilan kutishiga tog`ri kelardi.Hatto shuni deb o`z rejalarini o`zgartirishiga ham to`g`ri keldi. Bora bora hotiniga qo`ng`iroq qilish Allenga malol kela boshladi, u o`zini huddi nazorat ostidadek his eta boshladi. U odatda ishdan keyingi vaqtda qo`ng`iroq qilar, tezgina suhbatlashib keyin hamkasblari bilan biror yoqqa ketardi. Hotin esa bu vaqtni o`tkazib yubormaslik uchun uyga shoshardi. Treysi bu tartibni o`zgartirishga qaror qildi. Qanday? U shunchaki erini qo`ng`irog`ini kutmay qo`ydi. Allen keyingi biznes safariga jo`nab ketayorganida unga “Yetib borishing bilan qongiroq qil” demadi. Er safardalik paytida uning qo`ng`iroqlarining yarmiga u javob berdi qolganlarida esa u uyda yo`qligi uchun bog`lanishni imkoni bo`lmadi. U fursatdan foydalanib anchadan beri ko`rishmagan dugonalarini barchasi bilan uchrashib chiqdi, va erni qong`irog`ini kutish uchun uyga oshiqmadi. Treysi uyda bo`lmagan birinchi oqshomdayoq er havotirga tushdi. Uni hatti harakati mutlaqo o`zgardi. U odatdagidek 7.30 da qong`iroq qildi,keyin 8 da, yana 8.30 da, keyin 9 da va 10 .30 ichimlik ichish uchun barga birrov tushdi va yana qo`ng`iroq qilish uchun honasiga qaytdi. Treysi soat 10 59 uyga kirib keldi roppa rossa 11 da esa telefon qo`ng`irog`I jiringladi. Hotin bilan gaplashish uchun ancha ter to`kkan Allen uni ovozini eshitishdan bahtiyor edi. Treysi ham hursand bo`ldi, ayniqsa avtojavobergichda 9 raqamini ko`rganda. (Bu qo`ng`iroqlarning 6 tasi eridan edi) Shu tunda har ikkovi baht hissini tuyib uyquga ketdi. Allen nega to`satdan hotini sog`inib qoldi? Chunki endi Treysining munosabatlardan tashqarida ham o`z hayoti bor edi. Hech qachon o`z hayotingiz bilan yashashni to`htatmang. O`quv kurslariga boring, o`z sevimli mashg`ulotingizga vaqt ajrating, yaqinlariz do`stlaringiz bilan uchrashing. Siz o`z qiziqishlaringiz borligi uchun ham qiziqarlisiz. Bularning bari sizni shahs sifatida tashkil etadi. U bilanmi yoki u sizmi bahtiyor ekaningiz sizga uni oldida erishilmagan marradek qolishingiz imkonini beradi. Natijada u sizga intilaveradi. Bunga yorqin misol Ellen oilali ayol, eri uni payqamay qo`ygan. U uyda o`tirib farzand tarbiyasi va uy ishlari bilan band bo`lardi. Har oqshom eri va bolalari uchun kechlik tayyorlardi. Er esa ko`pincha ishda kechgacha ushlanib qolardi. Shuning uchun kechki ovqatga kechikib kelardi. Ellenni tashvishlantiradigan narsa u hecham erini qachon qaytishini bilmasdi. U kechikkanda ogohlantirib qo`ymasdi. Vaqtini aniq bilmagani uchun Ellen ovqatni uch martta qayta isitgan paytlari ham bo`lgan. Ellen hamisha : Bolalar sen bilan ovqatlanishni istaydi,Sidney.” deb kuyinardi. Erni kechikishlari davom etaverdi. Barcha yahshi ayollar singari Ellen ham sabr toqatli edi. Yomon qiz darrov kechki ovqat ruhini o`zgartirgan bo`lardi.U oylab o`tirmasdan bu odatga barham berardi. U biror holi vaqtni topib eriga : “Bilasizmi azizim menimcha siz butun hafta davomida ishdan kech qaytayapsiz. Shu sabalbi sizga kechki ovqat tayorlamayman. Bollardan nimadir qolsa muzlatgichdan toparsiz. Ammo siz yo`l yo`lakay nimadir tamadi qilib kelsangiz menga qulayroq bo`lardi” Bir necha kun er shunday ham qilardi. Bir kun qovurilgan jo`ja olib kelar. Boshqa kuni qandolat do`koniga kirar. Buterbrod va kolbasadan keyin u jig`ildon qaynashga qarshi dorini ko`proq olishiga tog`ri kelardi. O`ylaymanki u juda tez ishda ushlanib qolish muammosini hal qilar va kechki ovqatga o`z vaqtida tashrif buyuradigan b`olardi. Sendi ismli bir ayol eri uni qanday ranjitgani haqida aytib berdi. Er hotini pisand qilmay, uyda bor yo`qligini sezmay qo`ygandi.U eriga ovqatni tayyorlab dasturhon tuzadi va oshhona polini artishga tushib ketdi. Er ovqat chaynab turib : “ Men ovqat yeayotganimda polni yuvmay tura olasanmi. Bu meni asabimga tegayapti.Men hozir tugatamanu chiqib ketaman.” Bu gapi uchun Sendi erini bo`g`ib qo`yishiga sal qoldi. Hafta ohirigacha Sendi achiqlanib yurdi. Er bilan juda sovuq muomalada bo`lardi. Erning : “Nima bo`ldi? Degan savoli ygirma martta aytilgandan so`ng u hohlar hohlamay javob berdi. Bir hafta ichida u “ishchi asalaridan” “malikaga” aylandi. Nihoyat Sendi o`z kun tartibidagi masalalarni bayon etdi. Eng avvalo unga uy ishlarini qilishda yordamchi kerak edi. Undan tashqari uyda ovqatlanish tartibiga ham biroz o`zgartirish kiritsh kerakligini aytdi. Avvalari uni eri Ueyd bir o`zi ovqatlanardi, u kelib o`tirguncha turib ketardi. Shunday ekan agar u ikki kishiga ovqat tayorlab o`tirish niyati yo`qligini aytdi. Ular avvalari, hatto qimmat bo`lmagan joylar bo`lsada, biror restoranda ovqatlanishmasdi. Uyda hizmatchi bo`lar ekan ikkovlari hech bo`lmasa haftada bir martta tashqarida ovqatlanishlari mumkin. Yuqoridagi ikkala misolda ham ayollar kechki ovqat masalasiga o`zgartirish kiritishdi. Bu bilan o`z turmush o`rtoqlariga ular ham nimanidir yo`qotishi mumkinligi gap so`zsiz tushuntirib qo`yishdi. Ayollarning hatti harakati: “Yo bizni ehtiyojlarimiz hurmat qilinadi va biz kelishib olamiz yoki bu masalni butunlay yopamiz” (va siz kechki ovqatsiz qolasiz) Maftunkorlik omili 89 Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling