Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5204424297350696047
Maftunkorlik omili №34 Agar muloyim va nazokatli bo`lsangiz, yoringiz sizni asrab-avaylagisi keladi. Qachonki o`zingizni tajovuzkor tutsangiz, u siz bilan kurashishni boshlaydi. Agar yoringiz sizni erkak roliga da`vo qilayotganingizni sezib qolsa, jangga tayyorlanavering. Hozirgina o`z tashabbusingiz bilan sevimli mahbubadan xavfli raqibga aylandingiz. Agar u kurashishni boshlasa, har qanaqasiga g`olib bo`lishga urinadi, uni yengishingiz esa amri mahol. Erkakni ehtiyotkorlik bilan yo`lga solish kerak. Va buning yagona yo`li ular o`zlarini yaxshi tutganida maqtab turish. Erkak zotini sevimli so`zi “eng zo`r”. Uning qaysi xislati nazarda tutishingiz ahamiyatisiz, muhimi “eng zo`r” so`zini qo`shishni unutmang. Ana shunda sizga erkak zotining diqqat markazida bo`lish kafolatlanadi. Uning hudbinligi sizning do`stingizga aylansin. Yoringiz sizga uy dekoratsiyasida yordam berishni istadi va o`z bilganicha devorni har xil almisoqdan qolgan narsalar bilan to`ldirdi. Afrika qilichlarimi-ey, superkubok posterlari; u bularni “san`at asari “ deb biladi chog`i. O`zingizni qo`lga oling. Bu “bebaho antikvarlarni” san`at durdonasi ekanini e`tirof eting-u, darhol garaj yoki yerto`lani bezatishda uning yordamiga mujtoj ekaningizni ayting. Agar uning uyda biror foydali ish bilan shug`ullanishi istasangiz, uning yordamiga muhtojligingizni ko`rsating. Go`yoki siz ojiza, u esa kuchli. Kichkinagina yumushlar, vazifalar bering. Videomagnitofonni tuzatishmi yoki suratni devorga ilish, buning ahamiyati yo`q. Erkak zoti elektrik drell bilan qurollanganda o`zini Rembodek his etadi. Agar surat qiyshiqroq ilinib qolgan bo`lsa , (shunaqa bo`ladi ham) buni xuddi ajoyib chiqqandek qabul qiling. U chiqib ketguncha biroz sabr qiling, keyin esa sekingina to`g`rilab qo`ying. Yoringiz uyga maoshini olib kelganda uyim-joyim deb mehnat qilayotgani uchun minnatdorchilik bildiring. U chiqib ketishi bilan cheklarini ko`ring-chi, navbatdan tashqari ishlagan soatlariga to`liq haq to`lashdimikin? U o`zini haqiqiy erkakdek namoyon qilib sizga yaxshi munosabatda bo`lganda uni rag`batlantirib turing. Hech bo`lmasa haftada ikki marta u o`zini qahramondek his etsin. U uyda biror foydali ish qilganida, masalan, kitob javonini qoqqanida uni maqtab qo`ying. Javon 45 gradusga og`ib undagi kitoblar qiyshayib bir tomonga yig`ilib qoladimi, bu ahamiyatsiz. Xuddi hayvonot bog`idagi o`rgatilgan dengiz mushugidek baxtdan qarsak chalib yuboring, keyin esa yoringizni uyda yo`q vaqtini topib usta chaqiring-u, javonni unga bildirmay tuzattirib qo`ying. Bordi-yu: “Siz javonni qiyshiq ilibsiz”, - desangiz, baxtingiz xotima topdi deyavering. Endi uyda u ortiq bunday ishlarga qo`l ham urmaydi. Sizning tanqidingiz ubi o`zini ikki olgan yosh bolakaydan-da yomonroq his qilishiga majbur etdi. Erkaklarning ulkan xudbinligi bor va bu xudbinlik mehrga, parvarishga muhtoj. “Tentak tulki” aynan shunday qiladi. Erkak o`zini uning olamidagi King Kong deb his qilishi uchun bor kuchi bilan urinadi. Mana uni sizni oldingizda qahramondek his ettiradigan bir nechta maslahatlar: • O`qshomlari itingizni aylanishga olib chiqadigan bo`lsangiz, “himoya qilishi uchun” sizga hamroh bo`lishini so`rang. Axir siz ojizasiz. • Agar u kichkinagina qo`ng`izni o`ldirsa ham, teskari o`giriling. “Xavf ortda qolganini” aytmagunicha qaramay turing. • Tunda biror shovqin eshitsangiz (masalan, tomda qushcha sakrayapti), o`zingizni qattiq qo`rqandek tuting. Va yoringizdan nima shovqin ekanini aniqlashini iltimos qiling. •U shovqin nimadan chiqayotganini aniqlab kelgandan keyin uni yonigizda ekani biram yaxshi, chunki u bilan o`zingizni “xavfsiz” sezishingizni ayting. • Undan bankani ochib berishini so`rang, hattoki uni ochishdan osoni yo`q bo`lsa ham. Hattoki mo`jazgina qog`oz qutilarni ham ko`tarishib yuborishini iltimos qiling. • Dahshatli filmlar ko`rayotganda bor kuchingiz bilan uning qo`liga tirmashib oling. Ayanchli sahnalar kelganda ko`zingizni chirt yumib oling va o`tib ketishi bilan aytishini yoringizdan iltimos qiling. • Agar ko`cha sovuq bo`lsa, qo`llaringizni uning paltosiga suqing. • Undan mebelni surib berishini so`rang (hatto buni o`zingiz bemalol udallay olsangiz ham). U osonlik bilan shkafni surganida uning qanchalik og`ir ekanini va ”Siz juda kuchlisiz-a, buni joydan qo`zg`atishni tassavur ham qila olmayman”, - deng. • Noqulay va murakkab to`xtash joylarida mashinangizni olib kirib berishiga ruxsat bering. Agar mashinani sizdan ko`ra ancha yaxshi boshqara olishini aytsangiz bormi, u quvonganidan mashinangizni yuvib va benzin bakingizni ham to`ldirib beradi. Erkak xudbinligini yumshoq panjalaringiz bilan siypalang. Bu juda oddiy. Bolakay bog`chasidan bor olib kelib, rasm chizisga kirishib ketdi. Bu suratlar qanchalik rasvo bo`lmasin, ona hecham bolasini tanqid qilmaydi. Ona hecham “Nima balo chizding bu itmi yo sigir? Vazifalaringni qilganmisan o`zi?” demaydi. Aslo, yaxshi ona “Bu qoyilmaqon san`at asari”, deydi. Shunda bola o`zini Pikkaso deb hisoblab, yana o`ntalab rasm chizib tashlaydi. Maqtov judaym muhim. Erkak kishi sizni restoranga taklif etganda ovqatlanish vaqtida bir marta keyin xayrlashuv vaqtida xayrli tun tilab, yana bir bor taklif uchun minnatdorchilik bildiring. Yaxshi qiz har doimgidek xatoga yo`l qo`yadi u bir ish uchun qayta-qayta rahmat aytaveradi. Kamiga ertasi kuni hammasi biram ajoyib bo`lganini aytish uchun uch martalab qo`ng`iroq qiladi. Umrida issiq ovqat ko`rmaganmi deb o`ylaysan kishi. Munosabatlarning ilk bosqichida uning siz uchun to`lashiga ruxsat bering. O`rtangizda aloqa ancha qalinlashgandan keyin goh-gohida o`zingiz to`lashingiz mumkin. Aslo yarmini yoki o`zing uchungina to`la deb turib olmang, axir bu erkak, birga ishlaydigan hamkasbingiz emas-ku. Agar erkak sizga oshiq bo`lib qolgan bo`lsa, u hecham harajatlarni bo`lishib yurmaydi. U “Sen indeykali salat olding, men mol go`shtili. Demak sendan …” - demaydi. Agar erkak ayolni yoqtirgan bo`lsa, maydalashib yurmaydi. Chunki uning fikri-zikri faqat “qanday qilib uning ko`ngliga yo`l topsam” degan o`yda bo`ladi. Agar unda katta harajatlarga imkoni yo`q bo`lsa, arzon restoranlarga boring yoki pulga bo`gliq bo`lmagan biror mashg`ulot bilan shug`ullaning. Masalan, velosiped uchishingiz, muzeyga borishingiz mumkin. Biroq u birinchi uchrashuvdayoq o`zingiz uchun o`zingiz to`lashingizni taklif etsa, u bilan ortiq uchrashishning keragi yo`q. Gap pulda emas, balki bu odamning sizda yaxshi taassurot qoldirishga urinmayotganidadir. Bu esa juda yomon belgi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling