Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma


Hech qachon yomon hulqni rg`batlantirmang


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/130
Sana09.01.2022
Hajmi1.01 Mb.
#259327
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   130
Bog'liq
2 5204424297350696047

Hech qachon yomon hulqni rg`batlantirmang. 
Ko`pchilik  ayollar  erga  g`amho`rlik  qilib,  hatto  u  ayolni  hizmatini  tabiy  holdek  qabul 
qilganiga  qaramay    aylanib  o`rgilaverib  hatoga  yo`l  qo`yishadi.  Menga  yaqindagina 
radio  muloqotga  qo`ng`iroq  qilgan  Lori  bunga  ajoyib  misol  bo`lishi  mumkin.  Laura 
yolg`iz  ona,daromadi  ham  uncha  ko`p  emas.  U  sevgan  insoni  uchun  ,sevishganlar 
kuniga yurak shaklida  tort pishiraman deb, yuraknusha qolipni butun shahar bo`ylab 
ikki kun qidirdi. 
Oddiy savol yuzaga keladi: Erkak tortni yurak shaklida ekanini sezarmikin?  
U  g`ildirak  yoki  boshqaruv  pulti  shaklidagi  tortni  afzal  bilgan  bo`lardi.  Siz    do`kondan 
tayyor  futbol  timsoli  bilan  yasatilgan    tort  sotib  olsangiz  ham  yahshi  bo`lardi  ahir 
sevishganlar kuni ayanan super kubok o`yinlari kuniga to`gri keladi. Keyin undagi mitti 
futbolistlarni  sug`urib  olib  o`rniga  qing`ir  qiyshiq  qilib  “Sevishganlar  kuni  bilan”  deb 
yozishingiz  mumkin.  Siz  qancha  vaqt  tejaganingizni  tassavvur  qilaypsizmi?Ikki  kun  va 
yigirma minut bir taqqoslab ko`ringchi. 
Hizmatlari  tabiy  holdek  qabul  qilinib  pisand  qilinmayotgan  ayol,  jurnalalrdagi 
maslahatlarni  mutlaqo    unutishi  kerak.  Ha  erkaklar  ko`p  ta`kidlashganidek  ularning 
yuragiga  yo`l  oshqozondan  boshlanadi.    Ammo  bu  sizga  shu  oshqozonga  tushadigan 
ovqatni  pishirishingiz  majburiyatini  yuklamaydi.Sizda  tabiy  savol  tug`iladi  :  Unda  kim 
ovqat pishirishi  kerak?  Javob variantlar ko`p. 


Siz  restoranda  ovqat  buyurtirishingiz  mumkin.  Balki  yo`l  yo`lakay  biror  yegulik  harid 
qilarsiz.  Yoringiz  sizni  biror  joyga  taklif  qilishi  mumkin.  Uni  o`zi  kabob  tayyorlashi 
mumkin.  Bunday  u  qanday  rohatlanishini  ham  bir  tasavur  qilib  ko`ringa.  U  grilda 
kotletlarni  pishirishi  ham  mumkin.  Grill  qanchalik  katta  bo`lsa  u  o`zini  shunchalik 
qudratli  his etadi. 
Agar yoringiz sizni grilda tayyorlangan ovqat bilan mehmon qilishni istasa rad etmang. 
U  ovqat  tayorlagunicha  siz  etiket  qoidalariga  ko`ra  dasturhon  tuzashingiz  mumkin.  
Ikkita  qog`oz  likop  va  ikkita    elim  stakan    qo`ying.  Plastmas  sanchqi  va  pichoq  ham 
yoddan chiqmasin. Hech qanday dasturhonga o`rin yo`q faqat ikki dona qogoz sochik 
kifoya. 
Erkak  kishiga  oshhonada  o`z  mahoratini  ko`rsatishiga  imkon  berishga    hech  qachon  
juda  erta  bo`lmaydi.  Xilma-xillik  bo`lishi  uchun  ertasiga  siz  ham  biror  narsa 
pishirishingiz mumkin. Shu tarzda odatlar tartibi shakllanadi 
“bahtiyor ugurdak”ka aylanishga urinmang. O`z ihtiyoringiz va mamnuniyat  bilan uni 
hizmatkoriga  aylanishingizni    u  qadrlamaydi.  Ammo  uni  sizga  nisbatan  qilgan  har  bir 
yahshiligi  uchun  minnatdorchilik  bildirsangiz,  unga  qilgan  arzimagan  hizmatingiz  ham 
buyuk iltifot deb qabul qiladi. 
 
Maftunkorlik omili 90 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling